Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTON VILOYATINING GAZETASI TARIXI HAQIDA
O’qituvchi Chorshanbiyev Q · Kalit so’zlar: Turkiston viloyati gazetasi · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 1917
Аннотация
O‘zbekiston matbuoti tarixida muhim o‘rin egallagan nashrlardan biri bu — "Turkiston viloyati gazetasidir". Ushbu gazeta XIX asrning oxirlarida, ya’ni 1870-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zbek matbuotchiligi taraqqiyotida birinchi bosqichni boshlab bergan eng qadimiy ommaviy axborot vositalaridan hisoblanadi. "Turkiston viloyati gazetasining" paydo bo‘lishi nafaqat yangi axborot manbaining yuzaga kelishi, balki o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy muhitni yoritishda muhim vosita sifatida xizmat qilgan. Kalit so’zlar: Turkiston viloyati gazetasi, N.A.Mayev, Chorizm, V.F.Oshanin, N.N.Pantusov. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini istilo qilgandan sung, Qo’qon va Buxoro xonliklaridan bosib olingan yerlarda uzining tayanch markazi Turkiston general-gubernatorligini tuzdi. Uning markazi Toshkent edi. 1870-yildan Toshkentda general-gubernatorlikning rasmiy organi "Туркестанские ведомости" va uning ilovasi "Turkiston viloyatining gazeti" chiqa boshladi." Туркестанские ведомости" ( 1870 yil 28 aprel 1917 yil 15 dekabr) "Туркестанские ведомости" 1870-yil 28-aprel kuni Turkiston general-gubernatori Kaufman Farmoniga binoan bosilib chiqdi. "Туркестанские ведомости" Turkistondagi to‘ng‘ich rasmiy bosma gazeta hisoblanib, u O’rta Osiyoda vaqtli matbuotga asos soldi. "Turkestanskiye vedomosti" ning 1870-yilda 17 ta soni, 1871 yildan boshlab haftasiga 1 marta, 1903- yil dekabridan 3 marta, 1907 yildan 4 marta chiqib turdi va nihoyat 1907-yil iyulidan boshlab kundalik gazetaga aylantirildi. Uning oxirgi soni 1917 yil 15 dekabrda chiqdi."Turkestanskiye vedomosti" gazetasining 47 yil mobaynida 6406 soni bosildi. "Turkestanskiye https://scientific-jl.org/obr 2 9 9 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 vedomosti" gazetasi general-gubernator Kaufman tomonidan tahrir qilinib chiqarildi. Uning birinchi muharriri qilib N.A.Mayev tayinlandi. "Туркестанские ведомости" gazetasini N.A. Mayev 1870-1892 yilgacha ; 1892 yil 20 noyabrdan 1899 yil 17 dekabrgacha A.P. Romanovich ; 1899-1901 yillarda S.A.Geppener va 1901 yil 5 noyabrdan 1907 yil 9 yanvargacha N.G.Malitskiy tahrir qilgan. Gazeta chorizmning mustamlakachilik idora usulini o’tkazish, Turkiston xalqlarini sodiq fuqarochilik ruhida tarbiyalash, diniy jaholatni qo‘llab-quvvatlash siyosatini amalga oshirishga da’vat etgan edi. To’g‘rirog‘i, gazetaning dasturi Ichki ishlar vazirligi tomonidan chizib berilgan bo’lib, u asosan to‘rttagina moddadan iborat bo’lgan. 1. Oliy farmoyishlar. Oliy telegrammalar, viloyat aholisiga taalluqli bo‘lgan mukofot va yordamlar, tantanali kunlar to’g’risida qisqa ma’lumotlar. 2. Turkiston o‘lkasiga tarqalishi lozim bo‘lgan umumhukumat farmoyishlari. 3. Rus podsholarining hayotidan olingan qisqa hikoyalar, mahalliy va boshqa xil axborotlar. 4. Turkiston o‘lkasidagi pochta-telegraf okrugi va boshka hukumat muassasalarining e’lonlari hamda xususiy e’lonlar". Ushbu dasturga asosan "Туркестанские ведомости" gazetasida: 1) rasmiy ; 2) ichki axborot ; 3) xalqaro axborot ; 4) nafis adabiyot ; 5) mahalliy axborot bo‘limlari tashkil etilgan edi. "Туркестанские ведомости" o‘zining rasmiy bo‘limida asosan Turkiston general-gubernatorining buyruq farmoyishlarini bosardi. Boshqa bo‘limida esa o’lkaning tarixi, geografiyasi, etnografiyasi va statistikasiga oid maqolalar yoritilar edi. Darhaqiqat, bunday maqolalarning aksariyati O’rta Osiyoni birinchi bo’lib tekshirgan, uning geografiyasi va etnografiyasiga oid juda ko‘p asarlar yaratgan N.A. Mayev qalamiga mansubdir. Shuningdek, gazeta sahifalarida tarixiy va ilmiy xarakterdagi materiallarni ko’plab uchratish mumkin. O’rta Osiyoni dastlabki tekshirgan V.V. Bartold, akademik L.S.Berg, N.A.Seversev, A.P.Fedchenko, I.V. Mushketov, https://scientific-jl.org/obr 3 0 0 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 V.F.Oshanin, N.N.Pantusov kabi olimlar ko‘pgina maqolalarni o‘lkaning iqtisodiy, tarixiy, etnografik jihatdan o‘rganishga bag‘ishladilar. Turli davrlarda gazeta sahifalarida "Qirg‘izlar" ( etnografik ocherk)," Temurlang hayotining so’nggi kunlari" "Qo’qon tarixi haqida ocherk" va boshqa ko‘pgina maqolalar bosildi. Gazeta materiallari janr e’tibori bilan xilma-xildir. Uning sahifalarida xabar, korrespondensiyalar, ocherklar, yul xotiralari, publitsistik maqolalar e’lon qilingan. "Туркестанские ведомости" Peterburg, Moskva, Vladivostok kabi Rossiya imperiyasining boshqa shaharlarida uzining muxbirlariga ega edi. Gazeta sonlarida o‘lkaning madaniy hayotiga doir masalalar ham yoritilgan. Lekin hukumat siyosatini ifoda etuvchi rasmiy organ "Turkestanskiye vedomosti" xalqning ahvoli va kurashi to’g‘risida lom-lim demas edi. Bundan tashqari, Turkistonda o‘sha davrda "Туркестан", "Туркестанский курер", "Туркестанское селское хозяйство"," Асхабод" degan boshqa rus gazetalari ham chiqa boshladi. Bu gazetalarning hammasi ham chorizmning mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish uchun xizmat qildi. "Турке
Доказательный фрагмент
«O‘zbekiston matbuoti tarixida muhim o‘rin egallagan nashrlardan biri bu — "Turkiston viloyati gazetasidir".»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbekiston matbuoti tarixida muhim o‘rin egallagan nashrlardan biri bu — "Turkiston viloyati gazetasidir". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- N.N.Pantusov., Chorizm, V.F.Oshanin, Turkiston viloyati gazetasi, N.A.Mayev
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014