Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY MATNDA TIL VOSITALARINING IFODALANISHI: ESTETIK VA LINGVISTIK YONDASHUV
LINGVISTIK YONDASHUV · Eliyor Rajabov
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada badiiy matnda til vositalarining qo‘llanish xususiyatlari, ularning poetik aktuallashuvi, matndagi integrativ aloqalar va til birliklarining estetik vazifasi lingvopoetik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Misollar orqali fono-grafik vositalarning badiiy-estetik salmog‘i ochib beriladi. Matnda til birliklarining har biri bir xil estetik maqomga ega emasligi, ularning poetik kontekstdagi funksional yuklamalari farqli bo‘lishi ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: badiiy matn, til vositalari, poetik aktuallashuv, lingvopoetika, integratsiya, alliteratsiya, fonopoetika, intertekstuallik. Kirish. Badiiy matn tilini estetik maqsad bilan o‘ziga xos tarzda qo‘llash mahsuli bo‘lganligi uchun unda umumxalq tilidagi barcha vositalarning ishtiroki va harakati erkindir. Adabiiy tildagi , hatto umumxalq tilidagi til birliklarining qo’llanishi, qo’shilishi bilan bog’liq juda ko’plab me’yorlar shaklidagi qat’iy qoidalar badiiy matnda yumshashi, ancha sarbast harakat qilishi mumkin. Albatta, til vositalarining badiiy matndagi bunday erkinligi ijodkor badiiy niyatining ro’yobga chiqishiga xizmat qiladi. Ammo bundan badiiy matndagi til https://scientific-jl.org/obr 3 6 1 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 vositalarining barchasi bab - baravar, bir xil estetik maqomdadir degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bir misol: H. Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor’’ dostoni shunday boshlanadi: Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda Ko’p ertak eshitgandim, So’ylab berardi buvim… Yuqorida keltirilgan bir badiiy matn parchasidir. Ammo undagi biror so’zni tasviriy vositalar sirasiga kiritib bo’lmaydi, barchaga ma’lumki, tasviriy vosita badiiy – estetik salmoq bilan yukungan bo’ladi. Albatta, bu so’zlarni tasvir vositasi deyish mumkin, ya’ni voqea xolis, neytral tasvirlangan. Ko’rinib turganiday, parchada badiiy mazmun emas, balki obyektiv mazmun ifodalangan. Ammo doston davomidagi quyidagi misralarda tasviriy vositalar aniq sezilib turadi: “Tohir-Zuhra”, “Yoriltosh”, Oyni uyaltirgan qosh… Avvalo, ertak nomlari bolmish “Tohir-Zuhra’’, “Yoriltosh” qo’llangan bo’lib, bu ertaklar ham matn ichidagi matnlar sifatida estetik vazifa bajaradi. Bu ertaklar mazmunisiz keyingi misralardagi tasviriy ifodani tushunish qiyin. Aytish lozimki, “oyni uyaltirgan qosh” ko’chimga asoslangan betakror ifoda va chinakam tasviriy vositadir. Odatda qayrilma qosh hilolga, yangi oyga o‘xshatiladi, ammo bu o’rinda qosh shu qadar chiroyliki, u hatto oyni ham ortda qoldiradi, oyni uyaltiradi. Ta’kidlash lozimki, badiiy matnda barcha birliklar, vositalar aynan teng badiiy til birliklari, til vositalari alohida, ayricha poetik qimmat kasb etadi, boshqalari esa tasvirda ishtirok etsa ham, poetik jihatdan passivroq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, yahlit badiiy matn yoki muayyan badiiy kontekstga ko’ra, muayyan til birligi estetik jihatdan birinchi planga chiqadi va qo’shimcha, yangi ma’nolar ifodachisiga aylanadi. Bu hodisa dastlab o’tgan asrning 20 - yillarida Pragalingvistik to’garagi vakillari tomonidan qayd etilgan va “aktualizatsiya” termini bilan nomlangan. Til vositalarining badiiy matnda bunday poetik akuallashuvi tovushdan tortib strukturalargacha bo’lgan birliklar https://scientific-jl.org/obr 3 6 2 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 doirasida o’ziga xos tarzda kuzatiladi, ya’ni tilning barcha sathlariga oid bo’lgan birliklar badiiy matnda aktuallashishi, turli badiiy ma’nolar tashishi mumkin. Muayyan til birligining poetik aktuallashuvida badiiy matndagi birliklar o’rtasidagi munosabatlar ham muhm rol o’ynaydi. Bunday munosabatlar “ierarxik munosabat”, “integrativ munosabat” kabi terminlar orqali ifodalanadi. Tilning oliy sathi birligi bo’lmish matnning yahlitligi ayni shu munosabatlarda namoyon bo’ladi. Badii matndagi integrativ munosabatlar ham shaklan, ham mazmuniy mohiyatga ega bo’ladi. Integratsiya xilma - xil leksik grammatik vositalar va semantik - estetik omillar asosida ro’y beradi. Bu vosita va omillar badiiy matnda sezilarli bo’ladi. Masalan, muayyan bir semantik maydonga mansub birliklarning badiiy matnda yoki uning qismida bevosita bir - biriga yaqinlashtirilishi, integratsiyalashganda yaqqol seziladi. Aytaylik, suv, tegirmon, chaxpalak, bug’doy, un kabi so’zlar muayyan bir ishlab chiqarish sohasiga oid so’zlar sifatida bir semantik maydonni hosil qiladi deyish mumkin. Quyidagi she’riy parchada ana shu so’zlar matn integratsiysini kuchaytirgan va shu asosda o’zaro poetik jihatdan aktuallashgan, qo’shimcha badiiy ma’nolarni ifodalagan bo’ladi: Aylanadi charxpalak, gulduraydi tegirmon. Umr o’tar suv kabi, bug’doy misol to’kilar. Un ko’tarib qaytayotgan befarzand Yoqub polvon Simyog’ochga suyanib yig’laganin kim bilar?..(I.Mirzo,”Ramozon”). Matn integratsiyasida, demakki, poetik aktuallashuvda tilning turli sath birliklari o’ziga xos tarzda ishtirok etadi. Badiiy matnda quyidagi til vositalari poetik aktual
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada badiiy matnda til vositalarining qo‘llanish xususiyatlari, ularning poetik aktuallashuvi, matndagi integrativ aloqalar va til birliklarining estetik vazifasi lingvopoetik yondashuv asosida tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada badiiy matnda til vositalarining qo‘llanish xususiyatlari, ularning poetik aktuallashuvi, matndagi integrativ aloqalar va til birliklarining estetik vazifasi lingvopoetik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- literary text, linguistic devices, poetic actualization, lingvopoetics, alliteration, intertextuality., integration, phonopoetics
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025