Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY MATN ESTETIK BUTUNLIK SIFATIDA
Maloxat Raximova
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
This article explores the development, subject matter, and methodological foundations of the field of linguopoetics. It analyzes the interrelation and poetic functions of linguistic levels—phonetic, lexical, morphological, syntactic, and compositional—in constructing a literary text as an aesthetic whole. The study also highlights the historical development of the linguopoetic approach in Uzbek linguistics, examining the legacy of thinkers such as Alisher Navoi and Izzat Sultan as subjects of linguopoetic analysis. Keywords: linguopoetics, literary text, language levels, aesthetic integrity, phonopoetics, syntactic poetics, expressiveness, poeticity Annotatsiya: Mazkur maqolada lingvopoetika fanining shakllanishi, predmeti va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Badiiy matnning estetik butunlik sifatida yaratilishida til sathlarining (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va kompozitsion) o‘zaro uyg‘unligi hamda ularning poetik vazifalari ochib beriladi. Tadqiqotda o‘zbek tilshunosligida lingvopoetik yondashuv tarixiy taraqqiyot doirasida yoritilib, Alisher Navoiy, Izzat Sulton kabi mutafakkirlar merosi lingvopoetik tahlil obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: lingvopoetika, badiiy matn, til sathlari, estetik butunlik, fonopoetika, sintaktik poetika, ekspressivlik, poetiklik Kirish. Til – inson uchun eng muhim omil hisoblanadi. Chunki insonlar til orqali bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Bundan tashqari, til – insonlarning o‘y – fikrlari va his – tuyg’ularini ifodalashning yagona va muhim vositasi. Til jamiyat a’zolari uchun umumiy bo’lib, barchaga baravar xizmat qiladi.Tilning tabiati, mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi va bu strukturani tashkil etgan struktura elementlarining o’zaro munosabati uning ichki munosabati, ishlash tamoyillarini, tilning o’rganilganlik darajasini ko’rsatadi. https://scientific-jl.org/obr 3 6 8 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Hozirgi kunda tilshunoslik fanining doirasi tobora kengayib bormoqda va fanning yangidan-yangi psixolingvistika, sotsiolingvistika, antropolingvistika, generativ lingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi qator tarmoqlarining paydo bo’lishi, bir tomondan, fanning obyekti, tilning ko’p aspektli hodisa ekanligini ko’rsatib tursa, ikkinchi tomondan, fan taraqqiyotining ko’rsatkichi hamdir. Tilshunoslik fanining predmeti tushunchasi ilmiy abstraksiya natijasi bo’lib fanning taraqqiyoti, uning amaliy ahamiyati insoniyat ehtiyojini qay darajada qondirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Lingvopoetika – tilshunoslik va adabiyotshunoslikni bog’lovchi oltin halqa.Tilning ekspressiv vazifasi tilshunoslik va adabiyotshunoslikni baravar qiziqtiruvchi obyekt sanaladi. Badiiy nutqning asosiy belgilaridan biri ekspressivlikdir. Ekspressivlik xususiyatlari lingvistik qonuniyatlariga tayangandagina ilmiy asosga ega bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik oralig’ida alohida fan yo’nalishi maydonga keldiki, bu yo’nalish lingvopoetika nomi bilan yuritila boshlandi. Lingvopoetika qisqargan shakl bo’lib, poetik lingvistika yoki badiiy nutqning lingvistikasidir. Lingvopoetika til strukturasining barcha sathlarini qamrab oladi, chunki tilni barcha sath birliklari tinglovchiga ta’sir qilish quvvatiga ega, hatto o’zi alohida ma’no ifodalamaydigan birliklar ma’noli birliklar tarkibida kelib ularning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan fonemalar ana shunday vazifadan holi emas. Shuning uchun ham tilning qaysi sath birliklari ekspressiv vazifa bajarayotganiga ko’ra lingvopoetika ham bir necha ichki qismlarga bo’linadi. Ular fonopoetika, morfopoetika va sintaktikpoetika va boshq. Badiiy nutqni o’rganuvchi lingvopoetika til sistemasining barcha sath birliklarining badiiy estetik vazifasini tekshiradi. Deylik, fonologik sathda fonetik birliklarning badiiy estetik vazifasi,xususan, bir xil tovushlarning, bir xil bo’g’inlarning takrorlanishi she’riyatda ta’sirchanlikni ta’minlovchi vosita sifatida qo’llanishi bilan bog’liq jihatlariga e’tibor qaratiladi. Leksik sathda leksemalarning ko’chma ma’nolarda qo’llanishi (metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, mubolag’ali tagma’nolilik jihatlari), omonimik, sinonimik munosabatlar va boshqa shu kabi leksik-semantik hodisalar ham lingvopoetikaning tekshirish obyekti hisoblanadi. Shuningdek, gap bo’laklarining o’rin almashishi, gap tarkibida bir xil bo’lakning takrorlanishi kabi hodisalar badiiy nutqning shakllantirishda xizmat qiladi. https://scientific-jl.org/obr 3 6 9 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ma’lumki, o’zbek tilining bir necha asrlik behad boy tarixida badiiy til masalasiga bo’lgan e’tibor hech qachon susaygan emas. Birgina A. Navoiyning “Muhokamatul lug’atayn’’ asarini olib ko‘raylik. M. Qodirov juda o’rinli ta’kidlaganidek, “Muhokamatul lug’atayn’’ning biz tilshunos va adabiyotshunoslarga o’rnak bo’ladigan yana bir xislati bor. Navo
Доказательный фрагмент
«This article explores the development, subject matter, and methodological foundations of the field of linguopoetics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the development, subject matter, and methodological foundations of the field of linguopoetics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguopoetics, literary text, language levels, aesthetic integrity, syntactic poetics, expressiveness, phonopoetics, poeticity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024