Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Tursunova Dilso‘z O‘ralovna · Yunusova Feruza · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o’qituvchilarining ona tili darslarini samarali o’tkazishdagi ijodkorligi, o'quvchilar faoliyati, dars o’tishni va uning tushunarliligini oshirish metodlari va usullari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Metod, interfaol, interaktiv, dars, o’yinlar, piramida, faollik, jamoa, savodxonlik, zamonaviylik. Boshlang‘ich ta’lim – bu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda poydevor bo‘lib xizmat qiladigan muhim bosqichdir. Ayniqsa, ona tili darslarida bu jarayon ikki barobar ahamiyat kasb etadi. Chunki bu fan orqali o‘quvchilarda savodxonlik, nutq madaniyati, mantiqiy fikrlash, o‘qish va yozish malakalari rivojlanadi. Shu boisdan boshlang‘ich sinf ona tili darslarida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, metodlar va texnologiyalarni samarali qo‘llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliytini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog‘liq holda rivolanib, yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida tushuntirish – bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limiy darslarini tashkil etishda ko‘proq qo‘llanilib kelindi. Hozirgi davrda ta’lim jarayonida o‘qitishning yangi, zamonaviy metodlari barcha https://scientific-jl.org/obr 3 7 7 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 maktablarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’limda bu kabi metodlarni qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keldi.Ta’lim jarayonida har bir darsning didaktik vazifasiga mos ravishda metodlardan foydalanish maqsad muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini o‘zgartirmagan holda, ta’limning samaradorligini oshirishda o‘qituvchidan dars jarayonini mavzuni o’quvchilar to‘liq o‘zlashtirish uchun qaratilgan e’tibor sababli yangidan yangi rivojlantiruvchi metodlar ishlab chiqilmoqda va shu sababli ta’limda interaktik, interfaol va enerjayzer tushunchalari keng miqyosda qo’llanilmoqda. Darsning mazmunini ochib berishga qaratilgan ta’lim jarayonida asosan, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahsmunozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va o’quvchilarning amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bundan tashqari dars jarayonida har xil metodlardan foydalanish o‘qituvchini izlanishga va o‘quvchini o‘z ustida ishlashga, erkin fikrlashga undaydi. Metod shunday tanlanishi kerakki, unda o‘quvchi o‘zini erkin tuta olishi, fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o‘zlashtirilishi lozimligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. “Aqliy hujum”, “Savol-javob”, “Klaster usuli” va shunga o’xshash ba’zi metodlarimiz doimiy ravishda foydalanilganligi sababli ular an’anaviylashib bormoqda. Keng qo’llaniladigan metodlar – “Bayon qilish”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Taqdimot”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Dars jarayonida mavzuni o’quvchilar tomonidan tushunganlilik darajasini aniqlash va o’tilgan mavzuni so’rash qismida “A3 formati”, “Zinama-zina”, , “Kungaboqar” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida “Bayon qilish”, “Insert” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash uchun “Rangli kartochkalar”, https://scientific-jl.org/obr 3 7 8 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 “Topshiriqni davom ettir”, Xotira testi”, “Zinapoya savollar” kabi grafik tasshkil etuvchilar, uyga vazifa berish oldi “BBB” va “Emojilar” orqali ularga darsni tashkil etilishi haqidagi fiklari bilan qiziqish, eng so’ngida esa uyga vazifa berish uchun “Muammo asosida topshiriq”, “Savol yoz javob ol”, “Tadqiqot topshirig’i”, “Ijodiy topshiriq” kabi metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili darslarida yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari zamonaviy texnalogiyalardan samarali foydalanib dars tashkil etish ham mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), Multimedia vositalari, interaktiv doska, elektron darsliklar va taqdimotlar darslarni yanada qiziqarli va jonli qiladi. Masalan, matnni eshitish, videoroliklar asosida tahlil qilish o‘quvchilarning eshitish va ko‘rish orqali idrok qilish qobiliyatini kuchaytiradi. QR-kodlar va mobil ilovalar, savodxonlikka oid topshiriqlar, testlar, lug‘at o‘yinlari uchun mobil ilovalardan foydalanish o‘quvchilarni rag‘batlantiradi. Virtual darslar va onlayn platformalar: ZiyoNet, EduMarket, UzEdu va boshqa platformalar orqali o‘quvchilar qo‘shimcha mashqlarni bajara oladi, bu esa individual yondashuvni ta’minlaydi. Gamifikatsiya (o‘yi
Доказательный фрагмент
«Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o’qituvchilarining ona tili darslarini samarali o’tkazishdagi ijodkorligi, o'quvchilar faoliyati, dars o’tishni va uning tushunarliligini oshirish metodlari va usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o’qituvchilarining ona tili darslarini samarali o’tkazishdagi ijodkorligi, o'quvchilar faoliyati, dars o’tishni va uning tushunarliligini oshirish metodlari va usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zamonaviylik., o’yinlar, interaktiv, savodxonlik, interfaol, Metod, piramida, faollik, jamoa, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014