Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA MILLIY TEATR SAN'ATINING VUJUDGA KELISHI
VUJUDGA KELISHI · O’qituvchi Chorshanbiyev Q · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Teatr san’ati har bir xalqning madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi. U xalqning urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlari va ijtimoiy hayotining in’ikosi sifatida shakllanadi. O‘zbek teatr san’ati tarixiga nazar tashlaganda, uning shakllanishida Rossiya imperiyasi davridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar muhim rol o‘ynaganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan milliy teatr harakati mahalliy ziyolilar, jadidlar va san’at ixlosmandlarining sa’y-harakatlari bilan shakllana boshladi. Kalit so’zlar: milliy teatr, Teatr san'ati, tatar professional teatr, Sh.Rizayev, S.G.Yenikeyev Turkistonda jadidchilik harakatining mahsuli sifatida XX asr boshlarida milliy teatr san'ati vujudga keldi. Ushbu san'at tunning shakllanishida rus, ozarbayjon sayyor truppalari bilan birgalikda tatar teatr truppalari ham katta ahamiyat kasb etgan. Jadid dramaturgiyasining vujudga kelishi va shakllanishi bo'yicha tadqiqotlar olib borgan Sh.Rizayevning ta'kidlashicha, o'zbek milliy teatr san'atining tug’ilishiga tatar sayyor teatr jamoalari muhim turtki bergan edi. Tatarlar Yevropa teatr san'ati bilan Turkiston aholisiga qaraganda ancha oldinroq tanishgan bo'lib, o'lkada yashovchi tatarlar tomonidan badiiy kechalar tashkil etish odat tusiga kirgan edi. Jumladan, Toshkentda savdo ishlari bilan shug’ullanuvchi Sharif Yaushev doimiy ravishda Moskvadan badiiy orkestrlarni olib kelib Toshkentdagi o'z bog’ida konsert dasturlarini tashkil etgan. https://scientific-jl.org/obr 5 5 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ushbu ziyofatlarga K.P. fon Kaufman boshliq general-gubematorlik vakillarini ham taklif etib, o'z faoliyati uchun lozim bo'lgan ko'plab siyosiy huquqlarni qo'lga kiritgan edi. XIX asr oxiri - XX asr boshlari Turkiston tarixida muhim o'zgarishlarga boy bo'lgan davr hisoblanadi. Jadidchilik g’oyalari shiddat bilan o'lkaga kirib keldi va Turkistonning keyingi tarqqiyoti darajasini belgilab berdi. Jadidchilik g’oyalari bilan birga o'lka xalqi uchun “yangilik” hisoblangan yevropacha teatr san'ati ham kirib keldi va mahalliy millatni unga bo'lgan qiziqishi ortib bordi. Teatr san'atini Turkiston xalqi madaniy hayotiga qisqa davr ichida kirib kelishi va taraqqiy etishida o'lka taraqqiyparvarlarining tatar ma'rifatparvarlari bilan o'zaro hamkorliklari asosiy rol o'ynagan. Turkiy xalqlar orasida tatar professional teatrining paydo bo'lishi va uning ijodiy safarlarini qachondan boshlanganligi to'g’risida quyidagi fikrlar mavjud. X.L.Kumisnikovning fikricha, tatar professional teatrining paydo bo'lishi va uning to'la shakllangan davri 1905-yilga to'g'ri kelgan. 1906-yil 22-dekabrdan esa, bu teatr truppasi o'z gastrollarini boshlagan. M.Raxmonov ham 1905-yilgi rus revolyutsiyasi ta'sirida haqiqiy tatar professional teatri 1906-yilda tashkil topgan deya qayd etadi. 1908-yilda esa A.Qoriyev qo'l ostida “Sayyor”, Izzatullina boshchiligida “Nur” teatr truppalari tashkil topgan. Sh.Rizayevning qayd etishicha, S.I. Voljskaya boshliq ”Nur” truppasi 1911-yil tashkil topib, 1912-yildan Turkistonning turli shaharlarida bo'lganini ta'kidlaydi. Toshkentda istiqomat qiluvchi general S.G. Yenikeyev xonadonida ham doimiy ravishda san'at kechalari o'tkazib kelingan. 1904-yilning 4- aprelida shu xonadonda Navmiq Kamolning “Ishq balosi” spektakli Turkistonda yashovchi tatar havaskorlari tomonidan namoyish qilingan. Mazkur spektakl namoyishi boshlanishidan oldin polkovnik Abubakr Divayev so'zga chiqib, Yevropa teatri haqida ma'ruza qilgan. Xonadon egasi S.G.Yenikeyev boshqirdistonlik tatarlardan edi. Uning turmush o'rtog’i Saodatxonim Yenikeyeva esa Qo'qon xoni Xudoyorxonning Sankt-Peterburgdagi elchisi Mirza Hakim parvonachining tatar xotinidan dunyoga kelgan edi. Saodatxonim Toshkent ayollar gimnaziyasida tahsil olib, yevropacha tarbiya olgan, royal chalishni biladigan ma'rifatparvar ayollardan bo'lgan. https://scientific-jl.org/obr 5 6 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 S.G.Yenikeyev Rossiya imperiyasining Turkistondagi armiyasi safida ofitser sifatida xizinat qilgan. U Asakada ma’sul lavozimda ishlayotgan paytda 1898-yilgi Dukchi Eshon qo'zg'oloniga xayrixoh bo'lganlikda ayblanib iste'foga chiqarilgan edi. Iste'fodan so ng Toshkentda yashab, Turkistonda istiqomat qiluvchi tatarlarning ijtimoiy-siyosiy huquqlarini himoya qilgan. Shu maqsadda bir necha bor Sankt- Peterburgga hukumat rasmiylari bilan muzokara uchun borgan. 1909-yili S.G.Yenikeyev va Saodatxonim xonadonida tatar havaskorlari tomonidan "tatar dramaturgiyasining otasi” Aliasqar Kamolning Birinchi teatr” nomli komediyasi qo'yilgan. Mazkur komediya salina ko'rinishlarida o'zbek ziyolilaridan A.Avloniy ham ishtirok etgan edi. S.G.Yenikeyev va Saodatxonim sa'y-harakatlari tufayli Toshkentda badiiy tatar havaskorlari jamoasi yuzaga kelgan. Ular tomonidan 1909- yili Toshkentda "Musibati Faxriddin” va “Qizlar qanday kulalar” nomli spektakllar namoyish e
Доказательный фрагмент
«Teatr san’ati har bir xalqning madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTeatr san’ati har bir xalqning madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Teatr san'ati, tatar professional teatr, S.G.Yenikeyev, Sh.Rizayev, milliy teatr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014