Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OT SO‘Z TURKUMINING YASALISH USULLARI
Usmonova Odina Siddikovna · Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi (Andijon davlat chet tillari instituti)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются способы словообразования имён существительных. Каждый способ анализируется с помощью примеров. Ключевые слова: существительное, аффиксация, композиция, аббревиация. Annotation: This article the methods of noun formation. Each method is analyzed using examples. Keywords: noun, affixation, composition, abbreviation. Tilshunoslikning morfologiya bo‘limi orqali so‘z turkumlarini o‘rganib boramiz. So‘z turkumlari ham o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng ko‘p ishlatiladigani mustaqil so‘z turkumlari hisoblanadi. Morfologiya bo‘limida biz umumiy tushunchalarga ega bo‘lamiz. Ot - mustаqil soʻz turkumlаridаn biri. U boshqа https://scientific-jl.org/obr 1 0 3 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 turkumlаrdаn bir nechа belgi-xususiyаtlаri bilаn аjrаlib turаdi. Ulаr quyidаgilаrdаn iborаt: 1) ot yаsаlish xususiyаtigа egа: ishchi, suhbаtdosh, pаxtаkor, bogʻbon, oshpаz, Mirzаchoʻl; 2) son-miqdorni bildirish xususiyаtigа egа: bolа — bolаlаr, dаftаr—dаftаrlаr; 3) egаlik koʻrsаtkichigа egа: otаm, otаng, otаsi — otаmiz, otаngiz, otаlаri; 4) kelishik shаkllаri bilаn oʻzgаrаdi: mаktаb, mаktаbning, mаktаbni, mаktаbgа, mаktаbdа, mаktаbdаn; 5) gаpdа bаrchа gаp boʻlаklаri vаzifаsidа kelаdi. So‘z yasalishi hodisasi mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lib, bu hodisa ot, sifat, fe‘l, ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Mustaqil so‘zlardan son va olmoshlar so‘z yasalish tizimiga ega emas. Chunki son va olmosh so‘z yasash usullari orqali boshqa turkumga mansub so‘zlardan yasalmaydi. Biroq bu turkumga mansub so‘zlar fe‘l, ravish va qisman ot yasalishida ishtirok etadi. Otlar son va olmosh so‘z yasash usullari orqali boshqa turkumga mansub so‘zlardan yasalmaydi, otning funksional shakllari mavjud, qo‘shimchalar qo‘shish yoxud ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi.1 Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida: - shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); - narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); 1 Abduaziz Rajabov – “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”Nashriyot: “O‘qituvchi”, Toshkent, 2006-yil.Ot yasalishi haqida 120– 140-b. https://scientific-jl.org/obr 1 0 4 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 - oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); - mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig‘ilish, radiolashtirish, odamgarchilik). Ot yasalishining kompozitsiya usuli — bu ikki yoki undan ortiq mustaqil leksik birliklarning qo‘shilishi orqali yangi ma’noga ega bo‘lgan ot yasash usulidir. Bu usulda hosil bo‘lgan otlar qo‘shma otlar deb ataladi. Kompozitsiya usulining xususiyatlari: 1. Kamida ikki so‘zning birikishi orqali hosil bo‘ladi. 2. Yangi ot ko‘pincha birdaniga bir butun ma’noni anglatadi. 3. Odatda bu otlar qo‘shib yoziladi yoki defis bilan ajratiladi.2 Shuni esda tutish kerakki, bu hodisa har xil so‘z turkumlarining birikuvidan ham hosil bo‘lishi mumkin. beshik+tebratar=beshiktebratar (ot+fe’l) temir+yo‘l=temiryo‘l (ot+ot) Otlar yana abbreviatsiya usuli bilan ham yasaladi. Abbreviatsiya — bu so‘z yasash usuli bo‘lib, unda bir nechta so‘zning bosh harflari, bo‘g‘inlari yoki qismlari olib qasqartma so‘z yaratiladi. Bu orqali yangi otlar hosil bo‘ladi. Abbreviatsiya usulining asosiy turlari: 1. Bosh harflar orqali qisqartma: Bu usulda har bir so‘zning birinchi harfi olinadi va birlashtiriladi. BMT — Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston FA — O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 2 “O‘zbek tilining grammatikasi” (2 jildlik, 1-jild – Morfologiya)Tuzuvchi: G‘.G‘. G‘ulomov Nashriyot: “Fan”, Toshkent, 1976-yil Sahifalar: 202–230-b. https://scientific-jl.org/obr 1 0 5 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 OAV — ommaviy axborot vositalari Bu qisqartmalarning har biri — yangi ot sifatida ishlatiladi. 2. Bo‘g‘inlar yoki so‘z qismlarini birlashtirish: Bu usulda har bir so‘zning birinchi bo‘g‘ini yoki muhim qismlari olinib, yangi so‘z hosil qilinadi. kolxoz — kollektiv xo‘jalik sovxoz — sovet xo‘jaligi avtobekat — avtobus + bekat radiouzeli — radio + uzel Bu so‘zlar birdaniga yangi ma’noli ot sifatida qo‘llanadi. Ot yasalishi” jarayoni juda murakkab jarayonlardan biri hisoblanib, bu hodisani juda ko‘p olimlar o‘rgangan. Azim Hojiyev o‘zining maqolasida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tgan: “O‘zbek tilida so‘z yasalishi jarayoni bevosita so‘z turkumlarining tarkibiy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa ot yasalishida qo‘shimcha va so‘z birikmasi asosiy vosita hisoblanadi.” Ayub G‘ulomov: “Ot yasalishi – bu faqat grammatik jarayon emas, balki tilning ma’no yara
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются способы словообразования имён существительных.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются способы словообразования имён существительных. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- noun, affixation, composition, abbreviation, abreviatsiya., ot, kompozitsiya, affiksatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025