К содержанию
РецензированоUZ2025

O’QUVCHILARGA KASBIY FAOLIYAT MOTIVASIYALARINI BERISH

Nosirova Dilafrouz

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada kasbiy motiv va motivasiya haqida tushuncha beriladi. Pedagogik faoliyatning muhim qismlari, o’quv foliyati motivasiyasining xususiyatlarini o’rganish ko’nikmalari ko’rib chiqiladi. Xorijiy psixologlar tomonidan kasbiy motiv va motivasiya muammolari haqidagi fikrlari o’rganib chiqiladi. Kalit so’zlar: Kasbiy motiv, motivasiya, muqarrarlik motivi, kasbiy faoliyat, ehtiyojning belgi yoki samaralari. Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida Ye.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog’liq motivasiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash motivlari va uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi. Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan belgilanadi. Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi. https://scientific-jl.org/obr 1 7 3 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir. Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi. Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi: 1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi), 2) Vaziyat bilan bog’liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart-sharoitlarni ruyobga chiqarish). 3) Komformist. 4) Kasbiy motivasiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do’st va tanishlarining maslaxatlari bilan). L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab bo’luvchi omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi: Ijod va musiqa ijro etishga bo’lgan qiziqish. Musiqadan zavqlanishga bo’lgan ehtiyoj. Musiqa asarlarini ijro etishda o’zi tashabbus ko’rsatishga intilish. Tinglovchilarning qadriyatini ko’tarish, ularga rohat baxsh etish xohishi. Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining to’liq motivlari emas. Ular faqatgina musikachilik faoliyatini boshlashga olib keladi. A.P.Vasilyev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini keltirib o’tadi: 1) Insonlarni davolash istagi. 2) Og’ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan xalos etish istagi. https://scientific-jl.org/obr 1 7 4 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 3) O’z yaqinlarining sog’lig’i haqida qayg’urish imkoniyati. 4) Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish. 5) O’z sog’lig’i haqida kaygurish. 6) Moddiy qiziqishlar. Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N.Dadanov taklif qilgan usullarni qo’llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi: 1 .Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish. 2.Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan bilim va xokazo). 3.Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so’z vositasida va xokazo). 4.Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan jazodan o’zini olib kochishga intilish. Bu sabablar salbiy “valentlikka” xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan uzoqlashib, qiziqishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi bilan izoxlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin: T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo’lishi; R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan uzoqlashish; V-ishdan bosh tortish uchun rag’batlantirish-taklif etish; G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi. Pedagogik oliy o’quv yurtlariga kirish va pedagog kasbini tanlash motivlari (o’qituvchi, bogcha tarbiyachisi va b.) turli xil bo’lib, bunda ulardan bir qanchasi pedagogik faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Bu jihat anchadan beri pedagogik, jamoatchilik va oliy o’quv yurtlarini o’ylantirib keladi. O’tkazilgan ko’pgina so’rovlar bo’y

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kasbiy motiv va motivasiya haqida tushuncha beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kasbiy motiv va motivasiya haqida tushuncha beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kasbiy motiv, kasbiy faoliyat, ehtiyojning belgi yoki samaralari., motivasiya, muqarrarlik motivi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники