Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILIM BOYLIGIM-“O’ZBEK TILIDAGI SO’Z BOYLIGI VA INING NUTQ JARAYONIDA NAMOYON BO’LISHI.
Luqmonova Yoqutxon Shavkatjon qizi · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 1989
Аннотация
Til nima, til va nutq tushunchalari,so’z tarixi, so’z mas’uliyati, asos va qo’shimchalar imlosi ,shevaga xos so’zlar, haqida o’quvchilar yetarli ma’lumot olishadi. Kalit so’z: soʻz yasalishi“, „yasama soʻz , fonema, turli lisoniy qoidalar,leksema, morfologik soʻz, modal soʻzlar. Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlatning timsoli, mulki. Tilni asrab-avaylash orqali millat yuksaladi. Respublikamiz Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan belgilab qo‘yilgan. Ona tilimizga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu yurtimiz hayotidagi tarixiy voqea bo‘ldi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan edi. Soʻz — tilning narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi. Soʻz ran uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi, lekin, undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. Oʻzida leksik va grammatik maʼnoni birlashtirgan hodda soʻz muayyan soʻz turkumiga mansub boʻladi, oʻz tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin boʻlgan barcha grammatik maʼnolarni ifodalaydi. https://scientific-jl.org/obr 1 8 1 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Tilshunoslikda „soʻz“ atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik soʻz deb yuritiladi. Masalan, „soʻz yasalishi“, „yasama soʻz“ birikmalarida „soʻz“ xuddi shu maʼnoda qoʻllanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati tilshunoslikda soʻz shakl, leksema shakl yoki morfologik soʻz deb ham yuritiladi. Soʻzning tovush va maʼno tomoni bor. Lekin har qanday tovush yigʻindisi soʻz boʻlavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi soʻz boʻlishi uchun maʼnoga ega boʻlishi, yaʼni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki birbiriga anglatishi kerak. Soʻz maʼnosida umumiylik va yakkalikning, barqarorlik va oʻzgaruvchanlikning dialektik oʻzaro munosabati aks etadi. Maʼnoning barqarorligi oʻzaro tushunishni qulaylashtirsa, uning oʻzgaruvchanligi (soʻzning aniq, bir maʼnosidagi oʻzgarishlar) soʻzdan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi. Soʻzning koʻp maʼnoliligi ham aynan maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. Soʻzlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati soʻz maʼnosining soʻzlovchi histuygʻusini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsional jihatini tashkil etadi. Soʻz tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim soʻzning grammatik belgilariga (soʻz turkumlari), soʻz yasalishi aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi. Bulardan tashqari, lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmagan, lekin oʻz tovush qobigʻiga, oʻziga xos maʼno, vazifasiga ega boʻlgan, shu bilan birga soʻz yasash yoki soʻz shaklini hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham „soʻz“ deb yuritiladi. Bular yordamchi soʻzlar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (obbo, ehhe, voy), taqlid soʻzlar (miyov, dukur dukur, yal tyult) va modal soʻzlar (shubhasiz, demak, ehtimol)dir. Til va nutq bir - biriga bog’liq hodisalardir. Til uchun nutq moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo’ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So’z, morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy https://scientific-jl.org/obr 1 8 2 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 material hisoblanadi. Nutq tuzishda nomoyon bo’ladigan so’z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialdir. Bunda til bir tomondan moddiy hodisa bo’lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko’rsatadi. Biz xotiramizda saqlanayotgan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so’zlar va grammatik so’z birikmasi va gaplarni hosil qilamiz. Masalan, ongimizda u kitobni qayerdan olganini bilish fikri tug’ildi, deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz: Sen kitobni qayerdan olding? Bunda biz sen, kitob, qayer, ol leksemalaridan: -ni, -dan, -da, -ng grammatikalaridan va so’roq gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida morfemalarni qabul qilib, so’z shakllariga aylandi. Til ruxiy hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana alohidalik holiga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, ma`lum til jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saklanadigan va hamma vaqt haqiqatga aylanis
Доказательный фрагмент
«Til nima, til va nutq tushunchalari,so’z tarixi, so’z mas’uliyati, asos va qo’shimchalar imlosi ,shevaga xos so’zlar, haqida o’quvchilar yetarli ma’lumot olishadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTil nima, til va nutq tushunchalari,so’z tarixi, so’z mas’uliyati, asos va qo’shimchalar imlosi ,shevaga xos so’zlar, haqida o’quvchilar yetarli ma’lumot olishadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- „yasama soʻz, modal soʻzlar., morfologik soʻz, soʻz yasalishi“, fonema, turli lisoniy qoidalar, leksema
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025