Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ XAMSACHILIK AN’ANASI VA ALISHER NAVOIY IJODIDA UNING BADIIY TALQINI”
BADIIY TALQINI” · Ismoilava Madina Rashid qizi · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Xamsachilik — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; "Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan.Alisher Navoiyning ijodi haqida ham keng ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’z:Xamsa, Iskandarnoma", "Haft paykar, "Xusrav va Shirin", "Mahzan ulasror", "Panj ganj" , Farhod, Shirin, Dilorom, Layli, Majnun. Xamsachilik — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; "Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan.Ijodkorlar Nizomiy "Panj ganj"ini ("Besh xazina") tashkil etuvchi "Mahzan ulasror", "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Haft paykar", "Iskandarnoma" dostonlarining mavzui, syujet va kompozitsiyasi, qaxramonlari, vazni, joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil asar yaratganlar. Bu badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan. Xamsa dostonlarining har biri mavzui, qahramonlari, hatto qoʻyilgan masalalarigacha aniqlikka ega boʻlib, bu janrda ijod qilgan yozuvchi oʻz mahoratini ana shu anʼanaviy vositalar yordamida koʻrsatishi, shu orqali oʻz davri ideallarini ifodalashi lozim boʻlgan. Anʼanaga ko’ra, xamsadagi 1-dostonning asosini falsafiy axloqiy masalalar tashkil etgan. 2-3 dostonlar sevgi orqali aks ettirilgan ijtimoiy maʼnaviy masalalarni yorituvchi mavzu asosida uyushgan. 4-doston sarguzasht asar boʻlib, unda adolatli shoh masalasi koʻtarilgan. Soʻnggi doston avvalgilarining xulosasi, umumlashmasi boʻlib, unda ijodkorning maʼnaviy axloqiy, ijtimoiy siyosiy, falsafiy qarashlari aks etgan. Sharqda badiiy qimmati turlicha boʻlgan 50 dan ortiq xamsalar vujudga kelgan. https://scientific-jl.org/obr 1 8 5 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Xamsaning aloxida dostonlariga javoblar ham yozilgan. Lekin bizgacha bu asarlarning hammasi ham yetib kelgan emas. Xamsa dostonlaridan faqat birigagina javob yozib, yuksak darajada shuhrat qozongan ijodkorlar ham boʻlgan (Fuzuliy, "Layli va Majnun"). Xamsada eng koʻp dostonlar "Layli va Majnun" mavzuida yaratilgan. Keyingi oʻrinlarda tegishli ravishda "Xusrav va Shirin", "Mahzanul asror", "Iskandarnoma", "Haft paykar" mavzuidagi dostonlar turadi. Xamsanavislar o’z asarlarida epikromanik, qaxramonlik yoki so’fiylik mavzusini birinchi o’ringa qoʻyganlar. Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sining syujet va mavzulari turli xalqlar badiiy adabiyotlariga taʼsir etib, 13-20-asrlar mobaynida 600 dan ortiq asar yaratilgan.Turkiy xalqlar adabiyotida Xamsachilikka qiziqish 13-14-asrlardan boshlangan. Qutb Xorazmiy Nizomiyning "Xusrav va Shirin" dostonini, Haydar Xorazmiy sheʼriy shaklini saqlagan holda ayrim oʻzgarishlar bilan "Mahzan ulasror" dostonini turkiy tilga tarjima qilgan. Turkiy (uzbek) tilida "Hayrat ulabror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sabʼai sayyor", "Saddi Iskandariy" nomlari bilan 5 doston — "Xamsa" yaratgan Alisher Navoiy Xamsa taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan va Xamsani turkiy xalqlar adabiyotida Nizomiy darajasiga ko’tardi. Bunda Navoiy o’zigacha bo’lgan buyuk xamsanavislar — Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dexlaviy va Abdurahmon Jomiylarni o’ziga ustoz deb bildi va ularning Xamsadagi gʻoyaviy badiiy anʼanalarini mahorat bilan rivojlantirdi. Xamsani yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Navoiy Xamsada anʼanaviy obrazlar hisoblangan Farhod, Shirin, Dilorom, Layli, Majnun, shohlardan Xusrav, Baxrom, Iskandar obrazlarini yangicha, o’z davri adabiyotining insonparvarlik gʻoyalari nuqtai nazaridan talqin etdi Navoiyning “Xamsa” yozish istagi bu yo‘ldagi zahmatli mehnati shoirning o‘zid an ilgari o‘tgan ustozlariga bo‘lgan muhabbati, ayniqsa, xamsachilikdagi iste’dodiga oid ilmiy talqinlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi B.Valixo‘jayevni ng ilmiy – nazariy xulosalarida o‘zining yorqin ifodasini topa olgan.Bu buyuk shoir masnaviy janrida “Xamsa” yaratar ekan, uning mas’uliyatini chuqur his eta di, buyuk Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviylarning xamsachilikdagi iste’dod va https://scientific-jl.org/obr 1 8 6 Выпуск журнала №-70 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 san’atlariga qoyil qolganligini tan oladi. Shu bilan birga o‘zining bilim, kuchi, san’ati ni sinab ko‘rishni ham maqsad qilib qo‘yadi: Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq… Kerak sher oldida ham sher jangi Agar sher bo‘lmasa, bore palange. Alisher Navoiyning “Xamsa”si buyuk beshlik tarzida shuhrat qozongan bo‘lib, u ning maydonga kelishi ham mavjud an’ana hamda zamonadagi badiiy – estetik talab lar natijasi sifatida qaraladi. Ma’lumki, xamsa yozish an’anasi islomiy svilizatsi ya tarqalgan o‘lkalardagi uyg‘onish davri mahsulidir. Xamsa deb ataluvchi asarlarnin g maydonga kelishigacha, ya’ni XII asrgacha bo‘lgan davrda turkum qissa va dostonl ardan iborat “Kalila va Dimna”, “Sindbodnoma”(Rudakiy),“Shohnoma”(Firdavsiy), “ Qutadg‘u bilig”(Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy va turkiy tillarda bitilgan turkum asarla r mavjud edi. Eslatilgan asarlarning ayrimlari bir syujetli (“Qutadg‘u bilig”) bo‘
Доказательный фрагмент
«Xamsachilik — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; "Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana.»
Образец извлечения
Демо-превьюXamsachilik — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; "Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Xamsa, Iskandarnoma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025