Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OSTEOMIYELIT KASALLIGI HAQIDA
OSTEOMIYELIT KASALLIGI HAQIDA · Alijonov Ziyodillo · Ilmiy rahbar: Ataxanova Nilufar Sayibjanovna · ABOUT OSTEOMYELITIS DISEASE · Alijonov Ziyodillo · Ilmiy rahbar: Ataxanova Nilufar Sayibjanovna (Student of therapeutic direction of medical faculty of Kokand University Andijan)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 1-5 · 2025
Аннотация
Osteomiyelit — bu suyak va suyak ko‘migi to‘qimalarining mikroorganizmlar, ayniqsa Staphylococcus aureus tomonidan chaqiriladigan infeksion-yallig‘lanish kasalligi. U o‘tkir va surunkali shakllarda kechishi, og‘riq, shish, tana haroratining ko‘tarilishi kabi klinik belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada osteomiyelitning kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari, shuningdek, profilaktika choralariga oid ma’lumotlar keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: osteomiyelit, suyak infeksiyasi, bakterial yallig‘lanish, antibiotik terapiyasi, suyak nekrozi, gematogen tarqalish. ABOUT OSTEOMYELITIS DISEASE Alijonov Ziyodillo Student of therapeutic direction of medical faculty of Kokand University Andijan branch Ilmiy rahbar: Ataxanova Nilufar Sayibjanovna Senior lecturer of Clinical sciences department of Kokand University Andijan branch ANNOTATION. Osteomyelitis is an infectious-inflammatory disease of bone and bone marrow tissue caused by microorganisms, especially Staphylococcus aureus. It can occur in acute and chronic forms, manifested by clinical symptoms such as pain, swelling, and fever. This article provides extensive information on the causes, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 187 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 pathogenesis, clinical signs, diagnosis, and treatment of osteomyelitis, as well as preventive measures. Key words: osteomyelitis, bone infection, bacterial inflammation, antibiotic therapy, bone necrosis, hematogenous spread. KIRISH. Suyak to‘qimasi infeksiyalarga nisbatan nisbatan chidamli bo‘lishiga qaramasdan, ba’zi hollarda u infeksiyalarning bevosita nishoniga aylanishi mumkin. Osteomiyelit — bu suyak va unga yondosh to‘qimalarning infeksion yallig‘lanishi bo‘lib, kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi va uzoq muddatli davolanishni talab qiladi. Bugungi kunda zamonaviy diagnostika va davolash usullarining rivojlanishi osteomiyelitni samarali nazorat qilishga imkon bermoqda. Shunga qaramasdan, bu kasallik o‘z vaqtida aniqlanmasa, suyak deformatsiyalari, harakat cheklanishi va hatto nogironlikka olib kelishi mumkin. ETIOLOGIYASI. Osteomiyelitning asosiy sababi — bakterial infeksiya. Eng ko‘p uchraydigan mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (eng keng tarqalgan sababchi). Streptococcus turlari. Pseudomonas aeruginosa (ko‘proq travmatik yoki jarrohlikdan keyingi holatlarda). Escherichia coli (immuniteti past bemorlarda). Mycobacterium tuberculosis (suyak tuberkulyozi). Infeksiya suyak to‘qimasiga uch xil yo‘l bilan kirib boradi: 1. Gematogen yo‘l — qon orqali uzoqdagi infeksiya manbalaridan (masalan, tomoq og‘rig‘i, tish infeksiyalari). 2. Posttravmatik — suyak sinishlari, jarohatlar yoki operatsiyalar orqali. 3. Yondosh to‘qimalardan tarqalish — masalan, chuqur yiringli yara yoki qo‘shni infeksiya suyakka tarqalishi [1]. PATOGENEZ. Infeksiya suyak to‘qimasiga tushgach, yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. Suyakdagi qon tomirlari tor va sekin oqimli bo‘lgani sababli, bakteriyalar bu yerda ko‘proq to‘planib, yallig‘lanishni kuchaytiradi. Natijada: Og‘riq va shish paydo bo‘ladi. Suyak to‘qimasi nekrozga uchraydi. Yiring hosil bo‘ladi va u periost ostiga yoki teri ostiga chiqib ketadi (sinuslar, fistulalar) [2]. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 188 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 TASNIFI. O‘tkir osteomiyelit: 2-4 haftagacha davom etadi, simptomlar aniq va keskin. Subakut osteomiyelit: simptomlari susaygan, ammo davom etuvchi shakl. Surunkali osteomiyelit: uzoq muddat davom etadigan, davolanishi qiyin bo‘lgan shakl. Ko‘pincha takrorlanib turadi. KLINIK BELGILARI. O‘tkir shakli: Yuqori tana harorati (38–40°C). Kuchli og‘riq (suyak sohasida). Shish, qizarish, mahalliy haroratning oshishi. Umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i. Bolalarda — harakat cheklanishi, yurganda og‘riq. Surunkali shakli: Yengil tana harorati, o‘rtacha og‘riq, suyakda sinuslar (fistula) hosil bo‘lishi, davriy yiring ajralishi, deformatsiya, bo‘g‘im faoliyatining cheklanishi [3]. DIAGNOSTIKA. Laboratoriya usullari: Oq qon hujayralari sonining ko‘payishi (leykotsitoz). S-reaktiv oqsil (SRV) va eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ESR) oshgan bo‘ladi. Radiologik usullar: Rentgen — 10–14 kundan so‘ng suyak o‘zgarishlarini ko‘rsatadi. Kompyuter tomografiyasi (KT) — suyak nekrozini aniqlaydi. Magnit- rezonans tomografiya (MRT) — yumshoq to‘qimalar va abscesslarni ko‘rsatadi. Mikrobiologik tekshiruv: Yiringdan yoki biopsiyadan olingan namunani ekish [4,5]. DAVOLASH. Konservativ: Antibiotiklar: keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotiklar 4–6 haftagacha beriladi (oksatsillin, vankomitsin, tsefalosporinlar). Yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Detoksikatsion va simptomatik terapiya. Jarrohlik aralashuvi: Nekrotik to‘qimalarni olib tashlash (sequestrektomiya). Yiringli bo‘shliqlarni tozalash. Antiseptik eritmalar bilan yuvish. Og‘ir hollarda suyak transplantatsiyasi yoki protez o‘rn
Доказательный фрагмент
«Osteomiyelit — bu suyak va suyak ko‘migi to‘qimalarining mikroorganizmlar, ayniqsa Staphylococcus aureus tomonidan chaqiriladigan infeksion-yallig‘lanish kasalligi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOsteomiyelit — bu suyak va suyak ko‘migi to‘qimalarining mikroorganizmlar, ayniqsa Staphylococcus aureus tomonidan chaqiriladigan infeksion-yallig‘lanish kasalligi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- osteomyelitis, bone infection, bacterial inflammation, antibiotic, suyak nekrozi, suyak infeksiyasi, gematogen tarqalish. ABOUT OSTEOMYELITIS DISEASE, osteomiyelit, antibiotik terapiyasi, bakterial yallig‘lanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025