К содержанию
РецензированоRU2025

RANGLARINING INSON PSIXOLOGIYASIGA TAʼSIRI

FAZLIDDINOVA MUQADDAS ELYOR QIZI

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

В данной статье говорится о влиянии цветов на психологию человека, различных символах, скрытых в них, их связи с духовным миром, характером, а также факторах, положительно или отрицательно влияющих на настроение в этом плане. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Психология цвета, эмоциональное восприятие, цвет, психика, контрастные цвета, структурные цвета. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 370 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Dunyo cheksiz sir-sanoatlardan iborat. Ulami o‘rganish uchun cheksiz inson umr kerak bo‘ladi. Chunonchi, «rang» atamasi to‘rtta harfdan iborat bo‘lsa-da, uning ma’nosiga va sirli olamini o‘rganishiga insonlarning umri yetmaydi. Rang inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun asrlar davomida olimlar tomonidan ranglar haqida juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Inson umrining har lahzasida uchraydigan rang insonlarning ma’naviyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki, rang ruhiyatga har daqiqada ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Yorug‘lik bor joyda rang bo‘ladi. Ranglar insonlarda muayyan his-tuyg‘ularni yuzaga keltirishga qodir xususiyatga ega. Albatta, bunda insonning yoshi, jinsi va madaniy saviyasiga bog‘liq jihatlarni ham e’tiborga olish lozim. Ranglar psixologiyasini tadqiq qilishga oid izlanishlar zamonaviy psixologiya sohasida o‘tkazilmoqda. Ularda asosan ranglarning inson kayfiyatiga, xulq-atvoriga va psixik jarayonlariga ta’sir qilish mexanizmlari ochib berishga urinishlarni ko‘rishimiz mumkin. Shu o‘rinda, ranglarga doir o‘ziga xos qirralarning mavjudligini ham inkor etmaslik lozim. Ranglar psixologiyasining talqini oltita tamoyilga asoslanadi: 1. Har bir rang muayyan belgini ifodalaydi. 2. Ranglarning belgilari yoki o‘zlashtirilgan belgiga yoki tabiiy nasliy belgiga tayanadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 371 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 3. Ranglarni idrok qilish inson tomonidan baholashni namoyon qiladi. 4. Ranglarni baholash jarayoni muayyan xulq-atvorga undaydi. 5. Rang odatda o‘z ta’sirini avtomatik ravishda amalga oshiradi. 6. Rangning belgisi va samarasi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ranglarning inson ruhiyatiga o‘ziga xos ravishda ta’sir qilishi tan olingan haqiqatdir. Bizni o‘rab turgan ranglar olami ruhiyatimizga va ruhiy holatimizga bevosita ta’sir qiladi. Ranglar ta’sir qilish vaqti va shiddatiga qarab ijobiy yoki salbiy his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, inson ko‘zi milliondan ziyod ranglarni ajrata olar ekan. Ranglarning inson ruhiyatiga ta’sir qilishiga oid juda ko‘p baxs munozarali qarashlar mavjud. Ruxshunoslar ham har bir rangni qabul qilishda o‘ziga xos yondashadilar. Ya’ni bitta rangni har kim har xil qabul qiladi. RANGLARNING RAMZIY MAʼNOLARI Dunyoda yorug‘lik bor ekan, albatta ranglar bo'ladi. Har bir rangning ramziy ma’nosi bor. Qadimda ajdodlarimiz rang orqali ramziy ma’noda gapirganlar. Insonlarning yuzi rangiga qarab kasalliklarini aniqlaganlar va davolaganlar. Ranglar orqali falsafiy fikr berganlar va insonlarga ruhiy ta’sir etganlar. Masalan, sallaning turli rangi bo'lib, ular orqali turli ramziy ma’nolar o‘z ifodasini topgan. Rangiga qarab mansabi, mazhabi va boshqalarni bilish mumkin bo'lgan. KONTRAST RANGLAR https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 372 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ranglar psixologiyasi ranglarning odamlarning xulq-atvoriga, ruhiy holatiga yoki fiziologik jarayonlarga qanday ta'sir qilishini o'rgatadi. Ranglar bizning xaridlarimizga, his-tuyg'ularimizga va hatto xotiralarimizga ta'sir qiladi. Rang psixologiyasi bilan bog'liq fikrlar marketing va dizayn sohalarida keng qo'llaniladi. Kompaniyalar o'z mahsulotlarini xarid qilish va tovarlarni anglashni yaxshilash uchun iste'molchilarni rag'batlantiradi deb hisoblaydigan ranglarni tanlaydi. Turli xil kasalliklarni davolash uchun rangi terapiya uslubida ranglar ishlatilgan. Fransuz tarixchisi, medievist va ranglar simvolikasining taniqli mutaxassisi Mishel Pasturoning "Koʻk rangning tarixi", "Qora rangning tarixi", "Yashil rangning tarixi", "Qizil rangning tarixi" kabi kitoblari ranglarning madaniy evolyutsiyasini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan. "Yashil rangning tarixi" nomli kitobi madaniy, ijtimoiy, diniy va badiiy jihatlari qamrab olingan. Mishel Pasturo yashil rangning qadim zamonlardan to hozirgi kungacha boʻlgan oʻrganish yoʻlini tahlil qilgan, uning turli davrlarda qanday maʼnolar va ramziy ahamiyatga ega boʻlganligini koʻrsatgan. Xulosa qilib aytganda ranglar inson psixikasiga kuchli taʼsir ko'rsatadi va ular his-tuyg'ular, kayfiyat va psixologik holatlarni shakllantirishi mumkin. Har bir rang turli hissiy reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Ranglarning psixologik taʼsiri shundan iboratki, ular odamlarning hissiy holatlarini anglatadi va ular bilan ishlash orqali muayyan kayfiyatni yaratish yoki boshqarish mumkin. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журна

Доказательный фрагмент

«В данной статье говорится о влиянии цветов на психологию человека, различных символах, скрытых в них, их связи с духовным миром, характером, а также факторах, положительно или отрицательно влияющих на настроение в это…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье говорится о влиянии цветов на психологию человека, различных символах, скрытых в них, их связи с духовным миром, характером, а также факторах, положительно или отрицательно влияющих на настроение в это… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
color psychology, emotional perception, color, psyche, kontrast ranglar, ranglar psixalogiya, tarkibiy ranglar., rang, hissiy idrok, psixika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники