К содержанию
РецензированоUZ2025

ADABIY TA'LIMDA O‘QUVCHILARNING TANQIDIY TAFAKKURINI MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI · Xojimirzayeva Mohchehra Abrorjon qizi · Часть–_ Мая – (Namangan davlat pedagogika instituti,)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Maqolada adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, tanqidiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy metodlar tahlil qilingan hamda ta’lim jarayonida bu texnologiyaning samaradorligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: adabiy ta’lim, muammoli ta’lim texnologiyasi, tanqidiy tafakkur, mustaqil fikrlash, metodlar. Kirish Bugungi kunda ta’lim jarayonining asosiy maqsadi o‘quvchilarga tayyor bilim berish emas, balki ularning mustaqil fikrlashi, tahlil qilish va tanqidiy yondashish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Xususan, adabiy ta’limda o‘quvchilarning asar matnini chuqur o‘rganish, uni tahlil qilish va o‘z shaxsiy munosabatini bildira olish ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Shu nuqtayi nazardan muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish juda muhimdir. Muammoli ta'lim texnologiyasining mohiyati va ahamiyati. Muammoli ta’lim texnologiyasi o‘quvchini bilim olish jarayonida faol ishtirok etishga, berilgan https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 395 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 muammoli vaziyatni tahlil qilish va o‘z qarorini qabul qilishga yo‘naltiradi. Bu texnologiya asosida o‘quvchi tayyor bilimlarni emas, balki o‘z mustaqil izlanishi natijasida xulosaga keladi Adabiy ta’limda esa bu texnologiya o‘quvchilarni badiiy asarlar mazmunini anglash va tahlil qilish jarayonida mustaqil fikrlashga undaydi. O‘quvchi o‘qilgan asarga o‘z nuqtayi nazaridan baho beradi va adib fikriga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi. Muammoli ta'lim deganda beriladiga ma'lumotlarni ta'lim oluvchilar ongiga ularning darajasiga mos va muammolarini vujudga keltiradigan yo'sinda o'rgatish tushuniladi. Ta'lim qachonki ushbu yo'sinda olib borilsagina bolaning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani ob'ektiv ravishda izlanishga, tafakkur qilishga va mantiqan to'g'ri ilmiy xulosalar chiqarishni o'rganishga da'vat etadi.Muammoli ta’lim texnologiyasi asosida adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun quyidagi metodlar muhim ahamiyat kasb etadi:Muammoli savollar berish. Asarni o‘rganishda o‘quvchilarga oddiy faktlarni aniqlashga emas, balki voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatgan sabab va oqibatlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan savollar beriladi.Muqobil yakunlar yaratish. Asar tugashi bilan o‘quvchilardan voqealarni o‘z tasavvurlariga ko‘ra yakunlab berish so‘raladi. Muammoli ta'lim - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub'ektiv shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o'rtasida ob'ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli vaziyat bolaning ma'lum ruhiy holati bo'lib, bu holat ma'lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi. Muammoli ta’limning asosiy afzalliklari: https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 396 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 1. Tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi O‘quvchilar mavjud muammoni tahlil qilish, baholash va unga mos yechim topishga harakat qiladilar. Bu ularning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi. 2. Faol o‘quv faoliyatini shakllantiradi Darsda o‘quvchi passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘ladi. U o‘rganayotgan mavzuga shaxsiy yondashadi, bu esa chuqurroq o‘zlashtirishga olib keladi. 3. Mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga o‘rgatadi Muammoni yechishda har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildirishga, asoslashga va qaror qabul qilishga o‘rganadi. 4. Motivatsiyani oshiradi O‘quvchilar uchun darslar qiziqarli va mazmunli bo‘ladi, chunki ular real muammolar bilan shug‘ullanishadi va bu o‘z bilimlarining amaliy ahamiyatini his qilishga yordam beradi. 5. Jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi Ko‘p hollarda muammolar guruhlarda yechiladi, bu esa o‘zaro hamkorlik, muloqot va fikr almashishga yordam beradi. 6. Hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi O‘quvchilar darsda o‘rgangan muammo yechish uslublarini real hayotdagi vaziyatlarda ham qo‘llashga o‘rganadilar. 7. Bilimlarni chuqur va barqaror o‘zlashtirishga yordam beradi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 397 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Mustaqil izlanish, tahlil va muhokama orqali olingan bilimlar uzoq vaqt xotirada saqlanadi. Tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodlar. Bahs va debatlar tashkil qilish. Asarda ilgari surilgan asosiy g‘oyalar yuzasidan bahslar o‘tkazilib, o‘quvchilarning o‘z fikrini mantiqan asoslab berish ko‘nikmasi shakllantiriladi.Qiyosiy tahlil. Turli adiblarning bir mavzudagi asarlarini tahlil qilish orqali ularning estetik qarashlari va badiiy yondashuvlari solishtiriladi.Rol o‘ynash. Asardagi qahramonlar obrazini jonlantirish va ularning nuqtayi nazaridan vaziyatlarni baholash topshiriqlari beriladi .Amaliy tajr

Доказательный фрагмент

«Maqolada adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodlar., mustaqil fikrlash, adabiy ta’lim, tanqidiy tafakkur, muammoli ta’lim texnologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники