К содержанию
РецензированоUZ2025

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI

Ochilov Abrorxon Qiyom o’g’li (Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedra o'qituvchisi) · Boynazarova Sabrina O’rol qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article analyzes the concept of an information society based on the theoretical views of A. Toynbee and E. Taffler. Toynbee's historical-philosophical approach to the development of civilizations and Taffler's technological and economic views are analyzed in a comparative manner. The authors highlight the importance of information in society from different perspectives: one emphasizes moral and cultural values, the other emphasizes innovation and knowledge-based development. The article also reveals the practical significance of these theories using the example of the experience of Uzbekistan. Keywords: Information society, post-industrial society, theory of civilizations, cultural stability, technological progress, knowledge economy, digital transformation, intellectual labor, Uzbek experience, spiritual values, information technologies, human capital, innovative development, Toynbee's philosophy, Taffler's theory. KIRISH: Axborotlashgan jamiyat bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoniga aylangan. Texnologik yuksalishlar, raqamli texnologiyalar va global axborot oqimlari insoniyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Bu jarayon nafaqat iqtisodiy va siyosiy tizimlarga, balki ijtimoiy ong, madaniyat va ma’naviyatga ham chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi, uning rivojlanish istiqbollari hamda bu boradagi turli g‘oyaviy yondashuvlar A. Toynbi va E. Taffler asarlari asosida tahlil qilinadi. Maqsad – har ikki olimning fikrlari orqali zamonaviy jamiyatning yo‘nalishlarini anglash va baholash. https://scientific-jl.org/obr 4 2 7 Выпуск журнала №-70 Часть–5_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Arnold Toynbi sivilizatsiyalar rivojlanishini ularning ichki madaniy kuchi va tashqi muhitga moslasha olish qobiliyati orqali tushuntiradi. U "sivilizatsiyaning muvaffaqiyati"ni jamiyatning yangi muammolarga qanday javob qaytara olishi bilan bog‘laydi. Toynbi uchun axborot – bu asosan madaniyatni uzatish va saqlash vositasi sifatida ko‘riladi. U sivilizatsiyalar tarixida ilm-fan va ma’rifatning rolini chuqur tahlil qiladi. Uning fikricha, jamiyat rivoji uchun axborotning chuqur tarixiy ildizlari va uning ma’naviy, axloqiy omillar bilan uyg‘unligi zarur. Shuningdek, Toynbi insoniyat tarixini doimiy sinovlar va javoblar zanjiri sifatida ko‘rib, axborotni ushbu jarayonning boshqaruvchi omili sifatida tasvirlaydi. U fikrlaydi: agar jamiyat ma’naviy va madaniy jihatdan kuchli bo‘lsa, u axborotdan oqilona foydalanib, taraqqiyotga erishadi. Elliot Taffler esa postindustrial jamiyat tushunchasiga urg‘u beradi. U axborotlashgan jamiyatni uchinchi to‘lqin bosqichi sifatida talqin qiladi. Tafflerga ko‘ra, texnologik innovatsiyalar, axborot tizimlari va xizmat ko‘rsatish sohalarining kengayishi jamiyatning asosiy yo‘nalishini belgilaydi. U axborotning iqtisodiy va siyosiy qudratini tahlil qiladi hamda kelajakda aqliy mehnat va bilimga asoslangan kasblarning ustunlik qilishini ta’kidlaydi. Taffler uchun axborot – bu kuch va ustuvorlik manbai. U axborotga asoslangan ijtimoiy stratifikatsiya va bilim iqtisodiyoti modelini ilgari suradi. Taffler, shuningdek, inson mehnatining tobora avtomatlashtirilishi, raqamli texnologiyalarning jamiyatda yaratadigan yangi etik, huquqiy va siyosiy muammolariga ham e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra, axborotlashgan jamiyatda muvaffaqiyat kaliti – bu moslashuvchanlik, doimiy o‘rganish va yangilikka ochiqlikdir. Toynbi va Taffler qarashlarida sezilarli tafovutlar mavjud. Toynbi axborotni tarixiy-madaniy kontekstda ko‘rib chiqsa, Taffler uni texnologik va iqtisodiy kuch sifatida baholaydi. Toynbi axborotni sivilizatsiyalar barqarorligining asosiy elementi deb biladi, Taffler esa axborot vositalari orqali jamiyatning dinamik va moslashuvchan modelini ilgari suradi. Har ikkisi ham axborotning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tan oladi, biroq yondashuvlari turlicha: biri tarixiy falsafiy, ikkinchisi esa ilmiy-texnologik https://scientific-jl.org/obr 4 2 8 Выпуск журнала №-70 Часть–5_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 asosga ega. Toynbi ma’naviyat, qadriyatlar va axloqiy tamoyillarga asoslangan yondashuvni taklif etsa, Taffler esa amaliy, funksional va texnologik yechimlarga urg‘u beradi. Ushbu tafovutlar zamonaviy jamiyat rivojlanishini har tomonlama anglash imkonini beradi. Toynbi va E. Taffler qarashlari zamonaviy axborotlashgan jamiyatni har tomonlama anglash imkonini beradi. Ularning asarlari shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning kelajagi nafaqat texnologiyalarga, balki madaniyat, axloq va ijtimoiy ong darajasiga ham bog‘liq. O‘zbekiston ham axborotlashgan jamiyat sari harakatlanayotgan bir vaqtda, ushbu nazariy yondashuvlar milliy taraqqiyot strategiyasini shakllantirishda muhim manba bo‘la oladi. O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivoji, raqamli iqtisodiyot, onlayn ta’lim va elektron hukumat kabi yo‘nalishlar, Taffler bashorat qilgan postindustrial jamiyat belgilar

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the concept of an information society based on the theoretical views of A.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the concept of an information society based on the theoretical views of A. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Information society, post-industrial society, theory of civilizations, Oʻzbekiston tajribasi, человеческий капитал, digital transformation, экономика знаний, технологический прогресс, innovative development, Uzbek experience, technological progress, axborot texnologiyalari, madaniy barqarorlik, ma’naviy qadriyatlar, Keywords: Information society, Toynbee's philosophy, sivilizatsiyalar nazariyasi, raqamli transformatsiya, Toynbi falsafasi, цифровая трансформация, узбекский опыт, mexnologik taraqqiyot, теория Таффлера., bilim iqtisodiyoti, postindustrial jamiyat, Taffler nazariyasi., философия Тойнби, культурная устойчивость, inson kapitali, духовные ценности, aqliy mehnat, innovatsion rivojlanish, инновационное развитие, Kalit soʻzlar: Axborotlashgan jamiyat, интеллектуальный труд, информационные технологии, spiritual values, intellectual labor, information technologies, Taffler's theory., Ключевые слова: Информационное общество, cultural stability, теория цивилизаций, human capital, knowledge economy, постиндустриальное общество
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники