Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHET TILINI O'RGANISHDA METODLARNING O'RNI
Egamberdiyeva Dilorom Xursanmurodovna
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Tizimli ta’limning tamal toshi bo‘lgan metod lug‘atda “maqsadga erishish uchun qo‘llanilgan yo‘l, usul, tizim, tartib, siyosat” va “bir maqsadni amalga oshirish uchun reja asosida olib boriladigan, fanda ma'lum bir natijaga erishish" degan ma`nolarni anglatadi. Metodologiya yangi fan bo'lsa-da, uning rivojlanish jarayoni jadal rivojlanib borayotganini ko'rishimiz mumkin. Maqolada uslubiy kontseptsiya evolyutsiyasida barcha chet tillarini o'qitish usuli yoki ma'lum b4ir chet tilini o'qitish usulini hisobga oladigan tendentsiyalar haqida fikr bildiriladi. Kalit so'zlar. Kontsepsiya, chet tili metodikasi, evolyutsiya, metodologiya, pedagogika, ta'lim olish, individual uslub. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash hozirgi kunda juda muhim. Zero, o‘qituvchi o‘z fanini nazariy va amaliy jihatdan puxta o‘zlashtirgandagina yuqori saviyali professional o‘qituvchi bo‘la oladi. “Chet tillarni o‘qitish metodikasi” kursida bo‘lajak o‘qituvchi ushbu fanni o‘qitish metodini o‘rganishi mumkin. Uslubiy tamoyilga ko‘ra, maktablarda chet tili darslari tartibsiz va tasodifiy bo‘lmagan holda tizimlashtirilib, oddiydan murakkabgacha o‘tiladi. O‘qituvchi chet tili darsini o‘qitish metodidan to‘g‘ri foydalanish orqaligina darsni to‘g‘ri tashkil qilishi mumkin. “Chet tilini o‘qitish metodikasi” maktablarda o‘tiladigan chet tili darslarining ta’lim me’yorlarini, o‘quvchilarga darsda va darsdan tashqari materiallarni qanday o‘tkazishni belgilab beradi, chet tilidan dars beradigan bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy jihatdan tayyorlaydi. Chet tili maktablarda tegishli darajada o‘qitilishi va bugungi jamiyat talablariga javob berishi uchun bo‘lajak o‘qituvchi “Chet tillarni o‘qitish metodikasi” fanining nazariy kursini juda yaxshi o‘zlashtirishi zarur.Shuningdek, talaba o‘z bilimidan pedagogik amaliyot jarayonida, diplom yoki kurs ishlarini bajarishda, maktab hayotida https://scientific-jl.org/obr 4 3 0 Выпуск журнала №-70 Часть–5_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 yuzaga keladigan turli qiyinchiliklarni yengib o‘tishda foydalana olishi zarur. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda “Chet tillarni o‘qitish metodikasi” nazariy kursi asosiy o‘rinni egallaydi. Har bir fanning o‘z maqsadi bo‘lganidek, “Chet tillarni o‘qitish metodikasi” kursining ham bir qancha maqsadlari bor. Ular quyidagilar: 1. Maktabda chet tilini o‘qitishning asosiy xususiyatlarini ochib berish va o‘quvchilarni nazariy bilimlarini amaliyotda duch keladigan muammolarni hal qilishda qo‘llashga o‘rgatish 2. Talabalarni mamlakatimizda va xorijda xorijiy tillarni o‘qitishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish; 3. Metodikani fan sifatida ko’rib, uning qismlarini o’rgatish. Shuningdek, chet tilini o‘qitish jarayonida talabalarni ijodiy mehnat qilishga yo‘naltirish; 4. Talabalarni ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalari va pedagogik ishlari bilan tanishtirish va amaliyot davomida o‘sha tajribalardan foydalanishni o‘rgatish; 5. Seminar va amaliy mashg‘ulotlarda maktab ishida va chet tilidan dars berishda o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan malakalarni talabalarga o‘rgatish; 6. Bo‘lajak o‘qituvchini ilmiy uslubiy adabiyotlarni o‘qishga, ular bilan hamqadam bo‘lishga o‘rgatish. Ularning kasbiy saviyasini, bilimini oshirish uchun tinmay mehnat qilishga tarbiyalash; Bu muammolarni hal etish bilan birga, hozirgi talablar asosida chet tillarini o‘rgatuvchi yuqori saviyali o‘qituvchilarni tayyorlashimiz mumkin. "Metodologiya" so'zi asosan uchta ma'noga ega: 1. Oliy va o’rta maktablarda nazariy kurs yoki o’quv fani sifatida qaraladi. 2. O`quv jarayonida turli usullar va rivojlanish yo`llari majmui. 3. Pedagogika fanining bir sohasi sifatida qaraladi. Shuning uchun ham barcha fanlar kabi u ham nazariy eksperimental bazaga, ilmiy farazlarga va tadqiqot ob’ektiga ega. Agar metodni “ta’lim nazariyasi” deb hisoblasak, uning ta’lim jarayonidagi tarkibiy qismlarini birgalikda ko’rib chiqish kerak.“Chet tillarni o‘qitish metodikasi” kursi o‘qitish jarayonida uchta asosiy komponentdan iborat. Komponent - o'qituvchi https://scientific-jl.org/obr 4 3 1 Выпуск журнала №-70 Часть–5_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 va talaba o'rtasidagi o'quv jarayonida maqsadni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar majmui bo’lib, o'quv jarayonining uchta asosiy komponenti bor. Ular quidagilar: 1. O`qituvchining faoliyati. 2. Ta’lim olish shartlari. 3. Talabalarning faolligi. O`qituvchi faoliyati o’z navbatida o`qituvchining shaxsiyati, o`quvchilarga munosabati, psixologik holatini o`z ichiga oladi. Ta'lim muhiti haqiqiy ta'lim sharoitlarini o'z ichiga oladi. Bunga o'qitishning uslubiy ishlari, o'qitish vositalari kiradi. Talaba faoliyati o‘quvchining shaxsiyati, uning o‘qish qobiliyati va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu uchta komponent birlashtirilishi va bir-birini to'ldirishi kerak. Qachonki, bu yagona yoki birlashtirilgan faoliyat bo'lsa chet tilini o‘rgatish jarayoni shunchalik samarali bo‘ladi. Shuning uchun bo'lajak o'qituvchi bu uch kompo
Доказательный фрагмент
«Tizimli ta’limning tamal toshi bo‘lgan metod lug‘atda “maqsadga erishish uchun qo‘llanilgan yo‘l, usul, tizim, tartib, siyosat” va “bir maqsadni amalga oshirish uchun reja asosida olib boriladigan, fanda ma'lum bir na…»
Образец извлечения
Демо-превьюTizimli ta’limning tamal toshi bo‘lgan metod lug‘atda “maqsadga erishish uchun qo‘llanilgan yo‘l, usul, tizim, tartib, siyosat” va “bir maqsadni amalga oshirish uchun reja asosida olib boriladigan, fanda ma'lum bir na… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kontsepsiya, chet tili metodikasi, evolyutsiya, metodologiya, individual uslub., ta'lim olish, Kalit so'zlar. Kontsepsiya, pedagogika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024