Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI AMALIY AHAMIYATI VA XORIJIY TAJRIBA
Rahmonaliyeva Muhabbat Abdumalik qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
The digital economy is a set of economic activities based on digital technologies, the Internet and data. The advantages of the digital economy include increasing economic efficiency, creating new jobs, providing convenience for consumers and facilitating access to global markets. The problems and difficulties that arise in the process of digital transformation are also discussed. Key words: digital economy, advantages, practical significance, foreign experience, digital technologies, e-commerce, fintech, digital services, innovative technologies, economic efficiency. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida paydo bo’ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turdi. Ulardan foydalanish samaradorligi ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tobora kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi”.Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o’rni bilan tavsiflanadi. Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog’liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig’indisidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun’iy intellekt, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 178 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo’shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D- texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko’prog’ida beqiyos o’zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko’payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o’rtacha 0,4- 1,4 foizga oshirish imkonini beradi. Shuningdek raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo’lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko’chirish deganidir. Bu tizimning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: • yuqori darajada avtomatlashtirilganlik; • elektron hujjat almashinuvi; • buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi; • ma’lumotlar elektron bazalari; • CRM (mijozlar bilan o’zaro munosabat tizimi) mavjudligi; • korporativ tarmoqlar. Qulayliklari esa: 1. To’lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo’lkira va boshqa resurslar tejaladi). 2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko’proq va tezroq ma’lumot olinadi. 3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta. 4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi. 5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq. Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 179 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o’sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”, “internet”, “veb-sayt” kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona interaktiv xizmatlar portali orqali 178 ta xizmat yo’lga qo’yildi hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma,
Доказательный фрагмент
«The digital economy is a set of economic activities based on digital technologies, the Internet and data.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe digital economy is a set of economic activities based on digital technologies, the Internet and data. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital economy, advantages, practical significance, foreign, elektron tijorat, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, xorijiy tajriba, fintech, raqamli xizmatlar, iqtisodiy samaradorlik., amaliy ahamiyat, afzalliklar, innovatsion texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014