Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOMILADORLIKDA OGʻIZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARI: KLINIK TADQIQOT, STATISTIK TAHLIL VA DAVOLASH YONDASHUVLARI
DAVOLASH YONDASHUVLARI · Mo’minova O’.Sh · БЕРЕМЕННОСТИ: КЛИНИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ · Муминова У.Ш.
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2008
Аннотация
During pregnancy, hormonal, immunological, and metabolic changes occur in a woman’s body, which directly affect the tissues of the oral cavity. In particular, the mucous membrane becomes more sensitive, leading to a significant increase in inflammatory and infectious conditions such as stomatitis, gingivitis, and candidiasis. According to data, more than 60% of pregnant women experience oral health problems (Silk et al., 2008; Han et al., 2022). This study examines the clinical characteristics and etiology of oral mucosal diseases during various trimesters of pregnancy and their impact on pregnancy outcomes through statistical and laboratory investigations. Based on the findings, scientifically grounded approaches to diagnosis and treatment are proposed. Keywords: pregnancy, oral cavity, gingivitis. Homiladorlik — ayol hayotidagi fiziologik, ammo kompleks o‘zgarishlar davri bo‘lib, bu davrda organizmda yuzaga keladigan gormonal siljishlar butun tana tizimlariga, xususan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati holatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Progesteron va estrogen gormonlarining sezilarli darajada oshishi tufayli qon tomirlar kengayadi, shilliq qavatda shish va giperemiyaga olib keladi, bu esa https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 182 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 yallig‘lanishli reaksiyalar rivojlanishiga zamin yaratadi (Lopez et al., 2002; Gürsoy et al., 2013).Ayrim manbalarga ko‘ra, homiladorlik davrida gingivit 60–75% hollarda uchraydi (George et al., 2020). Bu holat “homiladorlik gingiviti” deb atalib, ko‘pincha ikkinchi va uchinchi trimestrda rivojlanadi. Og‘iz kandidozi esa immunitet pasaygan holatlarda, antibiotik yoki gormonal terapiya fonida rivojlanadi. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi disbakterioz holatlarni kuchaytiradi (Samaranayake, 2011). Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining homiladorlik asoratlariga (erta tug‘ruq, amniotik infektsiyalar, toksemiya) olib kelishi haqidagi dalillar ham mavjud (Offenbacher et al., 2006; Xie et al., 2021). Shunga ko‘ra, stomatologik sog‘liqni saqlashni ginekologik kuzatuvning ajralmas qismi sifatida ko‘rish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Aynan ushbu omillarni hisobga olgan holda, homilador ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining tarqalishi, klinik ko‘rinishlari va profilaktika-davolash yondashuvlarini o‘rganish ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot materiali va usullari: Tadqiqot 2023–2024 yillar davomida Toshkent shahridagi “Ona va bola” xususiy klinikasida olib borilgan. Umumiy 90 nafar homilador ayol (I–III trimestr) quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganildi:1) Klinik stomatologik tekshiruv. 2) Mikroskopik, bakteriologik va PZR tahlillar. 3) Og‘iz gigiyenasi indeksi (OHI-S). 4) Anketalar orqali anamnez yig‘ildi.Homilador ayollar 3 guruhga bo’lindi: I trimestr (n=30); II-trimestr (n=30) va III-trimestr (n=30 ) homilador ayollar. Tadqiqot natijalari: Kasalliklarning uchrash chastotasi va klinik taqsimoti Ogʻiz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari quyidagi ko‘rinishlarda aniqlangan: Kasallik turi Umumiy I II III uchrash (%) trimestr (%) trimestr (%) trimestr (%) Kataral 34 12 13 9 stomatit (37.8%) (40%) (43.3%) (30%) Og‘iz 25 11 9 5 kandidozi (27.8%) (36.6%) (30%) (16.6%) https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 183 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Homiladorlik 20 3 7 10 gingiviti (22.2%) (10%) (23.3%) (33.3%) Gerpetik 11 4 3 4 stomatit (12.2%) (13.3%) (10%) (13.3%) I trimestrda kandidiaz ko‘rinishlari eng yuqori (36.6%) bo‘lib, bu davrdagi immunitetning fiziologik susayishi (progesteron va kortizol ta’sirida) bilan bog‘liqdir. Samaranayake (2011) ta’kidlaganidek, Candida albicans odatda oportunistik patogen sifatida immunitet pasaygan holatlarda faollashadi. II va III trimestrda esa gingivit chastotasi oshgani kuzatildi (III trimestrda 33.3%), bu esa gormonal yuklama va qon aylanishining ortishi bilan tushuntiriladi. Gürsoy et al. (2013) bu bosqichda qon tomirlar sezuvchanligining ortishini va shilliq qavatning mikrojarohatlanishini gingivit rivojlanishida asosiy omil deb hisoblaydi. Gerpetik stomatit har uch trimestrda deyarli bir xil foizda uchragan bo‘lib, bu virusning latent shakldan faollashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (Lopez et al., 2002). Gigiyena holati (OHI-S indeksi bo‘yicha): Gigiyena bahosi Bemorlar soni (%) Yaxshi 14 (0.1–1.2) (15.5%) Qoniqarli 39 (1.3–3.0) (43.3%) Qoniqarsiz 37 (>3.0) (41.1%) 37 nafar bemorda (41.1%) yomon gigiyena indeksi aniqlanib, ularning 78% holatida stomatit yoki gingivit qayd etilgan. Bu natijalar Silk et al. (2008) ma’lumotlariga mos keladi, ular og‘iz gigiyenasining homiladorlikdagi parodontal kasalliklar rivojiga bevosita ta’sirini ko‘rsatgan. 3. Mikrobiologik va laborator natijalar: Candida albicans 25 bemorda aniqlanib, bu ogʻiz kandidiazi tashxisining 100% holatlarida laborator asosga ega https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 184 Часть–5_
Доказательный фрагмент
«During pregnancy, hormonal, immunological, and metabolic changes occur in a woman’s body, which directly affect the tissues of the oral cavity.»
Образец извлечения
Демо-превьюDuring pregnancy, hormonal, immunological, and metabolic changes occur in a woman’s body, which directly affect the tissues of the oral cavity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pregnancy, oral cavity, gingivitis, gingivit, og’iz bo’shlig’i, homiladorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024