Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATEMATIKA FANIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA METODLARNI QO‘LLASH
METODLARNI QO‘LLASH · Nematova Gullola
Образование наука и инновационные идеи в мире · 3 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada matematika fanini o’qitish uchun zamonaviy texnologiyalar va metodlarni qo’llash tavsiya qilingan. Dars jarayonini olib borishda ma’lum ketma- ketlikni tashkil etish orqali muammolarga yechim topish mumkinligi aytib o’tilgan. Kalit so’zlar: axborot, kompyuterlashtirish, muammoli metod, qidiruv usullari, reproduktiv usullar, maxsus o'qitish usullari. Ta’limga e’tibor kelajakka e’tibordir. Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila, hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim. Axborot – so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib «tushuntirish, tanishtirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi. Ko’p hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi so’zi ham ishlatiladi. Axborot texnologiyalari – axborotni yig’ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig’indisidan iborat. O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv tarbiya jarayonga https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 235 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi. Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Matematika ta’limi jarayonlarini kompyuterlashtirish, eksperimental matematikada maxsus dasturiy paketlardan foydalanish(Matlab, Mathcad, Maple), matematikani o’qitishning axborotlashtirilgan muhiti, matematika ta’limida kognitiv vositalarning o’rni, zamonaviy elektron o’quv adabiyotlariga qo’yilgan talablar va ulardan ta’lim jarayonlarida foydalanish shart-sharoitlari, maqsad va vazifalari olimlar tomonidan tadqiq etilgan. O’qitish texnologiyasida quyidagi dasturlar bo’lishi mumkin: chiziqli dastur; tarmoqlangan dastur; adaptiv dastur; umumlashtirilgan dastur; dastur- algoritm; modulli o’qitish dasturi; bilimlarni to’liq o’zlashtirish dasturi. Chiziqli dastur nazorat topshiriqlari bo’lgan o’quv axborotining ketma-ket o’rin almashinuvchi uncha katta bo’lmagan bloklaridan iborat. Chiziqli dasturda o’quvchi axborotning ushbu qadami (bloki) ga javob to’g’ri bo’lganda keyingi qadamga (blokka) o’tadi, javob noto’g’ri bo’lganda esa, shu qadamning o’ziga qaytadi, ya’ni boshlang’ich axborotni qaytadan o’rganishi kerak. Tarmoqlangan dasturda javob noto’g’ri bo’lganda https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 236 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 o’quvchiga nazorat topshirig’ini bajarishi, to’g’ri javob berishi va o’quv axborotining navbatdagi qadamiga (blokiga) o’tishiga imkon beruvchi qo’shimcha o’quv axboroti beriladi. Adaptiv dastur o’quvchiga yangi o’quv materialining murakkablik darajasini o’zi tanlashiga, uni o’zlashtirgan sari o’zgartirishga, ma’lumotnoma adabiyotlar, lug’atlar, qo’llanmalar va h.k. ga murojaat qilishga imkon beradi. Umumlashtirilgan dastur chiziqli, tarmoqlangan va adaptiv dasturlarning parchalari (fragmentlari) ni o’z ichiga oladi. Dastur-algoritm aqliy (nazariy) va amaliy operatsiyalarning ketma- ketlik tartibini aniqlaydi. U, ham mustaqil o’qitish dastursi, .ham boshqa o’qitish dastursining qismi bo’lishi mumkin. Algoritm deganda ko’rsatilgan maqsadga erishish yoki qo’yilgan masalani echishga qaratilgan amallar ketma-ketligini bajarish borasida ijrochiga tushunarli va aniq ko’rsatmalar berish nazarda tutiladi. Matematik tadqiqotning asosiy usullari: kuzatish va tajriba; solishtirish; tahlil va sintez; umumlashtirish va ixtisoslashtirish; abstraksiya va spetsifikatsiya. Matematika o`qitishning zamonaviy usullari: muammoli (perspektivli) metod; laboratoriya usuli; dasturlashtirilgan ta'lim usuli; evristik usul; matematik modellarni qurish usuli, aksiomatik usul va boshqalar. Axborotni rivojlantiruvchi o'qitish usullari ikki sinfga bo'linadi: a) ma'lumotlarni tayyor shaklda uzatish (ma'ruza, tushuntirish, o'quv filmlari va videofilmlarini namoyish qilish, magnitafonli yozuvlarni tinglash va boshqalar); b) bilimlarni mustaqil egallash (kitob bilan mustaqil ishlash, o'quv dasturi bilan mustaqil ishlash, axborot ma'lumotlar bazalari bilan mustaqil ishlash - axborot https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 237 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 texnologiyalaridan foydalanish). Muammoli qidiruv usullariga quyidagilar kiradi: o'quv materialining muammoli taqdimoti (evristik suhbat), o'quv muhokamasi, laboratoriya-qidiruv ishlari (materialni o'rganishdan oldin), kichik guruhlarda ishlashda jamoaviy aqliy faoliyatni tashkil etish, tashkiliy va faol o'yin; tadqiqot ishi. Reproduktiv usu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada matematika fanini o’qitish uchun zamonaviy texnologiyalar va metodlarni qo’llash tavsiya qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada matematika fanini o’qitish uchun zamonaviy texnologiyalar va metodlarni qo’llash tavsiya qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot, maxsus o'qitish usullari., qidiruv usullari, kompyuterlashtirish, muammoli metod, reproduktiv usullar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025