К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA TILI DARSLIKLARIDA IJODIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR: 5–11-SINFLAR MISOLIDA TAHLIL

Yo‘ldoshboyevaXumoraxon Sherzod qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Maqolada o‘rta maktabning 5–11-sinflari uchun mo‘ljallangan “Ona tili” darsliklaridagi ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi topshiriqlar tahlil qilinadi. Turli sinflar misolida (5-, 7-, 11-sinflar) darsliklardan keltirilgan vazifalar namoyish qilinib, ularning metodik asoslari va didaktik vazifalari ochib beriladi. Topshiriqlarning tilni o‘rgatishdagi samaradorligi, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli ilmiy jihatdan izohlanadi. Tadqiqotda interfaol usullar va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim kabi zamonaviy metodik yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatilib, o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: ona tili darsliklari, interfaol metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv. Annotation.This article analyzes tasks designed to develop creative thinking in Uzbek language (“Mother Tongue”) textbooks for secondary school (grades 5–11). Using examples from different grades (5th, 7th, 11th), it explores the methodological bases and didactic objectives of these tasks and evaluates their effectiveness in language teaching. The role of such tasks in forming students’ independent thinking, problem-solving skills, and creative manipulation of language is theoretically discussed. The study highlights modern methodological approaches, such as interactive methods and learner-centered education, and provides practical recommendations for teachers. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 242 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Keywords. Creative thinking, independent thinking, Uzbek language textbooks, interactive methods, learner-centered education, competency-based approach. Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Yangi O‘zbekiston ta’lim strategiyasida o‘quvchilarning savodxonlik darajasini oshirish va erkin fikrlashga o‘rgatishga katta e’tibor qaratilgan . Xususan, ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga ega . Chunki til fani shaxsning bilimidan tashqari uning ijodiy jihatlarini ham rivojlantiradi. Maqolada ona tili darsliklaridagi ijodiy ishchi topshiriqlar o‘rganilib, ularning didaktik vazifalari va tilni o‘rgatish samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ijodiy fikrlash tushunchasi va til o‘rgatishdagi ahamiyati Ijodiy fikrlash – o‘quvchining o‘z bilim va tajribasiga tayanib mustaqil mulohaza yuritishi, yangicha yechim topishi, original g‘oyalar ishlab chiqishi bilan bog‘liq ko‘nikmalardir. Ta’lim oluvchi ijodiy fikrlash orqali o‘ziga xos nuqtai nazarini ifodalaydi va “o‘zining menini namoyish qilish vositasi” bo‘lib xizmat qiladi . Tilingar asoslarini o‘rgatuvchi darsliklarda bu ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan, Qurbonova (2023) ta’kidlaydiki, ona tili darslarining ijodiy fikrlashni shakllantirishdagi roli juda muhim . Ijodiy fikrlash natijasida o‘quvchilar o‘zaro farqni tahlil qilish, yangilik izlash, muqoyasa qilish kabi yuqori darajadagi kognitiv faoliyatlarni amalga oshiradi. Shunday qilib, til ta’limida ijodiy mashqlar yangi mavzuni mustahkamlashda ham, mustaqil ish va yozma jihatda o‘rganuvchilarning tafakkur doirasini kengaytirishda ham xizmat qiladi. Darsliklardagi topshiriqlar tahlili (5–11-sinflar misolida) Quyida turli sinflar uchun mo‘ljallangan “Ona tili” darsliklaridagi ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlarga misollar keltiriladi. Har bir topshiriqning ta’limiy-didaktik vazifasi va til ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rniga e’tibor qaratiladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 243 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 5-sinf “Til va dil” mavzusi bo‘yicha topshiriq. 5-sinf darsligida berilgan «Harflar zanjiridagi so’zlarni toping » topshirig‘i o‘quvchilardan mazmunli kichik gaplar yozishni talab qiladi . Bu topshiriq mavzuni tushunishga, o‘quvchilarning og‘zaki fikrini yozma ravishda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu orqali grammatika asoslari (so‘z qurilishi, lug‘at boyligi) mustahkamlanadi, o‘quvchi esa mustaqil tahlil va fikr yuritish malakasini oshiradi. 7-sinf “Oila va erkin vaqt” mavzusi bo‘yicha hikoya. 7-sinf darsligidan misol: «133-mashq. “Bo‘sh vaqtlarimda” mavzusida hikoya yozing» . Bu topshiriqga ko‘ra, o‘quvchi o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazish usullari haqida hikoya tuzadi. U o‘zi uchun muhim bo‘lgan voqealarni tafsilotlab bayon qilib, aniq gap va matn tuzish ko‘nikmasini mustahkamlaydi. Unda qo‘llaniladigan so‘z birikmalari, tinish belgilariga e’tibor harf yozish madaniyati va til didaktikasini chuqurlashtiradi. 7-sinf “Zamonamiz qahramonlari” mavzusi bo‘yicha hikoya. Yana bir misol: « Uyga vazifa. “Tarixdagi qahramonlar” mavzusida matn tuzing» . Bu topshiriqda o‘quvchilar: qahramonning ismi, uning tarixdagi o’rni uning fazilatlari haqida hikoya tuzadilar. Tuzgan matn orqali tarixiy qahramonlar haqida ma’lumotga ega bo’ladila

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘rta maktabning 5–11-sinflari uchun mo‘ljallangan “Ona tili” darsliklaridagi ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi topshiriqlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘rta maktabning 5–11-sinflari uchun mo‘ljallangan “Ona tili” darsliklaridagi ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi topshiriqlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Creative thinking, independent thinking, Uzbek language textbooks, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv., interfaol metodlar, ona tili darsliklari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти