Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARAB ADABIYOTIDA BALOG’AT ILMINING SHAKLLANISHI VA TADRIJIY RIVOJI
TADRIJIY RIVOJI · Xursanmurodov Tolibboy Shukrullo o’g’li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В статье впервые рассматривается становление литературной критики как дисциплины и ученые, писавшие труды по этой теме. Подчеркивается, что знание является главным инструментом в понимании тонкостей Корана и хадисов. Ключевые слова: Красноречие, искусство, утверждение, смысл, искусство, метафора, сравнение, грамматика. Arab tili dunyodagi tillar ichida ko‘p o‘rganilgan va hanuz o‘rganilayotgan tildir. Lug‘at boyligi, bir lug‘atning bir necha uslubda ishlatish imkoniyatlari ko‘pligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, shevalari ko‘p tillardan hisoblanadi. Bu til Qur’oni karim tili bo‘lgani uchun ham uni o‘rganish yo‘llari ilgarigi zamonlardanoq ishlab chiqilgan. Arab tilini o‘rganish uchun ham boshqa tillarni bilib olish uchun kerak bo‘ladigan fonetika-grammatika, ya’ni arablar istelohidaga sarf va nahv ilmi mukammal o‘rganiladi. Arab tilida mukammal gaplashish va uni yaxshi tushunish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 298 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 uchun, albatta, “balog‘at fani” deb nomlanuvchi arab adabiyoti badiiyatshunosligi qoidalarini yaxshi bilish kerak. Mazkur qoidalar arab tili ruhini to‘la ochib bergani uchun ularni bilish Qur’oni karim, hadisi shariflar, shariat kitoblari hamda buyuk arab shoirlarining ijodlari mahsulidan bahramand bo‘lish va tug‘ri idrok etish imkonini beradi. Shuning uchun ham arab adabiyoti badiiyatshunosligi fanining arab tilini o‘rganish, lug‘at unsurlarini mukammal tushunish, she’riyat, adabiyot, badiiy janrlar va arab tili go‘zalligini ochib berishda ahamiyati yuksakdir. Tilshunos olimlar badiiyatshunoslik ilmini ta’riflab, u haqda shunday deganlar: 1« لاحلا تايضتقمل ملاكلا ةقباطم تغلابلا » «Balog‘at2 – kalomning holat taqozosiga muvofiq kelmog‘idir». Asarlardagi ma’lumotlar turli xil bo‘lsada umumiy ma’no bir-biriga yaqin, lug‘atda esa balog‘at so‘zi "لوصولا" va " ةياهنلا" - “(bir narsaga) yetish, oxiriga yetish” 3 ma’nolarini anglatadi. Tilshunoslikda esa nutqdan ko‘zlangan yetuk darajadagi ma’noni to‘g‘ri fasohat bilan yetkazishga aytiladi. Unda har bir gap munosib o‘rinda keladi va eshitgan ko‘ngillarga yaxshi ta’sir etadi. Arab adabiyoti badiiyatshunosligi ilmining til sirlarini ochishda betakror o‘rni va uslublari bor. Til xazinalarini kashf etish, ya’ni ochib berishda, nozik, nafis va daqiq jihatlarini o‘rganishda u beqiyosdir. Bu ilm aqllarni lol qoldiradigan so‘z o‘yinlari, bir kalimani turli ma’nolarda nuqsonsiz ishlatish malakalarini rivojlantiradi. Inson ko‘nglidagi maqsadini chuqurroq va kengroq, so‘z bezaklari, tushunmovchiliklardan xoli qilib ifodalash tajribasini kamolga yetkazadi. Zero, shu nozik jihatlari bilan arab tili boshqa tillarda uchramaydigan ma’nolarni ifodalashda o‘ziga xoslik, go‘zallik, betakrorlik va ulug‘likka egadir. Arab badiiyatshunosligi fani qachon yuzaga kelganligi haqida turli fikrlar bor. Dastlab, bu ilm alohida fan sifatida o‘rganilmagan. Johiliya davrida, ya’ni arablarga 188 .ص – .1983 ،بتكلا راد :توريب – .مولعلا حاتفم .يكاكسلا دمحم ركب يبا نب فسوي بوقعي وبا 1 2 Arab tilida badiiyatshunoslik fani “balog‘at fani” deb nomlanadi. Bu fan ritorika, aruz va shunga o‘xshash badiiyatshunoslikning barcha bo‘limarini o‘z ichiga oladi. 3 “Ан-Наъйм ул-Кабир” арабча-ўзбекча луғат. – Наманган: “НАМАНГАН” нашриёти, 2014. – Б.11. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 299 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 islom kelishidan avval ham ular orasida badiiyatshunoslik ilmi bor edi. Lekin, alohida fan sifatida o‘rganilmas, balki, she’rayat va so‘zlashuv munozaralarida keng foydalanilgan va qo‘llab kelingan. Arablarga islom kelishidan avval bu ilm shu darajada takomillashib ketganki, turli yig‘inlarda qabilalar o‘rtasida sheriyat borasida musoboqalar o‘tkazilgan va bir qabilaning boshqasidan ustunligi she’riy munozara va muborazalar orqali aniqlangan. Badiiyatshunoslik ilmlarida hijratning II asridan boshlab kitoblar bitila boshlangan. Ushbu ilmlardan birinchi bo‘lib bayon ilmida kitob yozilgan deyish mumkin. 206 hijriy sanada vafot qilgan Abu Ubayda Ma'mar ibn Musanna at- Taymiy4 bo‘lib, uning “Majozul Qur'on” kitobini bayon ilmida yozilgan birinchi va alohida ilm sifatida shakllanishiga tamal toshini qo‘ygan asar deyish mumkin. Abu Ubayda Yunus ibn Habibning shogirdi bo‘lib, Sibavayhning ustozidir. Balog‘at ilmlariga tegishli asarlar va ularning mualliflari maoniy ilmida birinchi qalam tebratgan olimning nomi ma’lum emas. Ba’zi risola va asarlarida Ja’far ibn Yahyo, Sahl ibn Horun kabi bir qancha olimlar maoniy ilmi haqida so‘z yuritganlar. Maoniy ilmida birinchi bo‘lib alohida kitob yozib, uni mustaqil fan sifatida o‘rgangan kishi Amr ibn Bahr Johizdir. Uning “Al-bayon vat-tabyin” hamda “Ijozul Qur’on” (Qur’on mo‘jizalari) nomli kitoblari o‘z vaqtida mashhur va mo‘tabar bo‘lgan. Undan keyin bu ilmda Abu Abbos Mubarrad va Qudoma ibn Ja’far Kotib va boshqalar asarlar bitganlar. U ilm sifatida to‘g‘ri va o‘rinli so‘zlash usullari va qoidalari
Доказательный фрагмент
«В статье впервые рассматривается становление литературной критики как дисциплины и ученые, писавшие труды по этой теме.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье впервые рассматривается становление литературной критики как дисциплины и ученые, писавшие труды по этой теме. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Eloquence, art, statement, meaning, art, metaphor, simile, ma’oniy, badiiyat, isti’ora, grammatika., majoz, bayon, Balog’at, bade’
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014