К содержанию
РецензированоUZ2025

BIOLOGIYA DARSLARIDA ILG’OR TA’LIM METODLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

SAMARALI FOYDALANISH · Turayeva Lobar Axatovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o’zgarishlar biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, ta’lim va tarbiyaning uzviyligi sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko’rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning metodologik prinsipi, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, samaradorlik, tushunarlilik, individual va guruhli yondashishni uyg’unlashtirish, zarurligini ko’rsatdi. Kalitso’zlar: suhbat metodi, hikoya metodi, ma’ruza metodi, ko‘rgazmali metodlar Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o’quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi o’qitish vositalarini to‘g‘ri tanlash va o‘z o‘rnida samarali foydalanishni talab etadi. Biologiya darslarida o’rganilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda ularni yoritish imkonini beradigan tabiiy, tasviriy ko’rgazmalar, ekran vositalari, o‘quv jihozlari, multimedialar, electron versiyalar va qo’llanmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Darsning mazmuni va foydalaniladigan ko’rgazmali vositalar muayyan o’qitish metodlarini talab etadi. O’qituvchi o’qitish metodlarining turlarini, ularga mansub uslublarni, foydalanish yo‘llarini yaxshi bilishi lozim. Dhuni hisobga olgan holda quyida o’qitish metodlarining guruhlari haqida fikr yuritiladi. Og‘zaki bayon metodlari guruhi o‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza metodlarini oladi. Quyida shu metodlarning tarkibiga kiruvchi metodik uslublar keltiriladi: https://scientific-jl.org/obr 3 1 8 Выпуск журнала №-70 Часть–5_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Suhbat metodi: suhbat savollarini ketma-ketlikda qo‘yish, yordamchi va qo‘shimcha savollarni o‘z vaqtida berish, o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quvchilar javobidagi xatolarni to‘g‘rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib toptirish uslubi hikoya metodi o‘quv materialini jonli, obyektlarga xos xususiyatlarni bayon qilish, axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va ifodaliligi uslubi. Ma’ruza metodi: o‘quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilish, muammolarni qo‘yish, obyektlarni aniqlash, taqqoslash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish uslubi. Ko‘rgazmali metodlar guruhiga tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy ko‘rgazma, ekran vositalari, AKTning ko‘rgazmali dasturlari, multimedialarni namoyish qilish metodlari kirib, muayyan holda quyidagi ko‘rgazmali vositalarni namoyish qilish, illyustratsiya, demonstratsiya, o‘quv kinofilmlari, videofilmlar, AKTning ta’limiy, modellashtirilgan dasturlari, electron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish, ko‘rgazmaning did va estetik talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritishi, ketma-ketlikda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish uslublaridan tashkil topadi. Amaliy metodlar guruhiga kuzatish, tajribani tashkil etish va o‘tkazish, amaliy ishni bajarish metodlari kirib, ular mos holda, obyektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va tajribalar o‘tkazish, o‘quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo‘ladi. Muammoli izlanish metodlari: muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish va tajribalar o‘tkazish, muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan o’quv farazlarini hosil qilish, o‘quv farazlarini isbotlash, obyektlarni taqqoslash, mantiqiy mulohaza yuritish, o‘quv- tadqiqot tajribalarini o‘tkazish, o‘quv xulosalari va umumlash malarini ta’riflash uslublarini o‘z ichiga oladi. o‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi induktiv, deduktiv, tahlil, bosh g‘oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlaridan iborat bo‘lib: https://scientific-jl.org/obr 3 1 9 Выпуск журнала №-70 Часть–5_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 a) Induktiv metod — xususiy faktlarni muammoli bayon qilish, o‘quvchilar faoliyatini xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirish, muammoli topshiriqlami berish uslubi; b) Deduktiv metod— umumiy qonunlarni bayon qilish, o‘quvchilarning faoliyatini umumiydan xususiy xulosa chiqarishga yo‘naltirish uslubi; d) Tahlil metodi— axborotni anglab idrok etish, o‘rganilgan obyektlarning o‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, o‘rganilgan obyektlarni tarkibiy qismlarga ajratish, ular o‘rtasidagi boshlanishlarni aniqlash uslubi; e) bosh g’oyani ajratish metodi— o‘quv materialidagi asosiy g‘oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so‘zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarish uslubi; f) qiyoslash metodi— qiyosiy obyektlarni aniqlash, obyektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylash trish uslubi; g) umumla

Доказательный фрагмент

«Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o’zgarishlar biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, ta’lim va tarbiyaning uzviyligi sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko’rgazmalilik, onglilik, mustaqillik,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o’zgarishlar biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, ta’lim va tarbiyaning uzviyligi sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko’rgazmalilik, onglilik, mustaqillik,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalitso’zlar: suhbat metodi, ma’ruza metodi, hikoya metodi, ko‘rgazmali metodlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники