К содержанию
РецензированоUZ2025

"TA'LIM TIZIMIDA KREATIV YONDASHUV"

Zuhra Hakimjon qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada"Ta'lim tizimida kreativ yondashuv " Rus tilini yangi grammatik model orqali oson o'rgatish haqida mulohazalar yuritilgan va aniq takliflar berilgan . Bugungi kundan kunga rivojlanib borayotgan zamonamizga kelib , kreativlik nafaqat psixologlarning , balki pedagog xodimlarning ham diqqat - e'tiborini tortmoqda .Xo'sh, kreativlik nima o'zi? Qanday jarayonlarda kreativlik namoyon bo'ladi? Kreativlik- shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismi bo'lib , shaxsni o'z -o'zini rivojlantirish omili , shaxsiy jonbozlikning asosi, pedagog yoki shaxs o'zi ega bo'lgan bilimlarni ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishga , yangiliklar yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda , dars jarayonida yuzaga kelayotgan qator muammolarni yechishda , noan'anaviy tarzda yondashishda namoyon bo'ladi. Pedagog xodimlar o'rtasida kreativlik nima uchun kerak? Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, maktablarda(asosan , ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan ) tillarni o'rganish bilan yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni olib qaraydigan bo'lsak , o'qituvchi (pedagog) an'anaviy ta'lim tizimi bilan o'quvchilarga bilim berishdan to'xtamaydigan bo'lsa , o'quvchilar orasida ushbu fanga bo'lgan qiziqishlari kamayib borishi mumkin. Qachonki, pedagog bitta qolipga asoslangan dars mashg'ulotlarini o'tishni to'xtatib , o'z yo'nalishi bo'yicha o'quvchilarga yangiliklar , ixtirolar va yangi metodlar olib kirmas ekan , ta'lim tizimida o'zgarishlar bo'lmaydi . https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 62 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Albatta, bugungi kunga qadar tillar (asosan rus tili) ni o'rganish yoxud o'rgatish uchun ko'plab o'quv qo'llanmalar , audio kitoblar , video darslar va boshqa materiallar mavjud . Biroq, bu materiallarda rus tilini o'qitish hali ham an'anaviy tarzda qolmoqda , ya'ni qanday? O'quvchilar tilni an'anaviy grammatik qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda o'rganadilar . Bundan tashqari , ushbu materiallarning deyarli barchasida o'rganilayotgan va ona tillarning lingvomadaniy , lingvodidaktik va qiyosiy jihatlari hisobga olinmaydi . Xo'sh, bu borada kimlar bilan hamkorlikda ish olib borish kerak? Albatta, o'quvchi yoshlar bilan . Qanday qilib? degan savol yuzaga kelishi mumkin. Biz yaxshi bilamizki , hozirgi sharoitda yoshlarni hatto kichik matnlar o'qishga , boshqa tildagi ayrim so'zlarni o'rganishga majburlash qiyin. Shu sababli , mohir pedagog o'z sohasiga an'anaviylikdan qochgan holda zamonaviy metodologiya ona tili bo'lmagan tillarni , ya'ni rus tilini o'qitishda optimal va qisqa muddatli variantlar talab qilinadi . Muammoni yechim nimada? Rus tilini ona tili bo'lmagan til sifatida o'rgatishda birinchi navbatda nutqqa e'tibor berishi lozim. Nutqni o'rganishda ikkita narsani hisobga olish kerak deb o'ylayman. -har bir o'quvchiga individual nutq so'zlash uchun mashg'ulotlar o'tkazish; -dialogik yoki monologik nutqiy ko'nikmalarni shakllantirish; Pedagog o'quvchilarga o'zga tilda so'zlashishni o'rgatish uchun eng avvalo o'z ona tilini yaxshi bo'lishi va o'rgatayotgan til bilan solishtira bilishi kerak. Agar pedagog taqqoslashni o'rgatish jarayonida tanqidiy fikr yuritishni o'rgatsa o'quvchilar uchun ushbu tilni o'rganish osonroq bo'ladi . Pedagog o'z sohasiga kreativ yondashib , dars jarayonlarini osonroq , tushunarliroq bo'lishini ta'minlash uchun har bir darsga taqqoslash grammatik modelini ishlab chiqishi zarur . Bu qanday bo'ladi? Har bitta mavzu uchun o'rgatayotgan til va ona tili bilan solishtirilgan grammatik model tuzib https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 63 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 chiqiladi. Bu jarayonda o'quvchilarning fikrlash va eslab qolish qobiliyati ham ko'proq ishlaydi. Yuqoridagi taklif va mulohazalar o'z yo'nalishim bo'yicha yondashilgan fikrlar edi . Umuman olganda ta'lim va dars jarayonlariga kreativ yondashishlik , an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda , tafakkurning tezkorligi , yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati, shuningdek , shaxs xarakteriga xos jihatlar - bir qolipda fikrlamaslikda , o'ziga xoslikda , tashabbuskorlikda , zakovatli bo'lishda aks etadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 64 Часть–5_ июня–2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada"Ta'lim tizimida kreativ yondashuv " Rus tilini yangi grammatik model orqali oson o'rgatish haqida mulohazalar yuritilgan va aniq takliflar berilgan .»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada"Ta'lim tizimida kreativ yondashuv " Rus tilini yangi grammatik model orqali oson o'rgatish haqida mulohazalar yuritilgan va aniq takliflar berilgan . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kreativlik nafaqat psixologlarning, Bugungi kundan kunga rivojlanib borayotgan zamonamizga kelib
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники