Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI: XORIJIY TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI ASOSIDA TAHLIL
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY · SHERIKCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION · QONUNCHILIGI ASOSIDA TAHLIL · Eshmuradov Najmiddin G‘aybullo o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье проанализированы инновационные формы механизмов государственно-частного партнёрства (ГЧП) в обеспечении кибербезопасности. На основе опыта передовых стран, таких как США, Эстония, Сингапур и Израиль, предложена адаптированная модель для Узбекистана. Также рассмотрены существующие проблемы в законодательстве Узбекистана и пути их устранения. Ключевые слова: кибербезопасность, государственно-частное партнёрство, инновационные механизмы, законодательство Узбекистана, международный опыт, ГЧП, информационная безопасность Annotation. This article analyzes innovative forms of public-private partnership (PPP) mechanisms in ensuring cybersecurity. Based on the experiences of leading countries such as the USA, Estonia, Singapore, and Israel, a suitable model for Uzbekistan is proposed. The article also examines existing issues in Uzbekistan's legislation and suggests ways to address them. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 69 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Keywords: cybersecurity, public-private partnership, innovative mechanisms, Uzbekistan legislation, international experience, PPP, information security Kirish. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan bir davrda, kiberxavfsizlik masalasi davlatlar uchun strategik xavfsizlik muammosiga aylangan. Axborot texnologiyalarining tezkor rivojlanishi nafaqat yangi imkoniyatlarni yaratmoqda, balki kiberxavflarni ham kuchaytirmoqda. Hozirgi kunda davlat organlari, moliyaviy institutlar, sog‘liqni saqlash tizimi, energetika va boshqa muhim infratuzilmalar tobora ko‘proq raqamlashtirilmoqda, bu esa ularni kiberhujumlarga nisbatan zaif holatga keltirmoqda. Kiberxavfsizlik infratuzilmasini yaratish va mustahkamlash esa katta mablag‘ va yuqori malakali kadrlar talab qiladi. Aynan shu jihatdan davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) modeli zamonaviy muammolarga zamonaviy yechim sifatida qaralmoqda. DXSh – bu davlat va xususiy sektorning resurslarini, bilim va tajribasini birlashtirib, ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmdir. Kiberxavfsizlik sohasida esa bu sheriklik davlatning regulyatorlik roli va xususiy sektorning innovatsion yechimlar ishlab chiqishdagi moslashuvchanligini birlashtiradi. Ushbu maqolada kiberxavfsizlik sohasida DXSh modelining mohiyati, xorijiy va mahalliy tajribalari, qonunchilik asoslari, mavjud muammolar va istiqbolli takliflar yoritiladi. Kiberxavfsizlik sohasi tobora kengayib borar ekan, bu boradagi global tahdidlar ham o‘zgarib bormoqda. Hozirgi paytda APT (Advanced Persistent Threats), ransomware, phishing, DDoS hujumlar kabi murakkab va uzoq muddatli kiberhujumlar ko‘plab davlatlar, kompaniyalar va fuqarolarning axborot xavfsizligiga tahdid solmoqda. Xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan hukumatlararo axborot xavfsizligi tashkilotlari, masalan ITU (International Telecommunication Union) va ENISA (European Union Agency for Cybersecurity) orqali davlatlar o‘zaro tajriba almashmoqda, biroq milliy darajada ushbu tahdidlarni bartaraf etish uchun mahalliy resurslar va imkoniyatlardan samarali foydalanish zarur. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-70 70 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun davlat va xususiy sektorni o‘zaro integratsiya qilish orqali milliy xavfsizlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Ayniqsa, xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ham DXSh mexanizmlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) kabi moliyaviy institutlar tomonidan DXSh loyihalariga mablag‘ ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Demak, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya sari yo‘nalgan strategik siyosatida DXSh asosida kiberxavfsizlikni rivojlantirish innovatsion yondashuv sifatida qaralmoqda. Metodologiya. Tadqiqot metodologiyasi sifatida huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, komparativ (qiyosiy) tahlil, kontent-analiz va tizimli yondashuvlar qo‘llanildi. Tahlil qilish jarayonida kontent-analiz orqali O‘zbekiston Milliy qonunchilik bazasi (lex.uz) va xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha strategiyalari o‘rganildi. Qonunchilik hujjatlari matnida DXShga oid qoidalar, ularning sohalar bo‘yicha taqsimoti va amaliyotdagi ko‘rinishlari sistematik tarzda tahlil qilindi. Shuningdek, AQSH, Estoniya, Buyuk Britaniya va Singapur kabi ilg‘or mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Ushbu davlatlarda kiberxavfsizlikni ta’minlashda DXSh modeli qanday qo‘llanilayotgani, qanday qonunchilik asoslari mavjudligi va qanday institutlar faoliyat yuritayotgani o‘rganildi. Ma’lumotlar to‘plashda ochiq manbalar (hukumat saytlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari, tahliliy markazlar ma’lumotlari) va ilmiy maqolalardan foydalanildi. Olingan ma’lumotlar asosida mavjud muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar aniqlanib, tahliliy xulosalar chiqarildi. Tadqiqotda, shuningdek, SWOT tahlil yondashuvi asosid
Доказательный фрагмент
«В данной статье проанализированы инновационные формы механизмов государственно-частного партнёрства (ГЧП) в обеспечении кибербезопасности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье проанализированы инновационные формы механизмов государственно-частного партнёрства (ГЧП) в обеспечении кибербезопасности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cybersecurity, public-private partnership, innovative mechanisms, axborot xavfsizligi, innovatsion mexanizmlar, kiberxavfsizlik, O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro tajriba, davlat-xususiy sherikchilik(DXSh)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024