К содержанию
РецензированоEN2024

INCOME TAX OFFERED BY INDIVIDUALS AND TAX RATES

AbdurashidovAbdusamad Abdurahmonovich · MahmudovJamshed Ashrafovich

Международный журнал политических наук и экономики · 4 · 2024

Аннотация

The article describes the tax system of the Republic of Uzbekistan, changes in tax legislation. The authors studied the rates of personal income tax, benefits provided and changes in personal income tax collected from individuals in 2024-2025. The methods of economic and analytical comparison with thetax systems of foreign countries are highlighted. Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgatirishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stvkalari, taqdim etilgan imtiyozlar va jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i 2024 - 2025 - yillardagi o‘zgarish ko‘rsatkichlari mualliflar tomonidan o‘rganilgan. Xorijiy mamalakatlar soliq tizimibilan iqtisodiy-tahliliytaqqoslash yo‘llari yoritib berilgan Аннотация: В статье рассмотрена налоговая система Республики Узбекистан, изменения в налоговом законодательстве. Авторами изучены ставки налога на доходы физических лиц, предоставляемые льготы и изменения взимаемого налога на доходы физических лиц с физических лиц в 2024-2025 годах. Освещены методы экономико-аналитического сравненияс налоговыми системами зарубежных стран. Kalit so‘zlar: rezident, norezident, jami daromad, mulkiy daromadlar, soliq stavkalari, imtiyozlar, davlat byudjeti, daromad solig'i. Kirish: Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishida soliq tizimi muhim richag bo‘lib hisoblanadi. Boisi, davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai soliqlar orqali shakllanadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Amaldagi soliq tizimizdagi 9 ta soliq turi mavjud bo‘lib, bulardan har birining ulushi davlat budjeti parametrlarida alohida aks ettiriladi. Misol uchun birgina jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga e’tibor beradigan bo‘lsak, qanday tartibdagi aholi qatlami ushbu soliq to‘lovchilari hisoblanadi degan savol tug‘iladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etilishi quyidagi ikki holatda amalga oshiriladi. Bular: 1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar; 2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi. Soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lishi va tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasidasi hududida faoliyat olib borishi talab etiladi. Soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan har qanday jismoniy shaxsning soliq solish obyekti safatida o‘rtacha har oy mobaynida oladigan daromadlaridan davlat budjetiga undiriladi hamda soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanadi. 174 Volume 4, issue 6, 2025 Adabiyotlar sharhi. Iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, jsimoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rganilgan tadqiqotlarga to‘xtalib o‘tsak. Liu Huaning (2015) ta’kidlashicha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘ridanto‘g‘ri soliq sifatida, soliq salmog‘i yuqori bo'lganligi sababli, rezidentlarning iste'mol xatti-harakatlariga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Gentry va Hubbard (2002) olib borga ilmiy izlanishlari davomida tobora progressiv soliq ostida yuqori harakatchanlikka erishish ehtimolini o‘rganishdi. Xususan, mualliflar yuqori soliq stavkalari va soliq stavkalarining progressivligini oshirish sharoitida yaxshiroq ishga o‘tish ehtimolini o‘rganib chiqdilar. Mualliflar iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosining soliq modellashtirish dasturi TAXSIM dan, jumladan, uy xo‘jaligining kelajakdagi mumkin bo‘lgan marjinal soliq stavkasi va soliq tizimining progressivligi o‘zlarining soliq o‘zgaruvchilari o‘lchovlarini yaratish uchun foydalanishdi. Tadqiqot federal va shtat daromad solig‘i to‘lovlari bilan bir qatorda federal va shtat hukumatlarining turli marjinal daromad solig‘i stavkalarini o‘z ichiga oladi4. Tae-hwan Rhee (2012) ta’rifiga ko‘ra daromad solig‘ining progressivligi va yalpi ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib chiqdi. Muallifning tadqiqoti faqat nazariyaning o‘zi soliq tizimining progressivligi daromadlar tengligining oshishiga olib keladimi yoki yo'qligini aniqlay olmaydi, degan kuzatishi bilan turtki bo‘ldi. Uning fikricha, bu masala, albatta, empirikdir, chunki munosabatlar boshqa narsalar qatori daromad taqsimoti, turli daromad guruhlari mehnat taklifining egiluvchanligi, migratsiya va tejash yoki iste’mol qilish moyilligiga bog‘liq degan xulosaga kelgan5. Eremenko (2019) ning dissertatsiya tadqiqotida daromadni soliqqa tortishda adolat tushunchasi va milliy soliq tizimini takomillashtirishga ta’sirini baholash kerak degan fikrni ilgari surgan. Weller an

Доказательный фрагмент

«The article describes the tax system of the Republic of Uzbekistan, changes in tax legislation.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the tax system of the Republic of Uzbekistan, changes in tax legislation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
daromad solig, jismoniy shaxslardan, shaxslardan olinadigan, olinadigan daromad, физических лиц, zbekiston respublikasining, personal income
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники