К содержанию
РецензированоRU2025

INSONIYAT TARIXIDA HADISLAR…

INSONIYAT TARIXIDA HADISLAR…

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article describes the creation process of hadiths, solutions to problems and shortcomings in society, and their importance today. Concepts such as authentic and inauthentic hadith, distinguishing reliable from unreliable hadith are discussed. It is explained why the fake hadiths came about. Аннотация: В данной статье описывается процесс создания хадисов, решения проблем и недостатков в обществе, а также их значение сегодня. Обсуждаются такие понятия, как достоверный и недостоверный хадис, отличие достоверного хадиса от недостоверного. Объясняется, почему появились фальшивые хадисы. Kalit so‘zlar: hadis, ma’naviyat, muammo, yechim, dolzarblik, ishonchli, o‘rnak, xulosa, ibrat. Key words: hadith, spirituality, problem, solution, relevance, reliable, example, conclusion, lesson. Ключевые слова: хадис, духовность, проблема, решение, актуальность, достоверный, пример, вывод, урок. “Hadis” arab tilida “gap-so‘z” ma’nosini anglatadi. Demak, Hadis deganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning aytgan gap-so‘zlari ko‘zda tutiladi va tushuniladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 364 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimni muhaddis deb ataymiz. Muhaddislar asosan, hadisni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan qaysi yo‘llar bilan, kimlar orqali rivoyat qilinib, o‘zlarigacha yetib kelganini aniqlaydigan olimlardir1. Sunnat (hadis) esa ma’nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan vahiydir. Din-diyonat, shariat va boshqa ma’nolarda Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘z shaxsiy fikrlarini emas, Allohning vahiysini o‘z iboralari bilan taqdim etganlar2. Sunnat va Hadis bir-birining o‘rnida ishlatib kelingan istilohlardir. Ularga yaxshilab diqqat qilinsa, Hadis xosroq, Sunnat umumiyroq ekani ko‘rinadi. Umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan Adabiyot darsligida hadislar haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: Hadis arabcha so‘z bo‘lib, xabar, gap, yangilik kabi bir qancha ma’nolarni bildiradi. Hadislar Qur’ondan keying muqaddas manba bo‘lib, payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, bergan ko‘rsatmalari hisoblanadi. Hadislarni roviylar (rivoyat qiluvchi, aytuvchilar) yig‘gan. Roviylar esa ikki toifaga bo‘lingan: sahobalar va tobeinlar. Sahobalar–payg‘ambarimizni ko‘rgan, u kishi bilan suhabatda bo‘lgan insonlar. Tobeinlar esa sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchi kishilardir. Hadis ikki qism: sanad va matndan iborat bo‘lgan. Sanad hadisning qachon, qanday sharoitda va kimlar huzurida aytilgani haqidagi asos, matn esa uning mazmuni hisoblanadi. Hadislarni to‘plab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shug‘ullangan olimlar muhaddis deyiladi3. Umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan Adabiyot darsligida Imom al-Buxoriyning ilm olishdagi mashaqqatli hayot yo‘li 1 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.: Hilol nashr 1990. –B.8. 2 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.: Hilol nashr 1990. –B.12. 3 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.: Hilol nashr 1990. –B 28 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 365 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 haqida va “Al jome’ as-sahih” to‘plamidan hadislar berilgan. “Hadislar haqida” sarlavhasi ostida hadislar haqida quyidagilarni o‘qiymiz: Shu o‘rinda hadisga berilgan ta’rifga e’tibor qaratamiz. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning aytganlari, ko‘rsatmalari, biror masala (narsa, voqea-hodisa, xatti-harakat) yuzsidan bergan qarorlari hadis sanaladi. Hadislarning ahamiyatini ham chuqur idrok etishimiz lozim. Darslikda hadislar haqida, ularning hayotimizda tutgan o‘rni haqida asosli fikrlar keltirilgan. Fikrni dalillash uchun hadislardan ham foydalanilgan. O‘quvchi bilishi kerak bo‘lgan yana bir jihat sunnat tushunchasi va uning tarkibidir. Biz quyidalarni keltirishni lozim topdik: Sunnat so‘zi arab tilida “tariqat–ma’naviy yo‘l” degan ma’noni anglatadi. “Falonchining sunnati” deganda o‘sha odamning hayotiy yo‘li tushuniladi. . Shundan kelib chiqib, “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari” deganda u zotning tariqatlari, yo‘llarini tushunamiz. Sunnat muhaddislar istilohida quyidagicha ta’rif qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar “Sunnat” deyiladi”. 1. Gap–bunga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning turli holat va munosabatlarda aytgan gaplari kiradi. Misol uchun, u zot sollallohu alayhi vasallam “Albatta, ishlar niyatga bog‘liqdir”, deganlar. Mana shu muborak gapni eshitgan odamlar uni omonat tariqasida eshitmaganlarga yetkazganlar vas hu tarzda avloddan avlodga o‘tib, muhaddis olimgacha yetib kelgan. Muhaddis esa ilmiy yo‘llar bilan tekshirib, uning hadis ekaniga ishonch hosil qilgandan so‘nggina kitobiga kiritgan. Bu “qavliy (gap) sunnat” deyilad

Доказательный фрагмент

«This article describes the creation process of hadiths, solutions to problems and shortcomings in society, and their importance today.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the creation process of hadiths, solutions to problems and shortcomings in society, and their importance today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hadith, spirituality, problem, solution, relevance, reliable, xulosa, ishonchli, muammo, ma’naviyat, hadis, ibrat., o‘rnak, dolzarblik, yechim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники