Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OSKAR UAYLD IJODIDA DEKADENTIZM UNSURLARI: ”DORIAN GREYNING PORTRETI “ ASARI MISOLIDA
Po’lotova Gulmira · Mirzo Ulug’bek nomidagi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” asaridagi dekadentizm tushunchasi, g’oyalari hamda uning asosiy belgilari tahlil qilinadi. Bundan tashqari asarda qo’llanilgan tasvirlar, Uayldning til uslubi hamda badiiy vositalar haqida umumiy ma’lumotlar yoritib o’tiladi. Kalit so’zlar: dekadentizm, estetika falsafasi, axloqiy indifferentlik, dualizm, dekadent tanqid, individualizm, egoizm, erotizm Kirish. Taniqli ingliz yozuvchisi Oskar Uayld 19-asrning eng ko’zga ko’ringan vakillaridan biri hisoblanadi. 19-asr oxirida Yevropa adabiyotida dekadentizm oqimi kuchayib bordi. Bu oqim san’atning axloqdan ustun qo‘yilishi, go‘zallikni hayotning yagona maqsadi sifatida ulug‘lash, ichki buzuqlik, pessimizm va individualizm bilan ajralib turadi. Oskar Uayld bu davrning eng yorqin vakillaridan biri hisoblanadi hamda uning ijodi ham o’sha davr adabiyotida muhim o’rin egallaydi. Uning yagona roman asari — “Dorian Greyning portreti”— dekadentizmning yorqin namunasi hisoblanadi. Qolaversa, Oskar Uayld haqida bir qancha olimlar, tanqidchilar hamda yozuvchilar o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Harold Bloom – zamonaviy adabiyotshunos, Yale universiteti professori u haqida shunday deydi : “Oskar Uayld ingliz adabiyotidagi eng yorqin va murakkab shaxsdir. Uning "Dorian Greyning portreti" asari — zamonaviy axloqiy drama va dekadentizm falsafasining namunasidir.” Bloom Uayldning https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 376 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 asarlarini psixologik chuqurlik va falsafiy izlanishlar bilan boy deb hisoblagan olimlardan biri edi[1]. Bundan tashqari Uayldning mashhur biografi Richard Ellmann Oskar Uayldni hayotini estetik tajribaga aylantirgan san’atkor deb hisoblaydi. Darhaqiqat, Uayld chin ma’noda san’at shaydosi edi deydi ko’plab yozuvchilar. Shuning uchun ham uning yagona romani ham dekadentizmning yorqin namunasi sifatida baholanadi. Olimlar Uaylning tanqidiy fikrlari, estetik dunyoqarashini hamda axloqiy qarama-qarshilikka nisbatan munosabatini yuqori baholaydilar. Adabiyotlar tahlili. Dastlab, biz dekandentizm atamasiga to’xtaladigan bo’lsak, dekandentizm o’zi nima va Oskar Uayld nima maqsadda bu yo’nalishda aynan o’z romanini yozgan. Dekandentizm, dekandentlik bu lotincha decandentis-tanazzul degan ma’noni anglatadi. Aynan 19-20-asrlarda Yevropa madaniyatidagi umumiy bo’lgan holatni ifoda etgan nom. Bunda tanazzulga yuz tutishlik, hayotdan bezishlik, yolg’izlanib qolish kayfiyati, umidsizlik kayfiyati va boshqa shu kabi hissiyotlar o’z aksini topgan. Shu asr boshlarida ro’y bergan jiddiy o’zgarishlar, yangilanish hamda inqilobiy jarayonlarning kuchayishi ijtimoiy voqelikdagi ziddiyatlarning kuchayishiga olib keldi. Eskilik hamda yangilik o’rtasidagi kurash aynan 19-20-asrlarda avj oldi. Bunday holatni ko’rganlar esa tarix, tabiat, inson tanazzulga yuz tutmoqda degan fikrga keldilar. Ular o’z asarlarida ana shu tanazzul, ijtimoiy inqirozlar va ularning sabablarini, inson boshiga tushgan tashvish hamda qiyinchiliklarni aks ettirishni maqsad qilib qo’ydilar hamda buning natijasida adabiyotda, ya’ni san’at sohasida modernizmning yangi yo’nalishi dekandentizm paydo bo’ldi. Dekandentlik yo’nalishi dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo’lgan. “La’nati shoirlar “deb qozongan P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme kabi shoirlar yetakchilik qilgan. Keyinchalik esa bu yo’nalishda ijod qilish Italiyada J. Paskoli she’riyatida ko’zga tashlandi. Uning ijodi uchun mistik kayfiyat, simvolizm bilan hamohanglik xos. 1900-yillarda D. taʼsirida Italiyada kuch-qudratga sigʻinishlik va urush oldidagi qoʻrquv kayfiyatidagi yangi oqim paydo boʻladi (G. Gotssano, M. Moretti, F. Martini va b.). D. boshqa qator mamlakatlarga ham yoyiladi. Mas, Germaniyada shoir S. George toʻgaragi paydo boʻlali. Bu toʻgarak aʼzolari ijodida https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 377 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Nitsshe gʻoyalari ruhidagi afsonaviylik hissiyoti ustunlik qiladi. Rossiyada D. simvolizm oqimiga mansub shoirlar ijodida oʻz aksini topadi, lekin bulardagi D. ekspressionizmga ancha yaqinlashib keladi [2]. Bundan tashqari hayotdan qoniqmaslik, uning achchiq saboqlari, yomonliklarga qarshi tinimsiz kurash, mavjud talabga javob bermaydigan narsalarni rad qilish kabi dekadentlarga xos boʻlgan xususiyatlar hozirgi ham jahon adabiyotida oʻz ifodasini topmoqda. Endi “Dorian Greyning portreti” asariga keladigan bo’lsak, Oskar Uayld asarda bir qancha dekandentizm ifodalardan foydalangan hamda uning belgilarini ham ko’rishimiz mumkin. Hozir asardan olingan bir nechta dekandentizm namunalarini ko’rib chiqamiz. Bulardan birinchisi go‘zallikni ilohiylashtirish va estetikizm falsafasi. Dastlab, estetikizm falsafasiga to’xtaladigan bo’lsak, bu nafosat falsafasidir. Hamda ba’zi o’rinlarda “san’at falsafasi”deya ham ishlatiladi. Bu dunyoni estetik idrok etish va tushunishga qaratilgan falsafadir. Dorianning o‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” asaridagi dekadentizm tushunchasi, g’oyalari hamda uning asosiy belgilari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz yozuvchisi Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” asaridagi dekadentizm tushunchasi, g’oyalari hamda uning asosiy belgilari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dekadent tanqid, egoizm, axloqiy indifferentlik, estetika falsafasi, dekadentizm, individualizm, erotizm, dualizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025