Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO’RISH ANALIZATO’RINING ANATOMIK TUZILISHI VA FIZIOLOGIK VAZIFALARI
FIZIOLOGIK VAZIFALARI · ФУНКЦИИ ЗРИТЕЛЬНОГО АНАЛИЗАТОРА · Turdialiyev Zikrulloh Abdulhamid o’g’li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article provides information about the structure and physiological functions of the eye, visual analyzers, because the eye is one of the most important sensory systems in the human body. The article studies and analyzes the literature on the external and internal parts of the eye, visual centers and central nerve fibers. Kalit so’zlar: ko’z, ko’rish analizatori, hujayra, linza, qorachiq, yoruqlik, binokulyar. Ключевые слова: глаз, зрительный анализатор, клетка, хрусталик, зрачок, освещенность, бинокулярный. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 392 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Keywords: eye, visual analyzer, cell, lens, pupil, illumination, binocular. Koʻrish analizatori inson organizmidagi eng muhim sezgi tizimlaridan biridir. U tashqi muhitdagi yorugʻlik signallarini qabul qilib, ularni nerv impulslariga aylantiradi va miya orqali idrok qilinishini ta'minlaydi. Koʻrish analizatori yordamida inson atrof- muhitdagi obyektlar, ularning shakli, rangi, o‘lchami va joylashuvini aniqlaydi. Ushbu analizatorning to‘liq ishlashi turli anatomik tuzilmalar va murakkab fiziologik jarayonlar uyg‘unligi asosida amalga oshadi. 1. Ko‘rish analizatorining anatomik tuzilishi Ko‘rish analizatori uchta asosiy bo‘g‘indan iborat: a) Periferik (qabul qiluvchi) bo‘g‘in – Ko‘z (organum visus) Ko‘z yorug‘likni qabul qiluvchi va uni nerv impulsiga aylantiruvchi murakkab organ hisoblanadi. Ko‘z quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: Ko‘z qobig‘i (palpebrae) – ko‘zni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Ko‘z olmasi (bulbus oculi) – asosiy ko‘rish a'zosi. Quyidagilardan iborat: To‘r pardasi (retina) – yorug‘likni qabul qiluvchi asosiy qatlam bo‘lib, fotoreseptor hujayralar (tayanch – tayoqcha va konussimon hujayralar) mavjud. Linza (lens) – yorug‘lik nurini sinib, fokuslaydi. Qorachiq (pupilla) va rangli qavat (iris) – yorug‘lik miqdorini nazorat qiladi. Shox parda (cornea) va ko‘z oldi suyuqligi – yorug‘lik nurlarini sinib, ko‘z ichki muhitini saqlab turadi. b) O‘rta bo‘g‘in – Ko‘rish nervi (nervus opticus) Ko‘rish nervi to‘r pardaning ganglion hujayralaridan boshlanadi va ko‘zdan kelayotgan nerv impulslarini bosh miya tomon olib boradi. Har bir ko‘zdan chiqadigan ko‘rish nervi chiasma opticum (ko‘rish nervlari kesishgan joy)da qisman kesishadi, bu binoar (ikki ko‘zli) ko‘rishni ta'minlaydi. c) Markaziy bo‘g‘in – Bosh miya ko‘rish markazi Ko‘rish yo‘llari – ko‘rish nervidan boshlanib, lateral tizzasimon tana (corpus geniculatum laterale) orqali to‘rt tog‘cha (colliculi superiores) va ensa qobig‘iga boradi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 393 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ko‘rish markazi – miya yarim sharlari ensa sohasida (occipital lobda) joylashgan (Brodmannning 17-raqamli zonasi). Aynan shu yerda tasvir to‘liq shakllanadi va anglanadi. 2. Ko‘rish analizatorining fiziologik vazifalari Ko‘rish analizatori quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: a) Yorug‘likni qabul qilish va uzatish To‘r pardadagi fotoreseptorlar yorug‘likni qabul qilib, uni bioelektrik impulsga aylantiradi. Bu impulslar ko‘rish nervi orqali miyaga uzatiladi. b) Rangsiz va rangli ko‘rish Tayoqchasimon hujayralar – qorong‘ida yoki kam yorug‘likda ko‘rishni ta’minlaydi. Konussimon hujayralar – yorug‘da va ranglarni ajratishda faol bo‘ladi. c) Ko‘rishning aniqligi va markazlashuvi Ko‘z markazidagi sariq nuqta (macula lutea) va uning markazi – markaziy chuqurcha (fovea centralis) – eng aniq ko‘rishni ta’minlaydi. d) Binokulyar ko‘rish Ikkala ko‘zdan kelgan tasvirlar miya orqali birlashtiriladi va bir ob’yektning fazoviy (uch o‘lchamli) tasviri hosil bo‘ladi. e) Ko‘z harakatlarini muvofiqlashtirish Ko‘z harakatlari ko‘z mushaklari orqali boshqariladi va miya, ayniqsa oraliq miya (diencephalon) hamda to‘rt tog‘cha tomonidan muvofiqlashtiriladi. Xulosa qilib aytkanda ko‘rish analizatori ko‘zdan tortib to bosh miya ko‘rish markazigacha bo‘lgan murakkab tizimdir. Uning har bir bo‘g‘ini o‘ziga xos anatomik tuzilish va fiziologik funksiyalarga ega. Bu tizimning biror qismi zarar ko‘rsa, insonning ko‘rish qobiliyatida jiddiy muammolar yuzaga keladi. Shu bois ko‘rish analizatori sog‘lig‘ini saqlash har doim muhim hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Raximov Sh.S., Karimov A.A. Inson anatomiyasi va fiziologiyasi. – Toshkent: «O‘qituvchi», 2020. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 394 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 2. anong W.F. Review of Medical Physiology. – 26th edition. – McGraw-Hill Education, 2019. 3. Borisenko F.Yu. Sensory Systems: Human Anatomy and Physiology. – Moskva: Mir, 2021. 4. Solovyev A.G. Normal anatomiya. – Moskva: Medicina, 2019. . https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 395 Часть–1_ июня–2025
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the structure and physiological functions of the eye, visual analyzers, because the eye is one of the most important sensory systems in the human body.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the structure and physiological functions of the eye, visual analyzers, because the eye is one of the most important sensory systems in the human body. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- eye, visual analyzer, cell, lens, pupil, illumination, binocular, yoruqlik, linza, hujayra, ko’rish analizatori, binokulyar., qorachiq, ko’z
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025