Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI VA TO’G’RI OVQATLANISH
Tolipova Mohidil Muhammadjon qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
This article provides an in-depth analysis of the digestive system and the physiological and practical foundations of proper nutrition. The anatomical structure of the digestive system, the functional role of each organ and gland, the stages of breakdown and absorption of nutrients are covered. The article also studies and analyzes literature on the principles of proper nutrition, the importance of dietary balance, the effect of water regime and regular nutrition on the health of the body. Kalit so’zlar: ovqat hazm qilish, og’iz, halqum, qizilo’ngach, oshqozon, so’rilish, kimyoviy, mehanik, to’g’ri ovqatlanish, hazm kasalliklari. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 400 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ключевые слова: пищеварение, ротовая полость, гортань, пищевод, желудок, всасывание, химическое, механическое, правильное питание, заболевания органов пищеварения. Keywords: digestion, mouth, larynx, esophagus, stomach, absorption, chemical, mechanical, proper nutrition, digestive diseases. Ovqat hazm qilish sistemasining sog‘lom ishlashi inson organizmining normal hayot faoliyati uchun zaruriy shartlardan biridir. Har bir hujayra o‘z funksiyasini bajara olishi uchun unga energiya, qurilish materiallari va metabolik jarayonlar uchun zarur bo‘lgan moddalarning yetib borishi kerak. Bu moddalar esa organizmga oziq-ovqat orqali kiradi va faqat to‘liq hazm bo‘lib, o‘zlashtirilganidan so‘ng biologik foydali bo‘ladi. Shu sababli, ovqat hazm qilish sistemasi nafaqat mexanik va kimyoviy jarayonlar yig‘indisi, balki murakkab, muvozanatlashgan fiziologik tizim hisoblanadi. Ovqat hazm qilish sistemasining anatomik tuzilishi Ovqat hazm qilish sistemasining asosiy organlari quyidagilardan iborat: 1. Og‘iz bo‘shlig‘i – ovqatni qabul qilish va dastlabki mexanik maydalanish bosqichi. So‘lak bezlari alfa-amilaza fermentini ishlab chiqaradi, bu esa uglevodlarni parchalashni boshlaydi. 2. Yutak (faringeal soha) – ovqatni og‘izdan qizilo‘ngachga yo‘naltiradi. 3. Qizilo‘ngach – peristaltik harakatlar yordamida ovqatni me’daga uzatadi. 4. Me’da – ovqatni kislotali muhitda kimyoviy parchalanishini ta’minlaydi. Me’da shirasi tarkibida xlorid kislota va pepsin fermenti bo‘lib, oqsillarni parchalashda ishtirok etadi. 5. Ingichka ichak: On ikki barmoqli ichak – jigar va me’da osti bezidan ajraladigan safro va fermentlar yordamida yog‘lar, oqsillar va uglevodlar parchalanadi. Ichak ichki yuzasi (villi) – oziq moddalarni so‘rib olishda asosiy rol o‘ynaydi. 6. Yo‘g‘on ichak – suv va mineral moddalarning so‘rilishini ta’minlaydi, ovqat qoldiqlarini shakllantirib, chiqaradi. 7. Qo‘shimcha bezlar: https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 401 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Jigar – safro ishlab chiqaradi, metabolizm markazi. Me’da osti bezi – fermentlar va insulin ishlab chiqaradi. Ovqat hazm qilishdagi asosiy fiziologik jarayonlar 1. Mexanik hazm – chaynash, aralashtirish, peristaltika. 2. Kimyoviy hazm – fermentlar ishtirokida oziq moddalarni molekulalargacha parchalanishi. 3. So‘rilish (absorbsiya) – parchalangan moddalar ichak shilliq qavati orqali qonga va limfaga o‘tadi. 4. Motilika – ovqatni bosqichma-bosqich harakatlantirish. 5. Defekatsiya – ovqat qoldiqlarini chiqarish. To‘g‘ri ovqatlanishning fiziologik asoslari To‘g‘ri ovqatlanish deganda, organizm ehtiyojlariga muvofiq, balanslangan, rejali va gigiyenik jihatdan toza ovqat iste’mol qilish tushuniladi. Asosiy tamoyillar: Biologik muvozanat: ovqatda oqsillar (10–15%), yog‘lar (25–30%), uglevodlar (55–60%) bo‘lishi zarur. Vitamin va mineral moddalar: A, B, C, D vitaminlari, temir, kaltsiy, magniy. Ovqatlanish tartibi: kuniga 3–4 mahal ovqatlanish, soat oralig‘ini saqlash. Suv rejimi: to‘g‘ri ichimlik rejimi ichki organlar faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Noto‘g‘ri ovqatlanishning salbiy oqibatlari Noto‘g‘ri ovqatlanish turli xil kasalliklarning sababi bo‘lishi mumkin: Gastrit, me’da yarasi Ortiqcha kislotalilik, tartibsiz ovqatlanish Semizlik Ortiqcha kaloriya, kam harakatlilik Qandli diabet (2-tip) Uglevodlarga boy va tez hazm bo‘ladigan ovqatlar Yurak-qon tomir kasalliklari Xolesterin yuqori yog‘li ovqatlar Ichak faoliyati buzilishi Yetarli tolali ovqatlar iste’mol qilmaslik Sog‘lom ovqatlanishga oid zamonaviy yondashuvlar https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 402 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Oziq piramidasi: Asosida dukkaklilar, don mahsulotlari; yuqorida sabzavot- mevalar, yog‘lar va shakarlar eng yuqorida. Intermittent fasting (vaqtli ochlik): ayrim hollarda ichki organlarning dam olishi va modda almashinuvini yaxshilashi mumkin. Vegetarian va vegan ovqatlanish: to‘g‘ri tashkil qilingan bo‘lsa, sog‘liq uchun foydali bo‘lishi mumkin, lekin ayrim mikroelementlar yetishmasligi xavfi mavjud. Xulosa qilib aytkanda ovqat hazm qilish sistemasining to‘g‘ri ishlashi, uning barcha organlarining muvofiqlikda faoliyat
Доказательный фрагмент
«This article provides an in-depth analysis of the digestive system and the physiological and practical foundations of proper nutrition.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an in-depth analysis of the digestive system and the physiological and practical foundations of proper nutrition. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digestion, mouth, larynx, esophagus, stomach, absorption, chemical, ovqat hazm qilish, oshqozon, mehanik, halqum, kimyoviy, to’g’ri ovqatlanish, og’iz, qizilo’ngach, so’rilish, hazm kasalliklari.
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025