К содержанию
РецензированоUZ2025

HAVF GURUHIDAGI ONA VA BOLA SOGLIG‘INI HIMOYA QILISH

Numonova Shaxloxon Zamzamjon qizi:

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada havf guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollar va ularning bolalarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalari keng yoritiladi. Ona va bola salomatligiga tahdid soluvchi asosiy omillar, ularning oldini olish strategiyalari, prenatal va postnatal parvarishning muhim jihatlari, shuningdek, davlat va tibbiy xizmatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar haqida fikr yuritiladi. Ilmiy manbalar va statistik ma’lumotlar asosida ushbu ijtimoiy sog‘liq muammosiga chuqur tahliliy yondashuv taqdim etiladi. Kalit so‘zlar: havf guruhi, ona va bola salomatligi, homiladorlik, perinatal muammolar, tug‘ruqdan keyingi parvarish, prenatal nazorat, ijtimoiy xavf omillari, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, reabilitatsiya. Ona va bola salomatligini muhofaza qilish har bir jamiyat uchun strategik ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Sog‘lom ona – sog‘lom bola tamoyili asosida ishlab chiqilgan sog‘liqni saqlash siyosati bugungi kunda yanada dolzarb tus olmoqda. Ayniqsa, havf guruhiga kiruvchi ayollar – surunkali kasalliklarga chalingan, yosh jihatdan risk ostidagi (18 yoshgacha yoki 35 yoshdan yuqori), ijtimoiy himoyaga muhtoj, psixologik va emotsional beqarorlik holatidagi, shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanadigan va yomon odatlarga ega ayollar – alohida e’tibor talab etadi. Shuningdek, homiladorlik va tug‘ruq jarayonida yuzaga keladigan xavflar, bola rivojida uchrashi mumkin bo‘lgan patologiyalar, tug‘ma kasalliklar, infeksiyalar va psixofiziologik buzilishlar – bularning barchasi har tomonlama kompleks yondashuvni talab etadi. Havf guruhidagi homilador ayollarni aniqlash uchun bir nechta asosiy mezonlar mavjud. Bular quyidagilardan iborat: https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 111 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Tibbiy mezonlar: Yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, anemiya, OIV/ODS, gepatitlar va boshqa infeksion kasalliklar; Obstetrik tarix: Oldingi homiladorlikdagi asoratlar, kesarcha kesishlar, erta tug‘ruqlar, homila nobudligi, ko‘p martalik homiladorlik; Yosh omili: Juda yosh (18 yoshgacha) yoki keksa (35 yoshdan yuqori) homilador ayollar; Ijtimoiy holat: Beva ayollar, nogironlik holatiga ega, moddiy qiyinchilikda yashovchi yoki oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayollar; Psixologik holat: Depressiya, tashvish, ruhiy buzilishlar, stressga moyillik. Havf guruhidagi onalarni monitoring qilish va nazorat qilish choralari Havf guruhiga mansub ayollar uchun maxsus sog‘liqni saqlash protokollari joriy etilgan. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Erta ro‘yxatga olish: Homiladorlikni ilk haftalarida aniqlash va ayolni dispanser ro‘yxatiga olish; Ko‘p bosqichli tibbiy ko‘riklar: Terapevt, endokrinolog, kardiolog, infeksionist va psixolog ko‘rigidan o‘tkazish; Qon va siydik tahlillari: Anemiya, diabet, OIV, gepatit, TORCH-infeksiyalar bo‘yicha tekshiruvlar; Ultratovush (UZD) nazorati: Homilaning rivojlanishini bosqichma-bosqich baholash.Farmakologik qo‘llab-quvvatlash: Vitaminlar, temir preparatlari, antianemik va antibakterial vositalar. Psixologik maslahatlar: Ruhiy barqarorlikni saqlash, stressga qarshi kurashish. Homiladorlik jarayonida havf guruhidagi ayollar uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish muhim rol o‘ynaydi. Quyidagi omillar ona va bola salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi: • To‘g‘ri ovqatlanish: Ratsionda oqsil, vitamin va minerallarga boy mahsulotlarning yetarli bo‘lishi; • Yuqori sifatli suv ichish: Suvsizlanish holatlarini oldini olish; • Jismoniy faollik: Yengil gimnastika, yurish mashqlari; https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 112 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 • Zararli odatlardan voz kechish: Tamaki, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalaridan butunlay voz kechish; • Uyqu va dam olish rejimi: Yetarli uyqu, stressdan uzoqlashish. • Tug‘ruq va postnatal davrda xavflarning oldini olish Tug‘ruq jarayoni va undan keyingi davr havf guruhidagi ayollar uchun alohida xavf soladi. Shuning uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: ✓ Tug‘ruqni stasionarda amalga oshirish: Maxsus tayyorlangan klinikada, tajribali shifokorlar nazorati ostida; ✓ Yangi tug‘ilgan chaqaloqni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish: Neonatal skrining, emlash, homilaviy patologiyalarni aniqlash; ✓ Emizish bo‘yicha maslahatlar: Emizishning foydasi, to‘g‘ri pozitsiyalar, ovqatlantirish chastotasi; ✓ Postnatal kuzatuvlar: Ayol organizmida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni kuzatish, ruhiy salomatlikni nazorat qilish. ✓ Bola salomatligini muhofaza qilish va erta rivojlanishni ta’minlash Havf guruhidagi ayollardan tug‘ilgan bolalar ko‘pincha immuniteti past, tug‘ma yoki orttirilgan kasalliklarga moyil bo‘ladi. Ularning salomatligini asrashda quyidagilar muhim: o Davriy emlashlar: Difteriya, poliomiyelit, qizamiq, BCG va boshqa infeksion kasalliklardan himoya; o Sun’iy va ona suti bilan oziqlantirish rejimini belgilash; o Neonatal kuzatuvlar: Har oyda vazn, bo‘y, reflekslar va psixomotor rivojlanish

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada havf guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollar va ularning bolalarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalari keng yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada havf guruhiga mansub bo‘lgan homilador ayollar va ularning bolalarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalari keng yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prenatal nazorat, havf guruhi, profilaktika, homiladorlik, perinatal muammolar, tug‘ruqdan keyingi parvarish, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy xavf omillari, reabilitatsiya., ona va bola salomatligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники