Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO'KRAK BEZI SARATONI KASALLIGI: ETIOLOGIYASI, KLINIKASI VA PROFILAKTIKASI.
KLINIKASI VA PROFILAKTIKASI. · Tillayeva Shohista Zokirjonovna: · Hakimova Muxarramoy Hayotjon qizi:
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2020
Аннотация
Mazkur maqolada ayollar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi onkologik kasallik — ko‘krak bezi saratonining etiologiyasi, klinik ko‘rinishlari va zamonaviy profilaktika usullari yoritilgan. Kasallikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, erta tashxisning ahamiyati, davolash va oldini olish choralari ilmiy asoslangan tibbiy adabiyotlar va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, hayot tarzini sog‘lomlashtirish orqali kasallik xavfini kamaytirish yo‘llariga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Ko‘krak bezi saratoni, etiologiya, klinika, erta tashxis, skrining, biopsiya, mamografiya, profilaktika, gormonal omillar, genetik xavf. Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda millionlab ayollarda ushbu kasallik aniqlanadi. Global Cancer Observatory (GLOBOCAN) 2020 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan saraton bo‘lib, 2.3 milliondan ortiq yangi holat aniqlangan (Bray F. et al., 2021). O‘zbekistonda esa, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, har yili minglab yangi holatlar qayd etiladi, ularning katta qismi kasallikning kech bosqichlarida aniqlanmoqda.Kasallikning erta bosqichlarida aniqlanishi va samarali davolanishi ayolning hayot sifatini sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli, ushbu maqolada ko‘krak bezi saratonining asosiy sabablari, klinik belgilari va oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot beriladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 117 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Etiologiyasi: Ko‘krak bezi saratoni rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo‘ladi: ✓ Genetik moyillik: BRCA1 va BRCA2 genlaridagi mutatsiyalar. ✓ Gormonal omillar: estrogen va progesteron gormonlarining yuqori darajada bo‘lishi. ✓ Yoshi: 50 yoshdan oshgan ayollarda kasallik xavfi ortadi. ✓ Reproduktiv omillar: birinchi tug‘ruqning kech bo‘lishi yoki umuman tug‘maganlik. ✓ Notekis ovqatlanish, semizlik, jismoniy faollikning kamligi. ✓ Tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste’moli. ✓ Radiatsiyaga duch kelish (masalan, yoshligida ko‘krak qafasi sohasida nurlanish). Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, xususan, BRCA genlarining rolini o‘rganish orqali, ko‘krak bezi saratoni xavfini 60-80% ga oshiruvchi genetik mutatsiyalar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu bois, bu genetik testlar xavfli guruhdagi ayollar uchun muhim ahamiyatga ega. Klinikasi: kasallik dastlabki bosqichlarda belgisiz kechishi mumkin. Ammo quyidagi klinik belgilar e’tiborga olinishi lozim: o Ko‘krakda qattiq, og‘riqsiz tugun paydo bo‘lishi. o Ko‘krak shaklining o‘zgarishi, terining tortilishi yoki cho‘kishi. o So‘rg‘ichdan suyuqlik (ayniqsa, qonli) ajralishi. o So‘rg‘ichning ichkariga tortilishi. o Qo‘ltiq osti limfa tugunlarining kattalashishi. Ko‘krak bezi saratoni klinik jihatdan bir necha molekulyar subtiplarga bo‘linadi, bu esa davolash yondashuvini belgilaydi. Ular quyidagilardir: • Luminal A: Estrogen retseptori (ER) ijobiy, HER2 salbiy, past proliferatsiya darajasi. Prognozi eng yaxshi. • Luminal B: ER ijobiy, HER2 ijobiy yoki proliferatsiyasi yuqori. Nisbatan agressivroq. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 118 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 • HER2-pozitiv: ER salbiy, ammo HER2 ortiqcha ekspressiyalangan. Maxsus target terapiyaga yaxshi javob beradi. • Triple-negative (ER, PR va HER2 salbiy): Eng agressiv turi bo‘lib, an’anaviy gormon terapiyaga javob bermaydi. Ushbu tasnif molekulyar biomarkerlar asosida amalga oshiriladi va zamonaviy onkologik protokollarni tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Kasallikning kech bosqichlarida og‘riq, umumiy holsizlik, vazn yo‘qotish, suyak va ichki a’zolarga metastazlar rivojlanadi. Klinik jihatdan, infiltrativ duktal saraton eng keng tarqalgan turi bo‘lib, barcha holatlarning 70-80% ini tashkil etadi. Tashxisi.Ko‘krak bezi saratonini aniqlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: 1. Klinik ko‘rik va palpatsiya. 2. Mammografiya — eng asosiy skrining usuli. 3. Ultrasonografiya (UZI). 4. Biopsiya — to‘qima namunalarini olib laborator tekshiruv. 5. MRI va CT — tarqalgan holatlarda. 6. Onkomarkerlar tahlili (masalan, CA 15-3). So‘nggi yillarda sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan mammografiya dasturlari orqali tashxis aniqligi sezilarli oshgan. Masalan, AI model asosida tahlil qilingan mammogrammalar 90% gacha aniqlik bilan malign o‘smani aniqlashi mumkin (Eccles D. et al., 2018). Bundan tashqari, Oncotype DX, MammaPrint kabi genomik testlar orqali bemorning qay darajada kimyoterapiyaga muhtojligi aniqlanadi, bu esa individual yondashuvni ta’minlaydi. So‘nggi yillarda biopsiyaning turli zamonaviy turlari (core-biopsiya, vakuumli biopsiya) diagnostik aniqlikni oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida tahlil qilinadigan mammografiyalar tibbiy xatoliklarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Davolash .Ko‘krak bezi saratoni davo
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ayollar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi onkologik kasallik — ko‘krak bezi saratonining etiologiyasi, klinik ko‘rinishlari va zamonaviy profilaktika usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ayollar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi onkologik kasallik — ko‘krak bezi saratonining etiologiyasi, klinik ko‘rinishlari va zamonaviy profilaktika usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biopsiya, Ko‘krak bezi saratoni, profilaktika, erta tashxis, gormonal omillar, mamografiya, skrining, klinika, etiologiya, genetik xavf.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014