К содержанию
РецензированоUZ2025

ALISHER NAVOIY IJODIDA UMUMINSONIY G‘OYALAR TARANNUMI

Saidova Dildora

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiy merosidan o‘rin olgan uumuminsoniy g‘oyalar, shoir g‘azallari, ruboiy va tuyuqlari misolida talqin qilinadi. Ijodkorning badiiy mahorati uning asarlari tahlili orqali aks ettiriladi. Shoir g‘azallarida tarannum etilgan mangulikka daxldor falsafiy fikr-mulohazalar keng yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: g‘oya, talqin, tahlil, falsafiy yondashuv, badiiy mahorat, estetik ideal, poetik joziba, ijodkor fenomeni. Adabiyot olamida o‘zidan o‘chmas nom qoldirgan yorqin siymo, noyob iste’dod sohibi Alisher Navoiy ijodiy merosidan o‘rin olgan turfa asarlarda ijodkorning dunyoqarashi va estetik tafakkuri o‘z ifodasini topgan. Alisher Navoiy devonlaridagi g‘azallarda va uning nasriy tarzda yaratilgan qator asarlarida bevosita ulug‘ mutafakkirning adabiy qarashlari bo‘y ko‘rsatib turadi. Shoir tomonidan qalamga olingan mavzular tarkibiga singdirilgan umuminsoniy g‘oyalar ushbu asarlarning umrboqiyligini ta’minlaydi. Alisher Navoiy adabiy merosi bag‘oyat keng ko‘lamni tashkil etadi. Muallif o‘z asarlarini yaratar ekan, davriylikdan chekinib, barcha zamonlarda ham dolzarblik kasb etuvchu mavzularga yondashadi. Ularni yetuk tafakkuriga tayangan holda keng yoritadi. Shoir asarlarida ifodalangan ezgu g‘oyalar uning hikmatlarida namoyon bo‘ladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 215 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Navoiy badiiy ijod olamida qalam tebratar ekan, bir qator go‘zal asarlar yaratdi. Bu bebaho ijod namunlari uning nomini butun jahonga yoydi. Ta’kidlash joizki, Navoiy shaxsi bashariyat oldida ulug‘ ustoz sifatida e’tirof etishga arzigulik hilqatdir. Uning asarlari qatiga jo bo‘lgan, asrlar o‘tsa-da hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan teran mazmun va umumbashariy g‘oyalar uyg‘unligi ijodkorning adabiyot olamidagi yuksak maqomini belgilaydi. Navoiy asarlari mutolaasi kishi ruhiyatiga ajib sokinlik, zavq bag‘ishlaydi. Shoirning hikmatga yo‘g‘rilgan ijodini o‘rganish jarayonida uning donishmandona falsafiylik aks etgan fikrlari ongimizga o‘rnashib qoladi. Shoir she’riyati to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi mayoq kabi bizga o‘zligimizni anglamoq va chin inson bo‘lmoq yo‘lini o‘rgatadi go‘yo. Alisher Navoiy asarlarida shoirning axloqiy qarashlari o‘z ifodasini topgan va bu ijod namunalari o‘z o‘rnida muallifning shaxsiy fikr-mulohazalari, a’moli va dunyoqarashini, xarakterini namoyon etgan. Navoiy o‘z asarlarida adabiyot zamiriga singib ketgan umumbashariy g‘oyalarni mukammal yoritgan va keng targ‘ib qilgan. Agar hikmatga bo‘lsa iltifoting, Ki bo‘lsun Nuh umricha hayoting. [Navoiy, 1968: 20]. Yuqorida keltirilgan baytda ham Alisher Navoiyning shaxsiy qarashlari aks etgan. Hikmat o‘rganishga, umuman, ilm olishga ixlosi mavjud bo‘lgan shaxslarga daho shoir Nuh umri kabi uzoq umr tilaydi va bu bilan o‘zining ham hikmatga xayrixoh ekanligini izhor qiladi. Qisqagina misralar orqali insoniyatni ilm-ma’rifatli bo‘lmoqqa chorlaydi. Biyiklik keldi himmatdin nishona, Ki himmatsizni past etdi zamona. [Navoiy, 1968: 23]. Keltirilgan baytda ham Navoiyga xos ulug‘vorlik mujassam. Shoir insonga buyuklik kelarkan, bu uning himmatli zot ekanligidan nishonaligini, agar kishi himmatsiz bo‘lsa, zamonaning o‘zi undan buyuklikni tortib olib, qadrini past qilajagini bayon etadi. Oradan qancha vaqt o‘tishiga qaramasdan ushbu baytdagi mazmun hanuz ohorini yo‘qotmagan. Inson atalmish bebaho yaratiqni himmatli bo‘lishga chorlar ekan, shoir buyuklikka, yuksak martabaga erishmoqning sodda va to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 216 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Bo‘lmas adabsiz kishilar arjumand, Past etar ul xaylni charxi baland. [Navoiy, 1968: 25]. Yuqoridagi baytda ijodkor beadab kishining el ichida qadrsiz bo‘lishi, obro‘ topolmasligini, uning martabasini falak yuksakka ko‘tarmasligini yozadi. Muallif insonning yuksalishiga eng kerakli omillardan biri sifatida unda odobning yuqori darajada bo‘lishi lozimligini bayon etadi. Adab tushunchasini Alisher Navoiy o‘zining bir qator asarlarida tilga oladi va bu sifatni ahli basharga eng zarur sifatlar qatoriga kiritadi. Darhaqiqat, kishi jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun, boshqalar nazdida o‘zining yaxshi xulq-atvorini ko‘rsatmog‘i kerak. Bunda esa uning tarbiyasi, odob- axloqi birinchi o‘rinda turadi. Navoiyning pand-nasihatlari ana shu mazmunni o‘zida mujassamlashtiradi. Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot. [Navoiy, 1968: 25]. Shoir ta’kidlagani kabi, bu o‘tkinchi dunyoga ishonch yo‘q, inson umri g‘animat. Ana shu g‘animat umrdan unumli foydalanmoq va uni ezgu maqsadlar uchun sarf etmoq joizdir. Muxtasar hayot davomida yaxshiliklar qilib, yaxshi nom qoldirmoq inson uchun eng buyuk saodatdir. Yuqoridagi misralarda shoir o‘z shiorini aks ettiradi. Alisher Navoiy nuqtayi nazari bilan olib qaraganda bu olamda insondan qoladigani faqat u qilgan ezgu ishlar va yaxshi nom, boshqa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiy merosidan o‘rin olgan uumuminsoniy g‘oyalar, shoir g‘azallari, ruboiy va tuyuqlari misolida talqin qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiy merosidan o‘rin olgan uumuminsoniy g‘oyalar, shoir g‘azallari, ruboiy va tuyuqlari misolida talqin qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talqin, badiiy mahorat, falsafiy yondashuv, poetik joziba, estetik ideal, g‘oya, ijodkor fenomeni., tahlil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники