К содержанию
РецензированоUZ2025

YUQUMLI KASALLIKLARDA VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI

YUQUMLI KASALLIKLARDA VETERINARIYA-SANITARIYA · O‘rinova Moxira Baxromjon qizi-

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Maqolada yuqumli kasalliklarda veterinariya-sanitariya Ekspertizasi jarayonida mutaxassislar bilishi lozim bo’lgan ilmiy asosli ma’lumotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur ma’lumotlarni har bir inson bilishi foydadan holi emas. Kalit so’zlar: go‘sht mahsulotlari, yuqumli kasalliklar, hayvon, odam, kuydirgi, sil, brusellyoz. Yuqumli kasalliklar odamlar uchun havfliligidan kelib chiqib ikki guruhga bo‘linadi: - Go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali odamlarga o‘tadigan kasalliklar (kuydirgi, sil, brusellyoz, ovsul, leptosperoz, listerioz, ku-lihoradka, saramas (cho‘chqa) tulyaremiya va boshqalar). - Go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali odamlarga o‘tmaydigan kasalliklar, bu guruhni o‘zi ikkiga bo‘linadi. a) odamlar kasallanadiganlar, lekin go‘sht mahsulotlari orqali o‘tmaydiganlar. (aktinomikoz, qoqshol, xavfli shish, psevdotuberkulyoz va boshqalar. b) odamlarda uchramaydigan yuqumli kasalliklar (pasterellyoz, cho‘chqa o‘lati, yomon sifatli kataral isitma va boshqalar). Hayvonlarning yuqumli kasalliklarini bunday turkumlanishi sanitariya ekspert vrachlarini asosiy e’tiborini birinchi guruh kasalliklariga qaratadi va agar bunday kasalliklar so‘yishdan oldin va keyin aniqlanganda qanday chora tadbirlar ishlab chiqish va bajarish kerakli haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. KUYDIRGI- (Anthrax). Kuydirgi atropozoonoz kasallik bo‘lib, barcha qishloq xo‘jalik xayvonlari, ko‘p turdagi yaylov hayvonlar va odamlar kasallanadi. Kasallik og‘ir zaharlanish sepsimiya belgilari va karbunkulalar hosil bo‘lishi bilan harakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchisi- Basillis antrakcis. Harakatsiz, gramm musbat aerob https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 221 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tayoqcha bo‘lib, uzunligi 4-8 mkm gacha, qalinligi 1-1,5 mkm. Tashqi tomondan kapsula bilan o‘ralgan zanjirsimon ip hosil qiladi. Organizmdan tashqari muhitda 15- 42o haroratda, 8-10 soatdan keyin, tashqi muhitga chidamli mustahkam qobiq (kapsula ) hosil qiladi. Kasallik mikroblari 60o C horaratda 1 soatda, 50 % li Xlorli ohak eritmasi ta’sirida 15-20 daqiqada, 10 % li natriy va kaliyli ishqor eritmalari ta’sirida 2 soat va avtoklavda 125-130o da 30 daqiqada halok bo‘ladi. So‘yishdan oldin diagnoz qo‘yish: Kuydirgi - o‘tkir, yashinsimon va surunkali kechadi. Hamda teri va o‘pka va ichak formasi kuzatiladi. Qoramol va qo‘ylarda ko‘pgina holatda kasallikni o‘tkir formasi hos bo‘lib, qo‘ydagi klinik belgilar namoyon bo‘ladi. Tana horarati 40-42o C ga ko‘tariladi, holsizlanish, nafas olishi va yurak urishi tezlashadi, tashqi shilliq qobiqlar ko‘karadi, ich qotishi yoki qon o‘tadi, ba’zida qon siydik bilan ham ajraladi.Teri yoki karbunkulyoz forma ko‘pincha qoramollarda, ayrim paytlarda qo‘ylarda uchraydi. Teri formasida tanani turli joylarida og‘riqli shishlar paydo bo‘ladi, qoramollarda ba’zi hollarda og‘izda haltasimon shishlar hosil bo‘ladi shilliq pardada. Bu formada ham tana harorati ko‘tariladi. Surunkali - holatda kasallangan hayvonlar tez oriqlaydi va pastki jag‘ ostida shish (infil’trat) paydo bo‘ladi, keyinchalik bosh oblasti limfa tugunlari kattalashadi, bu formada kasallik 2-3 oy davom etishi mumkun. Ichak formasi - kasallikni bu holatda kechishi ham uchraydi, bunda hayvonlarda tinchsizlanish, ich ketish, ich og‘rig‘i kuzatiladi. Cho‘chqalarda yuqorida keltirilgan belgilar bo‘lmasdan, balki holsizlanishi, charchash, yorug‘likdan qo‘rqishi va ovqatlanmaslik kuzatiladi. ko‘pincha cho‘chqalarda kasallikni angina formasi uchraydi, bunda hiqildoq yallig‘lanadi, bosh oblasti limfa tugunlari kattlashadi. Yutish va nafas olishi qiyinlashadi, yo‘tal paydi bo‘ladi. Kasallikning o‘pka formasi juda kam uchraydi. Bunda o‘pka shishlari paydo bo‘lishi bilan harakterlanadi. So‘yilgandan keyin diagnoz: Kuydirgi kasalligida asosiy patologoanatomik o‘zgarish teri osti klechatkasida, limfa tugunlarda, hamda ichki organlarda ko‘riladi. Teri osti klechatkasida gemoragik yiringli shishlarni ko‘rish mumkin. Bunday shishlar tananing turli joylarida masalan qorin, yelka, ko‘krak, yelin va boshqa https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 222 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 qismlarda paydo bo‘lishi mumkun. Shishlar atrofidagi limfa tugunlari ham kattalashgan qattiq qisib ko‘rilganda gemmoragik -ekssudativ yallig‘lanish holatida bo‘ladi. Ichki organlardan taloq 3-4 marta kattalashgan, yumshoq, parenhimasi ezilgan qoramtir rangda. Jigar konsistensiyasi idragan, yuzasida ko‘p qon quyilishlar, atrofidagi limfa tugunlari kattalashgan, buyrakda ko‘p qon quyilishlar kuzatiladi. Cho‘chqalarda alohida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ularda surunkali angina formasida kuzatiladi. Bunda halqum va hiqildoqda limfa tugunlari yiriklashadi, konsistensiyasi yumshaydi, kesilganda yuzasi to‘q qizil rangda bo‘lib tugun atrofida esa shilimshiq qonli shishlar va yiring ko‘rinadi. Kuydirgi kasalligining boshqa o‘xshash kasalliklardan farqi (differensal): Kuydirgi kasalligi qoramollarda qorason,

Доказательный фрагмент

«Maqolada yuqumli kasalliklarda veterinariya-sanitariya Ekspertizasi jarayonida mutaxassislar bilishi lozim bo’lgan ilmiy asosli ma’lumotlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yuqumli kasalliklarda veterinariya-sanitariya Ekspertizasi jarayonida mutaxassislar bilishi lozim bo’lgan ilmiy asosli ma’lumotlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kuydirgi, hayvon, brusellyoz., sil, go‘sht mahsulotlari, yuqumli kasalliklar, odam
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники