Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU ALI IBN SINO BUYUK QOMUSIY ALLOMA
To`raqulov Elbek Murodullayevich · Ilmiy rahbar: Maxmudova Aziza · Nugmanovna, professor
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Abu Ali Ibn Sina (Avicenna) is one of the greatest thinkers of the Middle Ages, whose works are important in the fields of philosophy, medicine, ethics and artistic depiction. He was born in 980 in Bukhara and died in 1037 in Khorasan. Ibn Sina achieved revolutionary achievements in the field of medicine with his work "The Canons of Medicine" (Kitab al-Qanun fi al-Tibb), which served as the main medical manual in Europe and the Islamic world for centuries. Through his philosophical ideas, Ibn Sina deeply studied logic, metaphysics and ethical issues, trying to see the mental and physical state of man as a whole. Key words: philosophy, medicine, ethics, fiction, human psychology, logic, "The Canons of Medicine", Middle Ages. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16- avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 256 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning „Metafizika“ asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sino ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizikaning maqsadlari haqida“gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Ibn Sino tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati katta. Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi „Tib qonunlari“ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014-yil olim Jurjonni yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir etdi. U qulanj (Kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yoʻlda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga 1952-yilda maqbara ishlangan (meʼmori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga bagʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz ichiga oladi. Zamondoshlari Ibn Sinoni „Shayx ar-Rais“ („donishmandlar sardori, allomalar raisi“); „Sharaf al-mulk“ („Oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al- haqq“ („Rostlikka dalil“); „Hakim al- vazir“ („Donishmand, tadbirkor vazir“) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan arab tilida, baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon boʻla oladi, deb tushunadi. Ibn Sino mantiqni ilmiy bilishning, mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. „Mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga mantiq, matematik, fizik, psixolog, faylasuf va buyuk fors va tojik tillari o‘qituvchisi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 257 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ibn Sino turli fanlar boʻyicha 450 dan ortiq risolalar yozgan boʻlsa, ulardan faqat 240 tasi bizgacha yetib kelgan. Bu dissertatsiyalar fanning aksariyat sohalarini qamrab olgan bo‘lib, xususan, ularning 150 tasi falsafa, 40 dan ortig‘i esa tibbiyot sohasiga oid. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Ha
Доказательный фрагмент
«Abu Ali Ibn Sina (Avicenna) is one of the greatest thinkers of the Middle Ages, whose works are important in the fields of philosophy, medicine, ethics and artistic depiction.»
Образец извлечения
Демо-превьюAbu Ali Ibn Sina (Avicenna) is one of the greatest thinkers of the Middle Ages, whose works are important in the fields of philosophy, medicine, ethics and artistic depiction. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- philosophy, medicine, ethics, fiction, human psychology, logic, "The, mantiq, o’rta asrlar., badiy adabiyot, axloq, falsafa, ’’Tib qonunlari’’, tibbiyot, inson psixologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025