К содержанию
РецензированоUZ2025

KASBIY TA’LIMDA KIMYO FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR

Abdiyeva Sitora Turdiboy qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqola kasbiy ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitish va o‘rganishda zamonaviy metodlar va texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘qituvchining innovatsion yondashuvlari, mas’uliyat hissi, darslarga yangiliklar kiritishi hamda darslarning qiziqarli va jonli o‘tishini ta’minlash haqida. Kalit so‘zlar: innovatsiya, texnologiya, samaradorlik, amaliyot, axborot- kommunikatsiya, laboratoriya. Yangi davr bugungi o‘qituvchilar zimmasiga yangi vazifalarni va bir qancha mas’uliyatlarni yuklamoqda. Zamonaviy texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan kimyo fanini o‘qitish an’anasi ham sezilarli darajada o‘zgardi. Hozirgi kunda sanoat va ishlab chiqarish sohalari jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitda, bo‘lajak mutaxassislarga kimyo asoslarini chuqur o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, xususan, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish zaruriyati Prezidentimizning ko‘plab nutqlarida va qarorlarida o‘z aksini topgan. Bu esa kimyo fani o‘qituvchilaridan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilg‘or o‘qitish uslublarini joriy etishni, yosh avlodni kimyoviy jarayonlar va texnologiyalar ko‘nikmalarini puxta egallashga tayyorlashni talab etadi. Zamonaviy ta’lim standartlarida, jumladan, mutaxassislik fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish alohida qayd etilgan. Misol uchun, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 278 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 hukumatimiz qarorlari bilan tasdiqlangan ta’lim tizimini rivojlantirish dasturlarida “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bolalar va yoshlarning qiziqishlari hamda intilishlarini inobatga olgan holda: televideniye, shu jumladan, mahalliy telekanallar orqali bolalar va o‘smirlarga kimyo asoslari, ishlab chiqarish texnologiyalari va ekologik savodxonlikni o‘rgatishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va efirga uzatishni; turli korxona va tashkilotlarning faoliyati, dunyo sanoati va texnologiyalariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop, chet el badiiy va multiplikatsion filmlarini o‘zbek tilida subtitrlar bilan muntazam namoyish etishni; “ZiyoNet” tarmog‘i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilish resurslaridan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishni, uning resurs markazini multimedia resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalar uchun ilovalar bilan boyitishni, shuningdek, kimyo va texnologiyaga oid o‘quv va badiiy adabiyotlarni, ixtisoslashtirilgan rasmli gazetalar va jurnallarni nashr etishni, ular uchun maxsus bo‘limlar va ilovalar tashkil etishni” ta’minlash belgilangan. Shu bois, barcha kimyo fani o‘qituvchilari o‘z darslarini yanada jozibali qilish uchun texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini his etmoqdalar. Bugungi kunda O‘zbekistonda texnik va kasbiy savodxonlikni oshirishning ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda. Bir qator kimyo sohasi mutaxassislari kimyo asoslarini o‘rgatishning yangi usullari va yo‘llarini joriy etmoqdalar. Bu, albatta, texnik ta’lim samaradorligini yanada oshiradi. Ta’limda texnologiyadan foydalanish bir qancha noyob afzalliklarni beradi. Qolaversa, bu o‘qitish tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va o‘z navbatida, o‘quvchiga zamon bilan hamnafas bo‘lishga va olg‘a intilishga yordam beradi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 279 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Texnologiya an’anaviy o‘qitish usullarini asta-sekin almashtirmoqda. Bugungi kunda televizorda muntazam ravishda kimyo asoslarini o‘qitishga yordam beradigan ko‘plab yangi dasturlar va ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida texnologiyadan foydalanishning yangi zamonaviy innovatsion usullari joriy etilgan. Masalan, multimedia asosida kimyo asoslarini o‘rganayotgan talabalar qiziqarli materiallar orqali ham ko‘rib, ham eshitib o‘rganish orqali to‘rt ko‘nikmani (tinglash, gapirish, o‘qish, yozish) rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, talabalar jonli harakatlarni kuzatib, ba’zi atamalarning ma’nosini taxmin qilishlari va ularni tushunishga harakat qilishlari mumkin. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar yordamida esa xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda, murakkab kimyoviy tajribalarni o‘rganish imkoniyati yaratildi. Tabiiyki, har qanday kimyo darslarida kompyuter, proyektor, elektron doska, maxsus dasturlar (masalan, kimyoviy formulalar va reaksiyalarni modellashtirish dasturlari, interaktiv davriy jadval) kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada rivojlantiradi, yosh avlodning kimyoviy ko‘nikmalarini tezroq o‘rganishiga imkon beradi. Kimyo darslarida ayrim o‘qituvchilarni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola kasbiy ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitish va o‘rganishda zamonaviy metodlar va texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘qituvchining innovatsion yondashuvlari, mas’uliyat hissi, darslarga yangil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola kasbiy ta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitish va o‘rganishda zamonaviy metodlar va texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘qituvchining innovatsion yondashuvlari, mas’uliyat hissi, darslarga yangil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsiya, texnologiya, samaradorlik, laboratoriya., axborot kommunikatsiya, amaliyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники