К содержанию
РецензированоUZ2025

AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING PSIXODIAGNOSTIK FAOLIYATI MEZONLARI

Xojiyeva Adolat Mirasatovna-

Образование наука и инновационные идеи в мире · 7 · 2025

Аннотация

Maqolada amaliyotchi psixologlarning psixodiagnostik faoliyati davomida amal qilishi lozim bo‘lgan mezonlar tahlil qilingan. Shuningdek, samarali faoliyatni ta’minlashga yordam beruvchi asosiy axloqiy qoidalar mohiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: psixologik xususiyatlar, qiziqish, mayl, iqtidor, psixodiagnostik faoliyat, mezon, intellektual daraja Psixodiagnostik ishlar asosan ta’lim muassasalarida shaxslarni psixologik- pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyadagi nuqsonlar sababini aniqlashga mo‘ljallangan. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakkahol (individual) tarzda o‘tkaziladi. Bu borada amaliyotchi psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida, psixolog o‘quvchilarni psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning kamolot darajasini belgilaydi. Pedagog va xizmatchilarni kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his tuyg’ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. 2. Psixolog o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqish, mayli, iqtidorliligi, imkoniyati cheklanganlik holatlari kabilarni o‘rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko‘rsatadi. 3.Ta’lim muassasalarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika qiladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 315 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 4. O‘quvchilarni o‘z tengqurlari va o‘zgalar bilan muomalasini o‘rganish uchun ularni tekshiradi. Ularning etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan holda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtiradi. 5. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda, differensial-diagnostikani amalga oshiradi: nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi; assotsial xulq-atvor sabablari va shakllarini belgilaydi; giyohvandlik, toksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi va boshqalar. 6. Rahbar kadrlar, pedagog va xizmatchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish. 7. Muassasa xodimlari va xizmatchilarning sinov (adaptatsiya) muddatini o‘rganish va amaliy ko‘rsatmalar berish. 8. Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo’yicha ilmiy psixologik bashorat (prognoz) qilish, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfdan ma’muriyatni ogoh etish. Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar to‘plash va ularni umumlashtirib, yakkahol tavsiyalar yaratish. 9. Chet el bilan aloqa qilish, kadrlar malakasini oshirish, ularning intellektual potensialini (imkoniyatlarini) aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish imkoniyati, ta’lim muassasasining nufuzi to‘g‘risida materiallar yig‘ish, ularni psixologik tahlili qilish va maslahatlar berish. 10. O‘quv qo‘llanmalarning sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar, o‘quvchilarning davlat mulkiga munosabati haqida ma‘lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatga, kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash. 11. O‘quvchilarning talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, pozitsiyasi, maslagi, turmushga munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish. 12. O‘quvchilarning ekologik, iqtisodiy, siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqillikni mustahkamlash imkoniyatini o‘rganish, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 316 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tadbirlar tizimini ishlab chiqish. 13. An’anaviy ta’lim va tarbiya metodlari yutuq hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini sinab ko‘rish, ularga nisbatan munosabatini aniqlash va shularga asosan o‘qitishni individuallashtirish, differensiyalash bo‘yicha rahbatiyatga ko‘rsatmalar tavsiya qilish. 14. Iqtidorli yoshlar, yosh mutaxassislar, yosh ijodkorlarni tanlashda ishtirok qilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib ularga rag‘batlantirishlar belgilashga tavsiyalar ishlab chiqish. 15. Xodimlar, o‘quvchilar ijodiy faoliyati mahsuldorligini, to‘garaklar faolligini ko‘tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo‘yicha musobaqalar, bahslar tashkil qilish va ularning mahsuli to‘g‘risida bashorat qilish. 16. O‘quvchilar o‘rtasida bo‘sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik nuqtai-nazardan tekshirish va bo‘sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo‘llari, ulardan etnopsixologik bi

Доказательный фрагмент

«Maqolada amaliyotchi psixologlarning psixodiagnostik faoliyati davomida amal qilishi lozim bo‘lgan mezonlar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada amaliyotchi psixologlarning psixodiagnostik faoliyati davomida amal qilishi lozim bo‘lgan mezonlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixodiagnostik faoliyat, intellektual daraja, psixologik xususiyatlar, iqtidor, mezon, qiziqish, mayl
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники