Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIKUVCHILIK FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING SAMARADORLIGI
Boltaeva Manzura Majidova
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada kasbiy ta’lim tizimida tikuvchilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Unda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, kompetensiyaviy yondashuv kabi zamonaviy yondashuvlarning dars jarayonlariga tatbiqi va ularning amaliy samaradorligi yoritilgan. Maqolada tikuvchilik fanining o‘ziga xos jihatlari, ya’ni nazariya va amaliyotning uyg‘unligi, ijodiy yondashuv va texnik ko‘nikmalarni talab qilishi asosida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, darsga qiziqishni oshirish va ularni real mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli keng yoritilgan. Pedagogik tajriba va tahlillarga asoslangan holda maqolada o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola, politexnikumlar va kollejlarning tikuvchilik fani o‘qituvchilari hamda ta’lim metodistlari uchun foydali metodik manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar Milliy kiyimlar, naqshlar, bezaklar, dizayn, texnalogiya, iqtsod; ANNOTATION This article analyzes the role and importance of modern pedagogical technologies in teaching the subject of sewing within the vocational education system. It highlights the application and practical effectiveness of interactive methods, information and communication technologies (ICT), project-based learning, and competence-based approaches in the teaching process. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 333 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 The article emphasizes the specific characteristics of the sewing subject — such as the integration of theory and practice, the need for creative approaches, and the development of technical skills — and provides practical recommendations for organizing lessons accordingly. Furthermore, it outlines how the implementation of modern technologies helps to develop students’ professional competencies, increases their interest in the subject, and prepares them for real-world labor market demands. Based on pedagogical experience and analytical observations, the article offers actionable suggestions for sewing instructors. This article serves as a useful methodological resource for teachers, methodologists, and educators working in vocational colleges and polytechnic institutions specializing in sewing and garment production. Key words National clothes, patterns, decorations, design, technology, economy; KIRISH Hozirgi globallashuv jarayonida ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, kasbiy ta’lim sohasida o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlar bilan, balki amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirilgan bo‘lishi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyiliga mos holda har bir soha mutaxassisini zamon talablari darajasida tayyorlash ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 334 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Tikuvchilik sohasi — yengil sanoatning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, milliy iqtisodiyotda alohida o‘rin egallaydi. Ayni vaqtda ushbu soha bo‘yicha malakali mutaxassislarni yetishtirish uchun kasb-hunar maktablari, politexnikumlar va kollejlar tizimi faoliyat yuritmoqda. Tikuvchilik — bu nafaqat kasb, balki san’at va hunarmandchilikni o‘zida mujassam etgan murakkab faoliyatdir. U zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishni, dizayn va modani his etishni, shuningdek, milliy an’analarni saqlagan holda yangi mahsulot yaratishni talab qiladi. Shu boisdan, bu sohada ta’lim berayotgan pedagoglarning roli beqiyosdir. O‘qituvchi zamon bilan hamnafas bo‘lib, dars jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishi lozim. An’anaviy usullar o‘z samarasini to‘liq bermayotgan bir sharoitda, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, kompetensiyaviy yondashuv kabi zamonaviy yondashuvlar o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 335 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasiga, balki ularning kasbiy kompetensiyalarining shakllanishiga, mustaqil fikrlash qobiliyati va ijodiy salohiyatining rivojlanishiga olib keladi. Ayniqsa, tikuvchilik fanini o‘qitishda nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini ta’minlashda bu usullar samarali hisoblanadi. Tikuvchilik sohasining o‘ziga xosligi — bu kasbga oid bilimlarni amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘lab o‘qitishni talab qilishi bilan ajralib turadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan doimiy izlanish, yangilikka ochiqlik, metodik kompetensiyan
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada kasbiy ta’lim tizimida tikuvchilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada kasbiy ta’lim tizimida tikuvchilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- National clothes, patterns, decorations, design, technology, economy, iqtsod, bezaklar, Milliy kiyimlar, naqshlar, dizayn, texnalogiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025