К содержанию
РецензированоUZ2025

MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI O‘RGANISH.

НАСЛЕДИЯ МИРЗО УЛУГБЕКА. · Shamshod Nosirjonovich G’ofurov.

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

the article discusses the life path of the statesman, great scientist and general Mirzo Ulugbek, his great services and great contribution to the Movarounnahr state and world culture and politics. Mirzo Ulug'bek's scientific researches in the field of astronomy and their importance today are also presented. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 251 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Kalit so’zlar: kuchli siyosatchi, ilmiy meros, Ziji Ko’ragoniy, Ma’mun akademiyasi, rasadxona, astronomiya, usturlob, munajjimlar, Shohrux, Ali Qushchi. Ключевые слова: сильный политик, научное наследие, Зиджи Корагоний, Академия Мамуна, обсерватория, астрономия, астролог, астрологи, Шахрух, Али Кушчи. Key words: strong politician, scientific heritage, Ziji Koragoniy, Ma'mun Academy, observatory, astronomy, astrologer, astrologers, Shahrukh, Ali Kushchi. Asosiy qism Mirzo Ulug‘bek – Amir Temurning nabirasi, buyuk o‘zbek astronomi, matematigi va davlat arbobi. Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy – 1394-yil 22- mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida, Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1394-yilda Amir Temur Iroqdagi Mordin qal’asini qamal qiladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha, Amir Temurga nabirasi tug‘ilgani haqida xabar keltiriladi va munajjimlar uning hukmdor va olim bo‘lishini bashorat qiladi. Temur ushbu xushxabar tufayli Mordin qal’asi qamalini to‘xtatadi va uning xalqiga yuklangan tovonni bekor qiladi. Yangi tug‘ilgan nabiraga Muhammad Tarag‘ay ismi beriladi. Ulug‘bek 1447-yilda otasining vafotidan xabar topgach Balxga jo‘naydi. Bu yerda u marhum akasi Boysung‘urning o‘g‘li Alovuddavlaning Hirotda Temuriylar saltanati hukmronligini da’vo qilganidan xabar topadi. Ulug‘bek Alouddavlaga qarshi yurish qiladi va Murg‘obda bo‘lib o‘tgan jangda u bilan uchrashadi. O‘z jiyani ustidan g‘alaba qozonib, 1448-yilda Hirotga qarab yuradi. Biroq https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 252 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Alouddavlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo unga yordamga kelib birgalikda Ulug‘bekni mag‘lub etishadi. Ulug‘bek Balxga chekinadi va u yerda to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullatif Mirzo ison ko‘targanidan xabar topadi. Shahardagi notinchlik xabarini eshitib, Ulug‘bek hech qanday jang bo‘lmasdan Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Abdullatif tez orada Samarqandga yetib boradi va Ulug‘bek beixtiyor o‘g‘liga taslim bo‘ladi. Abdullatif otasini hibsdan ozod qilib, Makkaga haj qilishiga ruxsat beradi. Biroq, manziliga yetib bormasdan turib otasi va ukasi Abdulazizni ham 1449-yilda qatl qildirdi. Ulug‘bek davrida Samarqand ilm-fan o‘choqlardan biriga aylangan. U yerda 15- asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan katta ilmiy maktab vujudga keladi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiylar va boshqalar yashagan. Ular o‘z davrining eng ilg‘or fikrli va ilmli kishilari bo‘lgan. Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Zij”i bo‘lib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Guragoniy” deb ham ataladi. “Zij”dan tashqari uning qalamiga mansub matematik asari “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, astronomiyaga oid “Risolayi Ulug‘bek” (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarh universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) asaridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ulug‘bek tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan. Jumladan, Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida unng she’rlaridan namunalar keltirib o‘tgan. Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng Samarqand olimlari asta-sekin Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketadi. Olimlar o‘zlari borgan yerlarda Samarqand olimlarining yutuqlari va “Zij”ning nusxalarini ham yetkazadilar. Xususan, Ali Qushchi 1473-yil Istanbulga borib, rasadxona quradi. Shunday qilib Ulug‘bekning https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 253 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ushbu yirik asari Turkiyada tarqaladi va u orqali Yevropa mamlakatlariga yetib boradi. Masalan, 1638-yili Istanbulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universitetining professori Jon Grivs (1602—1652) keladi. Qaytishida u o‘zi bilan Ulug‘bek “Zij”ining bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648-yili avval “Zij”dagi 98 yulduzning jadvalini chop etadi. O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi geografik jadvalni ham nashr etadi. 1650-yili esa u “Zij”ning birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi. Grivs 1652-yili mazkur oxirgi ikki ishni qayta nashr etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda “Zij” asarining yuzga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan

Доказательный фрагмент

«the article discusses the life path of the statesman, great scientist and general Mirzo Ulugbek, his great services and great contribution to the Movarounnahr state and world culture and politics.»

Образец извлечения

Демо-превью

the article discusses the life path of the statesman, great scientist and general Mirzo Ulugbek, his great services and great contribution to the Movarounnahr state and world culture and politics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
strong politician, scientific heritage, Ziji Koragoniy, Ma'mun, Ziji Ko’ragoniy, munajjimlar, kuchli siyosatchi, Ma’mun akademiyasi, ilmiy meros, rasadxona, Shohrux, astronomiya, Ali Qushchi., usturlob
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники