К содержанию
РецензированоUZ2025

“DORILAR HAQIDA MA’LUMOT.DORILARNING FARMAKALOGIK XOSSALARI” MAVZUSIDA

XOSSALARI” MAVZUSIDA · Abduvaliyeva Muhabbat Ma’rufjonovnaning

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o‘simlik xomashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari haqida mulohazalar ilgari surilgan. Kalit so‘z: substansiya, tibbiy buyumlar, farmasevtik faoliyati, muqobillik sertifikat, infeksion eritma. Asosiy qism: Dori vositalari - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; Dori moddalari (substansiyalar) - farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar; Dori preparatlari - dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanish uchun tayyor dori vositalari; Sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum - yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum; Tibbiy buyumlar - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 303 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; farmatsevtika faoliyati - dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat; Muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat; dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasi - xomashyo, oraliq mahsulot yoki tayyor mahsulotning boshqa xomashyo yoki tayyor mahsulot bilan texnologik jarayon vaqtida, tashish yoki saqlashda ifloslanishi. Dori - kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday dorini odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. Dorilar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim dorilar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi. Taʼsiriga koʻra, yurak dorilari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa dorilar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan doŕilar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa dorilar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. Dorilarning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozaga bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha doriga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun dorìni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak. Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi dorilar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi. Dorini koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz dorilarni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 304 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Organizmga kirgan dorilar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi. dorilar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir dorini yaroqlilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan dorilar xili bir qadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur. Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining tarkibi, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari va sterilizatsiya rejimlari Inyeksion va infuzion eritmalar Inyeksiya uchun suv 1 l gacha Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir n

Доказательный фрагмент

«Dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o‘simlik xomashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalani…»

Образец извлечения

Демо-превью

Dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o‘simlik xomashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalani… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
infeksion eritma., tibbiy buyumlar, substansiya, muqobillik sertifikat, farmasevtik faoliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники