Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDOGOGIK KASBIY KO‘NIKMALARNING TA’RIFI, TURLARI VA UNING PEDOGOGIK JARAYONLARDAGI AHAMIYATI
Matquliyev Jasurbek Davlatnazar o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada pedogogik mahorat va pedogogik kasbiy ko‘nikmalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, bugungi zamon ta’limi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq ekanligi pedagogika orqali yoritiladi. Kalit so‘zlar: Pedogogik kasbiy ko‘nikma, pedogogik mahorat, Kreativ fikrlash,“Yangi pedagogik texnologiyalar”, “Innovatsion uslublar”, “Interaktiv metodlar”, didaktik qobiliyat, akademik qobiliyat, avtoritar qobiliyat, perseptiv qobiliyat va nutq qobiliyati. Bugungi kunda pedagogika yo`nalishida olib borilgan tadqiqotlar va ilmiy yondoshuvlar pedagogik mahorat o`qituvchining kasbiy faoliyatidagi eng zaruriy bo`lgan qobiliyatlardan ekanligini ta`kidlab, asoslamoqda. Pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi chunki xar bir pedagogning mahorati boshqa pedagognikidan tubdan farqlanadi. Hozirgi zamon pedagog shaxsi uchun eng muhim asos- xar taraflama rivojlanganlikdir. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo‘lgan shaxs sifatida o`zi o`tadigan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo‘lish bilan birga bilimlarni yetkazib berish mahoratiga ham ega bo`lishi shart. Pedagogik mahorat arab tilidan tarjima qilinganda “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik” degan ma`nolarni bildirib kasbiy faoliyatni ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, kо‘nikma va malakalar majmui xisoblanadi. Pedagogik mahorat – tug‘ma yoki nasldan–naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat yotadi. Agar pedagogning kasbiy rivojlanganlik dasturiga qaralsa, u holda birinchi o‘ringa uning integral sifati –mahoratidan iborat ekanligini ko`rishimiz https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 24 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 mumkin. Pedagogik keng qamrovli tushuncha bo`lib, o`qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarini tahlilliy o`rganish natijasida pedagogik mahoratga berilgan taʼriflar shuncha ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari ifodalanadi. Mashhur o`zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’z asarlarida o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida to`xtalib o`tib bolaning sog’lom bo’lib o’sishida ota-onalar o’ziga xos rol o’ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o’qituvchining o’rni beqiyos ekanligini ta`kidlaydi. Xususan, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdur»[2] - deydi. Buyuk pedagog olim Yan Amos Komenskiy o’z davrida o’qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roli katta deb xisoblaydi, uning fikricha, pedagog o’z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o’z qadr-qimmatini to’la baholay bilishi zarur. Ya.A.Komenskiy o’qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqligiga urg’u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o’z ishini sevuvchi, o’quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg’otuvchi, o’quvchilarni o’z ortidan ergashtiruvchi. K.D.Ushinskiy o’qituvchi ma`naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to’g’risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g’oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o’qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi. Pedagogning kasbiy mahorati – bu maʼlum shaxsiy (xayrixoxlik, tushunish, hamdard bo`lish) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi, kommunikativligi, tashkilotchiligi va h.k.) fazilatlarining yig‘indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik tayyorgarligida, talabalarga ta`lim va tarbiya berishning optimal yo‘llarini izlab topishida namoyon bo‘ladi. Pedagogning kasbiy kompetentligi keng doirada o`rganilib, egallashi zarur bo`lgan qobiliyatlari ham bir nechtani tashkil etadi. Masalan: Didaktik qobiliyat- bu talabalarga o’quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, talabalarda fanga qiziqish uyg’otib ularda mustaqil faol fikirlashni rivojlantira oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo’lgan https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 25 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 o’qituvchi zarurat tug’ulganda qiyin materialni osonroq murakkabrog’ini soddaroq, tushunish qiyin bo’lganini tushunarliroq qilib talabalarga yetkazib bera oladi. Akademik qobiliyat - bu o’qituvchining o’zi o’qitadigan fani shuningdek boshqa fanlardan ham chuqur va keng bilimlarga ega bo’lish qobiliyatidir. Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha o’qituvchi o’z fani bo’yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olishi uchun yuksak madaniyatli har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam bolmog’i
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada pedogogik mahorat va pedogogik kasbiy ko‘nikmalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, bugungi zamon ta’limi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to’liq am…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada pedogogik mahorat va pedogogik kasbiy ko‘nikmalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, bugungi zamon ta’limi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to’liq am… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- perseptiv qobiliyat va nutq qobiliyati., akademik qobiliyat, Kreativ fikrlash, didaktik qobiliyat, “Interaktiv metodlar”, pedogogik mahorat, “Innovatsion uslublar”, Pedogogik kasbiy ko‘nikma, “Yangi pedagogik texnologiyalar”, avtoritar qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025