К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIXIY ASARLARNI TARJIMA QILISH MUAMMOLARI: USLUB, OBRAZLILIK VA MILLIY KOLORIT

Umida Abdullayeva Abdumutal qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tarixiy asarlarning tarjimasi murakkab va ko‘p qirrali lingvistik hamda madaniy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Tarjimada muallif uslubining saqlanishi, obrazlilik vositalarining adekvat talqini va milliy koloritning tabiiy uzatilishi kabi jihatlar alohida urg‘uga ega. Muallif tarjima jarayonining madaniyatlararo kommunikatsiyadagi o‘rni, tarjimonning dunyoqarashi va individual yondashuvlari, shuningdek, pragmatik adaptatsiya zarurati haqida batafsil to‘xtaladi. Maqolada Yujin Nayda, Roman Jakobson kabi tarjima nazariyotchilari fikrlariga tayanilgan holda ekvivalentlik, stilizatsiya va zamonaviylashtirish kabi tarjima strategiyalari muhokama qilinadi. Abdurauf Fitrat va G‘afur G‘ulom singari o‘zbek tarjimonlarining faoliyati misolida milliy ruhni saqlagan holda muvaffaqiyatli tarjima namunalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tarixiy matnlarni tarjima qilishda lingvistik, madaniy va tarixiy bilimlarning uyg‘unligi zarurligi ta’kidlanadi. Maqola tarixiy asar tarjimasini samarali amalga oshirish uchun kompleks yondashuvning muhimligini asoslab beradi. Kalit so‘zlar: tarixiy asar, tarjima nazariyasi, madaniyatlararo kommunikatsiya, ekvivalentlik, stilizatsiya, milliy kolorit, pragmatik adaptatsiya. Tarixiy asarlarning tarjimasi murakkab lingvistik va madaniy jarayon bo’lib, bunda asarning uslubi, obrazlilik xususiyatlari hamda milliy koloritining adekvat uzatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Uslubiy jihatdan, tarjimon muallifning individual yozuv uslubini saqlab qolishi, leksik-semantik o’ziga xosliklarni iloji boricha aniq aks ettirishi lozim1. Obrazlilik esa metaforalar, simvolik ma’nolar hamda 1 N.M.O’rmonova. Tarjimada tarixiy-arxaik leksikani aks ettirish prinsiplari va tarjima aniqligi (o’zbek klassik adabiyotidan fransuz tiliga qilingan tarjimalar tahlili asosida), Fil.fan.nomzodi dissertatsiyasi, Toshkent, 2008 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 59 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tarixiy konnotatsiyalarning to’g’ri talqin qilinishini talab qiladi, chunki ular asarning estetik va semantik yaxlitligini ta’minlaydi. Milliy kolorit masalasida esa tarjimon muayyan xalqning tarixiy-madaniy kontekstini chuqur anglab, etnografik tafsilotlarni, folklor elementlarini va lingvistik realiyalarni buzib ko’rsatmasdan, ularni maqsad til tizimida tabiiy va adekvat uzatishi zarur. Shu bois, tarixiy asar tarjimasi nafaqat til va adabiyotga oid bilimlarni, balki madaniyatshunoslik, tarix hamda semiotika singari fanlar bilan uzviy aloqador yondashuvni talab etadi. Tarjima qilinayotgan asar madaniyati (manba tiliga mansub muhit) va tarjimani qabul qiluvchi muhit madaniyati (tarjima amalga oshirilayotgan til va madaniyat) o’rtasidagi muqarrar tafovutlar sababli, manba matni ikki xil qarash tizimi – mahalliy va “begona” dunyoqarash sistemalarining parallel qabul qilinishi sifatida namoyon bo’ladi2. Bunda asliy matn muallifi hamda tarjimon, shaxs sifatida o’ziga xos dunyoqarash, obrazlilik darajasi, hissiylik kabi turli xususiyatlarga ega bo’lib, bu holat manba asliyatiga ham, uning tarjimasiga ham ta’sir ko’rsatadi va ular o’rtasida muayyan tafovutlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Shunday ekan, tarjimonning vazifasi – manba tilining madaniy asoslarini anglash va muallif maqsadini to’g’ri yetkazib berishning individual usulini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu jarayonda ikkita turli til va madaniyatni imkon qadar mohirona va aniq yaqinlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifani amalga oshirish quyidagi ikki yo’nalishda olib boriladi: 1. “Begona” muhitning real voqeligini qayta yaratish; 2. Ushbu voqelik faktlarini qayta idrok etish va ularni qabul qiluvchi muhit auditoriyasi uchun tushunarli bo’lgan til vositalari orqali tasvirlash. Manba matnida aks ettirilgan “begona” muhit realiyalarini aniq qayta yaratish uchun uning madaniy va tarixiy rivojlanish xususiyatlarini batafsil o’rganish talab etiladi. Ushbu realiyalarni aks ettirish jarayonida semantik birliklarning uzatilishida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin, chunki har bir xalqning madaniy, tarixiy, etnografik va boshqa o’ziga xos jihatlari mavjud bo’lib, bu tarjima jarayonida hisobga 2 Ю.Е.Комлева. Проблемы и методы исторического перевода. ИСТОРИЧЕСКИЙ ПЕРЕВОД. 2008. Стр, 202 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 60 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 olinishi kerak. Tarjima jarayonida turli tillar tizimi va madaniy an’analar solishtiriladi, bu esa matnning pragmatik adaptatsiyasini talab qiladi. Bunday moslashuv manba matnining butun axborot hajmini qabul qiluvchi muhit auditoriyasiga yetkazish va manba muallifi erishmoqchi bo’lgan hissiy va semantik ta’sirni yaratish imkonini beradi. Demak, tarjimon boshqa til “ruhi”ning mohiyatiga chuqur kirib borishi va boshqa madaniyat kodlari orqali predmetli matnning anglashilishiga yordam berishi lozim. Bunday holatlarda samarali tarjima faqat kompleks yondashuv yordamida amal

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tarixiy asarlarning tarjimasi murakkab va ko‘p qirrali lingvistik hamda madaniy jarayon sifatida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tarixiy asarlarning tarjimasi murakkab va ko‘p qirrali lingvistik hamda madaniy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy asar, tarjima nazariyasi, ekvivalentlik, madaniyatlararo kommunikatsiya, pragmatik adaptatsiya., stilizatsiya, milliy kolorit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники