Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI DARSLARIDA KASBIY TERMINLARNI O‘RGATISH USULLARI
Raximjonova Xusnira
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada kasb-hunar ta’limi tizimida ona tili darslari orqali kasbiy terminlarni o‘rgatishning dolzarbligi, ularni samarali o‘zlashtirish usullari, hamda bu jarayonda o‘qituvchi faoliyatining yangicha metodik yondashuvlarga asoslanishi zarurligi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada kasbiy terminlarning o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini shakllantirish va kasbiy kommunikatsiya malakalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, terminlarni o‘qitishda kontekst asosida ishlash, lug‘atlar tuzish, integratsiyalashgan darslar tashkil etish, AKT vositalaridan foydalanish kabi samarali usullar taklif etilgan. Maqola ona tili fani bilan kasbiy ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: Ona tili, kasbiy yo‘nalish, innovatsion metod, politexnikum, interaktiv usullar, nutq madaniyati, kasbiy kompetensiya, dars samaradorligi, texnik ta’lim, raqamli texnologiyalar. ANNOTATION This article explores the importance of teaching professional terminology through native language lessons in the vocational education system. It emphasizes the necessity of applying innovative methodological approaches to enhance students’ language proficiency and communicative competence within their future professional fields. The article analyzes how professional terms contribute to https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 100 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 expanding students’ vocabulary, developing speech culture, and improving their ability to engage in professional communication. Effective methods such as context-based learning, compiling thematic glossaries, organizing integrated lessons, and utilizing ICT tools are proposed. The article also provides methodological recommendations aimed at strengthening the connection between native language instruction and vocational training. Key words Mother tongue, vocational education, innovative methods, interactive teaching, communicative competence, professional language, technical education, ICT in education, language integration, project-based learning. KIRISH Ona tili – har bir millatning ma’naviy boyligi, madaniyati va tafakkuri aks etgan eng asosiy vositadir. Til nafaqat muloqot vositasi, balki xalqning tarixiy xotirasi, ijtimoiy taraqqiyot ko‘zgusi hamdir. Shu boisdan, ta’lim jarayonida ona tilini o‘qitish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bugungi globallashuv, texnologiyalar taraqqiyoti va kasb-hunar ta’limi tizimining isloh qilinishi jarayonida ona tili fani oldida yangicha vazifalar vujudga kelmoqda. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 101 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Bugungi kundagi ta’lim siyosati kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllanib bormoqda. Bu yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi nafaqat bilim olishi, balki u bilimdan amalda foydalanishni o‘rganishi kerak. Demak, ona tili fani ham endilikda nazariy bilimlar berish bilan cheklanmay, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutq malakasini, kasbiy muloqotda to‘g‘ri fikr bildirish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Xususan, kasb-hunar va texnikumlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun ona tilini o‘qitishda kasbiy terminologiya bilan ishlash katta ahamiyatga ega. Chunki har bir kasbning o‘ziga xos so‘z boyligi, atamalari va tushunchalari mavjud. Ushbu atamalarni to‘g‘ri tushunish, ulardan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchining kelgusidagi kasbiy faoliyatida samarali ishlashiga xizmat qiladi. Misol uchun, elektrotexnika yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchi “rezistor”, “vol’taj”, “sxema”, “kuchlanish” kabi terminlarni nafaqat texnik fanlardan, balki ona tili darslaridan ham anglab, ularni og‘zaki va yozma nutqda ishlatishni o‘rganmog‘i kerak. Shuningdek, kasbiy terminlarni o‘zlashtirish til https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 102 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 madaniyatini rivojlantiradi, mutaxassislikka oid hujjatlarni (texnik topshiriqlar, bayonnomalar, texnologik kartalar) tuzishda yengillik yaratadi. Afsuski, amaliyotda ona tili darslarida kasbiy terminologiyaga yetarli e’tibor berilmaydi, buning natijasida o‘quvchilarda nutqning lo‘ndaligi va aniqligi sust rivojlanadi. Mazkur maqolada ona tili darslarida kasbiy terminlarni samarali o‘rgatish usullari, ularning amaliy ahamiyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola kasb-hunar ta’limi tizimi uchun dolzarb bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim metodlarini targ‘ib etishga xizmat qiladi. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Kasbiy terminlarning o‘rni va zarurati. Har bir kasb sohasida ishlatiladigan maxsus terminlar — o‘sha sohaning bilim bazasini tashkil etadi. Bu atamalar orqali kasbiy tushunchalar aniqlik, qisqalik va ravonlik bilan ifodalanadi. Masalan, axborot texnologiyalari yo‘nalishida “dasturlash algoritmi”, “ma’lumotlar bazasi”, “interfeys”, “kompilyat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kasb-hunar ta’limi tizimida ona tili darslari orqali kasbiy terminlarni o‘rgatishning dolzarbligi, ularni samarali o‘zlashtirish usullari, hamda bu jarayonda o‘qituvchi faoliyatining yangicha metodik yo…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kasb-hunar ta’limi tizimida ona tili darslari orqali kasbiy terminlarni o‘rgatishning dolzarbligi, ularni samarali o‘zlashtirish usullari, hamda bu jarayonda o‘qituvchi faoliyatining yangicha metodik yo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mother tongue, vocational education, innovative methods, interactive, dars samaradorligi, kasbiy yo‘nalish, Ona tili, nutq madaniyati, kasbiy kompetensiya, raqamli texnologiyalar., politexnikum, texnik ta’lim, interaktiv usullar, innovatsion metod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026