Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FIZIKA TA’LIMIDA MANTIQIY TUZILISH SXEMANING AHAMIYATI
Karimov Otabek · Xolmaxmadov Umid Alimardonov Husan. · Soatov Hasan Parda o'g'li (Shahrisabz davlat pedagogika instituti.,)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 184- 189 · 2025
Аннотация
В этой статье авторы приводят примеры из сегодняшнего курса физики о том, как развить в сознании студентов навыки обработки данных с помощью демонстрационных экспериментов, лабораторных работ и решения проблем. Ключевые слова: Демонстрационные эксперименты, графический код, символьный код, схематический код, логическая структурная схема, экспериментальная задача *** Annotation: Through this article, the authors provide examples from today's Physics course on how to develop data processing skills in students' minds through demonstration experiments, laboratory work, and problem solving. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 143 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Keywords: Demonstration experiments, Graphic code, Character code, Schematic code, logical structure diagram, Experimental problem Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika ta’limi samaradorligini oshirishga intilish, o‘quvchilarning sinfda va uydagi mustaqil ishlarining natijaviyligiga bog‘liq. Keyingi vaqtlarda, o‘quv materialini tartibga solish va uni masalalar echish yo‘li bilan mustahkamlashga, ya’ni fizika o‘qitishning amaliy yo‘naltirilganligiga e’tibor kuchaydi. Pedagogik-psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha fizikadan kurgazmali eksperimentlar, laboratoriya ishlari va masalalar echish jarayonida o‘quvchilar ongida ma’lumotlarni qayta ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. Buning natijasida boshqa, jumladan o‘quvchi aqliy faoliyatining umumlashgan funksiyasiga qadam qo‘yiladi. SHunday qilib, fizik eksperiment va masalalarning so‘z bilan ifodalangan shartidan, ya’ni «so‘zlar kodi» dan quyidagilarga yo‘naltiriladi. 1) «Grafikli kod», bunda masaladagi muammoli holatni tahlil qilish sxema, rasm, eskiz ko‘rinishlarda ifodalanadi. 2) «Belgilar kodi», bunda masalada ishlatiladigan har bir fizik kattalik qandaydir belgi orqali ifodalanadi. Fizik kattaliklar orasidagi funksional munosabatlar, formulalar ko‘rinishida bayon qilinadi. 3) «Sxemali kod», bunda masalani echish jarayoni ko‘rgazmali va mantiqiy ketma- ketlikdagi umumlashgan sxema ko‘rinishida ifodalanadi. Umumlashgan sxemada qo‘yilgan maqsadga erishishni ta’minlovchi aqliy faoliyatning eng muhim, tayanch nuqtalari o‘z aksini topadi. Bularning hammasi, fizik eksperimenlar va masala tuzilish elementlarini ko‘proq miqdorda fikrlashlarini ochib beradi, fizik eksperimenlar va masalaning mazmuniga chuqurroq kirib borishga yordam beradi, fizik eksperimenlar va masala echimining eng qulay (optimal) variantini tanlashga sharoit yaratadi, aynan shuning uchun fizika o‘qitishning dastlabki kunlaridanoq fizik eksperimenlar bajarish va masalalar echishga kirishish samaralidir. Birinchi va ikkinchi kodlar o‘qitishda deyarli hamma vaqt qo‘llaniladi. Biz ilmiy izlanishimizda uchinchi koddan foydalanish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 144 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 bo‘yicha tavsiyalarimizni taklif qilamiz. Buning uchun «Sxemali kod» ni mantiqiy tuzilish sxemasi ko‘rinishida tasvirlashni taqozo qiladi. Mantiqiy tuzilish sxemadan, avvalo, fizikadan eksperimental masalalarni echishda va ba’zi laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanamiz. Har bir mantiqiy tuzilish sxema kamida uchta asosiy qismdan tashkil topadi: 1) fizik kattaliklar, 2) aloqa ko‘rsatkichlari, ular fizik kattaliklarning funksional bog‘lanishlari, noma’lum kattalikka aniqlik kiritish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligini ko‘rsatib turadi. 3) so‘z bilan bayon qilish. Bunda natijaviy formulada ishtirok etuvchi fizik kattaliklarning son qiymatlarini qaerdan olish kerakligini, ya’ni birorta fizik asbob yordamida o‘lchash yoki u doimiy kattalik bo‘lsa, fizik kattaliklar jadvalidan foydalanishni qisqa ibora bilan ifodalanadi. Masalan, qattiq jismning hajmini menzurka yordamida aniqlash kerak bo‘lsa, natijaviy formulaning o‘ng tomonida turgan V ifodaga strelka bilan menzurka degan yozuvni berib qo‘yishning o‘zi kifoya. Bu jismning hajmini menzurka yordamida o‘lchang degan ma’noni bildiradi. Mantiqiy tuzilish sxema dan foydalanishning ikkita oddiy qoidasi bor: birinchisi, (o‘quvchilar uchun) mumkin qadar masalani analitik usulda echish lozim, ikkinchisi, (o‘qituvchilar uchun) – birorta mantiqiy tuzilish sxema o‘quvchiga tayyor holda berilmasligi maqsadga muvofiq. SHunday qilingandagina, o‘quvchi masalaning echimini qidirishda aktiv aqliy faoliyat yuritadi va bunga erishadi ham. Bunday yo‘l tutishdan maqsad, o‘quvchining mantiqiy fikrlash va masalani mustaqil echa olish ko‘nikmalarini egallashlariga yordam berishdir. Mantiqiy tuzilish sxemani tuzish usulini ko‘rsatamiz. Masalaning shartida berilgan dastlabki kattaliklar va tushunchalarning fizik mohiyatini, masalada qanday fizik jarayon bayon qilinayotganligini chuqur tahlil qilgandan so‘ng, masalani analitik usulda echish metodidan foydalaniladi. Masalaning shartida qaysi fizik kattalikni aniqlash talab qilinayotganligini va uni qanday topish mumkinligini aniqlab olish lozim. Masalaning echimi
Доказательный фрагмент
«В этой статье авторы приводят примеры из сегодняшнего курса физики о том, как развить в сознании студентов навыки обработки данных с помощью демонстрационных экспериментов, лабораторных работ и решения проблем.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье авторы приводят примеры из сегодняшнего курса физики о том, как развить в сознании студентов навыки обработки данных с помощью демонстрационных экспериментов, лабораторных работ и решения проблем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Demonstration experiments, Graphic code, Character code, Schematic, Eksperimental masalala, Sxemali kod, Ko’rgazmali eksperimentlar, Belgilar kodi, mantiqiy tuzilish sxema, Grafikli kod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025