К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLAR IJTIMOIY GURUHINING O’ZIGA HOS JIHATLARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI

JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI · o’qituvchisi Abdujalilov Bekzod

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada yoshlar ijtimoiy guruhining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli tahlil qilinadi. Yoshlarning ijtimoiy faolligi, ma’naviy-axloqiy qarashlari, ta’lim va mehnat sohasidagi ishtiroki orqali jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Uyushmagan yoshlar hisobidan faol yoshlarning sonini o’sish omillari hamda passiv yoshlarni salbiy taraflari yuzasidan fikr yuritgan. Shuningdek, maqolada davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari hamkorligida uyushmagan va passiv yoshlarni bunyodkorlik ishlarga jalb qilish mexanizmlari ochib berilgan. Kalit so’zlar: uyushmagan yoshlar, passiv yoshlar, faol yoshlar, bozor iqtisodiyoti, moddiy boyliklar, tarbiya, ong, ta’lim tizimi, faollik, intellektual salohiyat, ijtimoiy guruh, ijtimoiy faollik, jamiyat, taraqqiyot, innovatsiya. Kirish. Yoshlarni jamiyatda tutgan o’rni, yoshi, kasbi, jinsi, yashash hududlari, iqtisodiy sharoitlari va boshqa bir qator qirralari bo’yicha guruhlarga ajratish hamda har birlarining o’ziga xos xususiyatlarini turli fanlar yo’nalishlarida o’rganish davom etib kelmoqda. Bu jarayon bugun va ertaga ham davom ettiriladi. Chunki, ularning hozirgi avlodida mavjud bo’lgan xususiyatlar, keyingi avlodlarida takomillashib boradi, yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu bois davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bugungi O’zbekiston yoshlariga katta e’tibor qaratmoqda, ularga ishonmoqda va umid bildirmoqda: «Yurtimiz yoshlari o’rtasida ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida, umuman, barcha jabhalarda jonbozlik ko’rsatib kelayotgan azamat yigitlarimiz ko’p. Ular o’zining jismoniy va ma’naviy salohiyat, iste’dod va mahoratini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish borasida mamlakatimizda ko’p ishlar qilinyapti va kelgusida https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 170 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ham ularni albatta davom ettiramiz» [3]. Asosiy qism. Yoshlar ijtimoiy guruhi tushunchasi: Sotsiologik nuqtai nazardan yoshlar – bu biologik jihatdan yetilgan, ammo ijtimoiy jihatdan to‘liq shakllanmagan ijtimoiy guruh hisoblanadi. Ular o‘z ijtimoiy mavqeini topish, kasb tanlash, shaxsiy hayotga oid qarorlar qabul qilish davrini boshdan kechiradilar. Yoshlarning o‘ziga xos jihatlari: Yoshlar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Yangilikka intilish – innovatsiyalarni tez qabul qilish va joriy etishga moyillik, Ijtimoiy faollik – jamiyatdagi o‘zgarishlarga faol munosabatda bo‘lish, Moslashuvchanlik – texnologik va madaniy o‘zgarishlarga tez moslasha olish, G‘oyaviy shakllanish – dunyoqarash va e’tiqodlarning shakllanish davri. Yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni. Yoshlar jamiyatning turli sohalarida faol ishtirok etadi: Ta’lim – zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, ilmiy salohiyatni oshirish, Mehnat bozori – yangi kasblar va sohalarga kirib kelish, iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qilish. Ijtimoiy tarmoqlar – axborot almashinuvi va jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim vosita sifatida ishtirok etish. Fuqarolik jamiyati – nodavlat tashkilotlar, volontyorlik harakatlari va ijtimoiy loyihalarda ishtirok. Davlat siyosati va yoshlar: O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosati davlatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi qonun, Prezidentning tegishli farmon va qarorlari asosida yoshlarning ta’lim olishi, mehnat qilishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda yoshlarning jadal o’zgarayotgan zamonga mos ravishda o’zgarishini ham talab etadi. Albatta, yoshlarningg yuqorida keltirilgan o’ziga xos xususiyatlarini kompleks o’rganish va tahlil qilish murakkab masaladir. Ana shundan kelib chiqqan holda bu yerda ularning ijtimoiy, moddiy boyliklarni yaratish va ularni iste’mol qilishda kechadigan jarayonlardagi faollik nuqtai nazaridan o’rganishiga asosiy e’tiborni qaratishga harakat qilamiz. Ularni bu jihatdan quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: uyushmagan yoshlar; passiv yoshlar; faol yoshlar. Ularning har biriga xos xususiyatlari haqida fikr yuritishdan oldin, bu tushunchalar qanday ma’noni https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 171 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 anglatishini ko’rib chiqishimiz lozim. Shunday qilib, birinchi guruh – uyushmagan yoshlar deganda kimlar nazarda tutiladi – degan savolga javob izlashga harakat qilamiz. “Uyushmagan” yoshlar tushunchasiga bir qator ilmiy adabiyotlarda ta’riflar berilgan. O’zbekistonda 2017 yilning 9-10 avgust kunlari «Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag’ishlangan respublika konferentsiyasi» bo’lib o’tdi. Unda bir qator olimlar, vazirliklar va tashkilotlarning vakillari o’zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Ma’ruzalarda “uyushmagan” yoshlar tushunchasiga ilmiy ta’riflar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yoshlar ijtimoiy guruhining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yoshlar ijtimoiy guruhining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, bozor iqtisodiyoti, ong, innovatsiya., ijtimoiy guruh, ijtimoiy faollik, jamiyat, passiv yoshlar, ta’lim tizimi, faol yoshlar, intellektual salohiyat, faollik, uyushmagan yoshlar, moddiy boyliklar, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники