К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLALARDA YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARI

Yusupaxmedova Rafoatxon Ibragimovna · Asaka Abu Ali ibn Sino

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan yuqumli ichak kasalliklari, ularning sabablari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash va oldini olish choralari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, gigiyena qoidalariga rioya qilishning ahamiyati va ota-onalarning bu boradagi roli ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: yuqumli ichak kasalliklari, diareya, gigiyena, dezinfeksiya, bolalar salomatligi, infeksiya, immunitet Zamonaviy davrda sog‘liqni saqlash tizimi dunyo miqyosida ijtimoiy jihatdan nihoyatda muhim o‘rin egallamoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu tizimni takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlar va qarorlar qabul qilindi. Bularning barchasi mamlakatda tibbiy ta’lim tizimini zamon talablari asosida isloh qilish zaruratini yuzaga chiqardi. Ayniqsa, tibbiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlari bilan birga amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, klinik mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda bolalar salomatligi bilan bog‘liq muammolar orasida perinatal davr kasalliklari, nafas yo‘llari infeksiyalari hamda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari (O‘YUIK) yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Aynan shu guruhdagi kasalliklar bolalar orasida o‘lim ko‘rsatkichining asosiy sabablari sifatida qayd etilmoqda. O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari zamonaviy pediatriyaning eng dolzarb masalalaridan biri https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 282 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 bo‘lib qolmoqda. Ushbu kasalliklar bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘plab diagnostik va terapevtik muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, ushbu kasalliklarni erta aniqlashdagi murakkabliklar, tez-tez qaytalanib turishi, surunkali kechishga moyilligi va bemor bolalarning umr ko‘rish davomiyligining qisqarishi sog‘liqni saqlash tizimi oldida jiddiy masalalarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning klinik kechishini chuqur o‘rganish, laborator diagnostika usullarini takomillashtirish, samarali davolash va profilaktika choralarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oilaviy poliklinikalar va shifoxonalarga murojaat qilayotgan bolalar orasida eng keng tarqalgan shikoyatlar aynan O‘YUIK bilan bog‘liqdir. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu holat kasallik qo‘zg‘atuvchilarining – ya’ni bakterial va virusli infeksiyalar – xilma-xilligi va ularning turlari o‘zgarib borayotgani, davolash usullarining ba’zida yetarli darajada samarali bo‘lmayotgani, bolalar orasida immunitetning pasayishi kabi omillar bilan bevosita bog‘liq. Bolalar kasalliklari deganda, asosan bolalar orasida uchraydigan yoki aynan bolalik davriga xos tarzda kechadigan kasalliklar majmuasi tushuniladi. Inson hayotining bu bosqichida organizm hali to‘liq shakllanmagan va immunitet tizimi to‘liq rivojlanmagan bo‘lgani sababli, bolalar turli yuqumli va ichki kasalliklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘lishadi. Bolaning fiziologik va psixologik rivojlanishi bosqichma-bosqich kechadi, shunga ko‘ra bolalik davri bir necha davrlarga bo‘linadi: • Ona qornida rivojlanish (prenatal) davri, • Chaqaloqlik (neonatal) davri – tug‘ilgandan keyingi dastlabki 4 hafta, • Emizikli davr – taxminan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, • Yasli davri – odatda 3 yoshgacha bo‘lgan bosqich, • Maktabgacha davr – 7 yoshgacha, • Boshlang‘ich maktab yoshi – 7 yoshdan 12 yoshgacha, • O‘smirlik yoki balog‘atga yetish davri – 12 yoshdan 18 yoshgacha. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 283 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Har bir davrning o‘ziga xos fiziologik ehtiyojlari va kasallikka nisbatan sezuvchanlik darajasi mavjud. Jumladan, ona qornida rivojlanish jarayoni bolaning sog‘lom shakllanishida juda muhim ahamiyatga ega. Agar homiladorlik davrida ona sog‘ligida muammolar bo‘lsa, noto‘g‘ri ovqatlansa, zararli moddalar (masalan, dori vositalari, ichimlik, sigaret, zaharli kimyoviy moddalar) ta’siriga uchrasa yoki turmush sharoitlari yomon bo‘lsa, bu holatlar nafaqat onaning, balki homilaning normal o‘sish va rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, tug‘ruq paytidagi xavfli omillar – kislorod yetishmovchiligi (asfiksiya), tug‘ruq vaqtida olingan shikastlar, markaziy asab tizimining falajlanishi yoki tug‘ma infeksiyalar, masalan, stafilokokk infeksiyasi kabi holatlar yangi tug‘ilgan chaqaloq salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bu kabi holatlar chaqaloqda kindik atrofida yiringli yallig‘lanish – omfalit, chilla yara va hatto sepsis (qonning yiringli zararlanishi) kabi og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Chaqaloqlar, ayniqsa, to‘liq mu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan yuqumli ichak kasalliklari, ularning sabablari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash va oldini olish choralari haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan yuqumli ichak kasalliklari, ularning sabablari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash va oldini olish choralari haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dezinfeksiya, bolalar salomatligi, immunitet, gigiyena, diareya, infeksiya, yuqumli ichak kasalliklari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники