К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH USULLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAMOYILLARI

O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH · USULLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAMOYILLARI · Movlanova Ulxon Xurramovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonining ijtimoiy va psixologik tamoyillari tahlil qilinadi. Kasb tanlashda o‘quvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, oila va jamiyatning roli, shuningdek, maktabdagi pedagogik muhitning ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Kasbga yo‘naltirishda zamonaviy yondashuvlar, individual va differensial yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: kasb-hunar, o‘quvchi, ta’lim, ota-ona, o‘qituvchi, kasbga yo‘naltirish, umumta’lim maktablari, imkoniyatlar, qobiliyat. Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda, u individual shaxsiyat bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham har bir kasb tanlovchi shaxsga nisbatan individual yondashuv zarur. Har bir o‘quvchi o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari bilan ajralib turadi. Kasbiy bilim esa – shaxsni kasbning mohiyati, imkoniyatlari, ijtimoiy vazifalari hamda bu kasbga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish orqali unga ongli yondashuvni shakllantiruvchi axborotlar majmuasidir. Kasbga oid ma’lumotlar shunchaki axborot emas, balki ta’sirchan, hayotiy, to‘laqonli, ijtimoiy va shaxsiy qiymatga ega bo‘lgan bilimlar tizimidir. Ushbu axborotlarning taqdim etilish shakllari o‘quvchining yoshi, bilimi, jinsiy xususiyatlari va psixologik holatiga qarab farqlanadi. Kasb maorifi verbal (og‘zaki) va noverbal (ko‘rgazmali), amaliy (tajriba asosidagi) va interaktiv (muloqotga asoslangan) shakllarda olib borilishi mumkin. Jumladan, kuzatuv, ko‘rgazmalar, kasb egalari bilan uchrashuvlar, kasb festivallari, tanlovlar orqali o‘quvchilarda kasbga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi. To‘g‘ri tanlangan kasb inson https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 286 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 hayotida ijodiylik, mehnatdan mamnunlik, o‘z-o‘zini anglash va rivojlantirish vositasiga aylanadi. Bu esa nafaqat shaxs uchun, balki jamiyat uchun ham katta foyda keltiradi. Zero, jamiyatning taraqqiyoti o‘z ishini sevgan va ongli ravishda kasb tanlagan insonlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Global ta’lim tajribasida, xususan YUNESKO tomonidan ilgari surilgan tavsiyalarda, kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarning ilmiy qarashlarini shakllantirish, jismoniy va aqliy salohiyatini uyg‘un rivojlantirish, texnik vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilishda muhim vosita sifatida baholangan. Shu jihatdan, umumiy o‘rta ta’lim tizimi oldida o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va uni to‘g‘ri shakllantirishdek mas’uliyatli vazifa turadi. Kasbga yo‘naltirish tizimi – bu har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olib, jamiyat iqtisodiy manfaatlariga mos keladigan kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlovchi uzviy, izchil va ilmiy asoslangan faoliyatdir. Bu tizim o‘z ichiga maqsadlar, tamoyillar, metodlar, vositalar va samaradorlik mezonlarini qamrab oladi. Ayniqsa, bu jarayonda psixologlar, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari va ota-onalar hamkorligining izchil yo‘lga qo‘yilishi kasbga yo‘naltirishning natijadorligini belgilaydi. Kasbga yo‘naltirishda turli fan o‘qituvchilari o‘z fanlari doirasida kasbga oid bilim va malakalarni bog‘lab, integratsiyalashgan yondashuv orqali o‘quvchilarda kasbiy tasavvurni mustahkamlashi mumkin. Kasb-hunar mohiyati bilan amaliy tanishtirish o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi, mustaqil o‘rganishga undaydi va bu ko‘nikmalar asta-sekin odatga aylanadi. Shuningdek, maktablarda kasbga yo‘naltirish haftaliklari, mehnat yarmarkalari, kasb egalari bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, interaktiv loyihalar, ijtimoiy so‘rovlar kabi tadbirlar orqali o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish muhimdir. Bunday yondashuvlar o‘quvchining o‘z imkoniyatlarini anglashiga, kelajakdagi kasb tanloviga ongli tarzda yondashishiga zamin yaratadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 287 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Kasbga yo‘naltirish barcha o‘quv tarbiya ishlari bilan ko‘nikib olib boriladi. Ongli kasb tanlash еtarli darajadagi umumiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. O‘quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yo‘naltirishdan avval uning shaxsini o‘rganish lozim. Buning uchun uni kuzatish (bevosita, bilvosita) o‘quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarning tahlil qilish, so‘rovnoma o‘tkazish, suhbat, test, interv'yu olish mumkin. Kasbga yo‘naltirishda turli kasblar, ularga qo‘yiladigan talablar, bu kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to‘g'risida o‘quvchilarga ma'lumot berish katta ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchilarni aniq kasbni tanlashga ongli munosabatda bo‘lishga tayyorlaydi. O‘quvchilar kasblar to‘g'risidagi ma'lumotlarni-bilimlarni faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, qarindoshlaridan ham oladilar. Yoshlar o‘z oldilarida haqiqiy, keng hayot yo‘li ochilishi uchun ko‘p kuch- g'ayrat sarflashlari kerak va eng asosiysi- o‘z ko‘ngillariga yoqqan, jamiyatga

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonining ijtimoiy va psixologik tamoyillari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonining ijtimoiy va psixologik tamoyillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qituvchi, o‘quvchi, imkoniyatlar, ota-ona, ta’lim, kasbga yo‘naltirish, umumta’lim maktablari, qobiliyat., kasb-hunar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники