Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARBIYASI OGʻIR BOLALAR BILAN ISHLASHDA PSIXOLOG FAOLIYATINING AHAMIYATI
FAOLIYATINING AHAMIYATI · Sanayeva Gulnora To'ychiyevna
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Hozirgi kunga kelib, mahalliy va хorijy psixologlar va tarbiyasi ogʻir bolalar sonining koʻpayishini qayd etishdi. Bolalar ijtimoiylashuv, tarbiya va ta'lim jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishadi, oʻzlarini shaxs sifatida rivojlantirishga intilmaydilar. Maqola maktab davridagi bolalarni tabiyasi ogʻir bolalarni tarbiyalash sabablarini oʻrganish va oʻqituvchilar bilan psixologlar birgalikda ota-onalarga oʻquvchilarning ta'im jarayonini tashkil etishda o‘z vaqtida tuzatish yordamini koʻrsatish masalalariga bagʻishlangan. Kalit so‘zlar: Delinkvent xulq-atvor, Huquqbuzarlik, Kognitiv qobiliyatlar, Zararli taʼsirlar, ilmiy tasavvurlar. Delinkvent xulq-atvor tushunchasi psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan qaralganda, voyaga yetmagan shaxsning mavjud ijtimoiy va huquqiy normalarga zid bo‘lgan, jamoatchilik tartibini buzuvchi hamda qonunchilikka qarshi yo‘naltirilgan xatti-harakatlarini anglatadi. Ushbu holat odatda bolalik va o‘smirlik davrida psixologik beqarorlik, ijtimoiy nazoratning sustligi, oilaviy muammolar yoki noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladi. “Delinkvent” atamasi lotincha delinquens so‘zidan olingan bo‘lib, “ayb qiluvchi”, “noto‘g‘ri yo‘ldan ketuvchi” degan ma’noni anglatadi. Bu tushuncha faqatgina jinoiy harakatlarni emas, balki ijtimoiy me’yorlarga zid bo‘lgan, lekin qonuniy jihatdan jazolanmaydigan xatti-harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, maktabdan qochish, kattalarga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatish, ichkilikbozlik, o‘g‘rilik, tajovuzkorlik va boshqa bu kabi harakatlar delinkvent xulq-atvorga misol https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 300 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 bo‘lishi mumkin. Delinkvent xatti-harakatlarning yuzaga chiqishida bir qancha omillar — oilaviy muhit, ijtimoiy-iqtisodiy holat, ta’lim tizimidagi muammolar, do‘stlar muhitining salbiy ta’siri hamda shaxsning emotsional va aqliy rivojlanishidagi nosog‘lom omillar muhim rol o‘ynaydi. Ushbu muammoga qarshi kurashishda tizimli yondashuv, ya’ni oilaviy, maktabgacha va maktab tizimi hamkorligi, psixologik xizmatlarning faoliyati, yoshlar bilan ishlashning profilaktik va rehabilitatsion mexanizmlarini kuchaytirish zarur bo‘ladi. Delinkvent xulq-atvorning turlari va shakllari: Oʻquvchilarda delinkvent xulq- Mulkka zarar yetkazish shaklidagi atvorning kelib chiqishiga sabab: yashirin delinkvent xulq-atvor: ◦ yomon niyatli hujumlar; ◦ kichik oʻgʻirlik; ◦ tuhmat; ◦ bosqinchi oʻgʻirlik; ◦ haqoratlash; ◦ firibgarlik ◦ xoʻrlash; ◦ tamagirlik; -ayblovlar; ◦ tovlamachilik, talonchilik; qoʻrqitish; ◦ qalbakilashtirish; ◦ oʻzidan kichik yoshdagilar yoki ◦ vandalizm, oʻt qoʻyish; tengdoshlariga nisbatan zoʻravonlik (bulling); ◦ mayda bezorilik; ◦ mulkni yoʻq qilish; ◦ janjallar (shu jumladan guruhli ◦ avtotransport va boshqa kerakli janjallar) yoki hujumlar; buyum, anjomlarni oʻgʻirlash kabi moddiy foyda koʻrishga qaratilgan oʻz shaxsiy manfaati yoʻlidagi harakatlar; ◦ hayvonlarga nisbatan narkotiklar sotish va tarqatish. shafqatsizlik, azoblash. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 301 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Zamonaviy jamiyatda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, tajovuzkorlik va boshqa ijtimoiy me’yorlarga zid xatti-harakatlar dolzarb psixologik va ijtimoiy muammolardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday holatlarning kelib chiqishida bir qator shaxsiy xavf omillari mavjud bo‘lib, ular bolaning individualligi, emotsional holati, axloqiy qarashlari, bilim va motivatsiya darajasi bilan bog‘liqdir. Ushbu maqolada aynan o‘quvchilarda delinkvent xulq- atvorning shakllanishiga sabab bo‘ladigan shaxsiy xavf omillari chuqur tahlil qilinadi. Birinchi navbatda, delinkvent xulq-atvorning psixologik ildizlaridan biri sifatida huquqbuzarliklarni ichki jihatdan oqlash va qonunga nisbatan befarq, salbiy munosabat shakllanishi ko‘rsatiladi. Bunday o‘quvchilar o‘zlarining nojo‘ya xatti-harakatlarini ijtimoiy norma deb bilishlari, jamiyat talablarini inkor etishlari mumkin. Bu esa ularning shaxsiy ijtimoiylashuv jarayonida muammolar borligidan dalolat beradi. Shuningdek, bola yoki o‘smir o‘z xatti-harakatlariga tanqidiy yondasha olmasligi, ya’ni o‘zini kuzatish va baholash funksiyalarining rivojlanmaganligi ham xavf omili hisoblanadi. U nima qilayotgani va bu harakati qanday oqibatlarga olib kelishini chuqur anglay olmaydi, bu esa ijtimoiy javobgarlik tuyg‘usining sustligini ko‘rsatadi. Bu holatlarda emotsional o‘zgaruvchanlik, boshqalarga nisbatan sovuqqonlik, empatiya darajasining pastligi, tez-tez kayfiyat almashuvi, g‘azab, yakkalanish, norozilik kabi his-tuyg‘ular kuchayadi. Bolaning ichki dunyosida begonalashuv va tushunilmaslik hissi hukmron bo‘lsa, u ijtimoiy agressiya orqali o‘zini namoyon etishga urinadi. Ko‘pgina delinkvent xatti-harakatlarning asosi psixik holatdagi beqarorlik, ya’ni impulsivlik, qo‘zg‘aluvchanlik, o‘zini tuta olmaslik va kuchli stressga qarshi tura olmaslik bi
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunga kelib, mahalliy va хorijy psixologlar va tarbiyasi ogʻir bolalar sonining koʻpayishini qayd etishdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunga kelib, mahalliy va хorijy psixologlar va tarbiyasi ogʻir bolalar sonining koʻpayishini qayd etishdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zararli taʼsirlar, Huquqbuzarlik, ilmiy tasavvurlar., Kognitiv qobiliyatlar, Delinkvent xulq-atvor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025