Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AYOLLAR MEHNAT FAOLIYATINI MUHOFAZA QILISHNING AHAMIYATI VA ULARGA YARATILAYOTGAN SHART-SHAROITLAR
YARATILAYOTGAN SHART-SHAROITLAR · Isroiljonov Islomxon Ilhomjon o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2016
Аннотация
Davlatimiz hayotida so’ngi yillarda beqiyos darajadagi o’zgarishlar bo’lmoqda. Shulardan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga hamda aytib o’tishimiz lozimki so'nggi to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Asosan “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi qonun”ning yangi taxriri(23.09.2016) chiqqanligi va Mehnat Kodeksiga kiritilayotgan o’zgartirish, qo’shimchalar mehnat muhofazasining qonun hujjatlariga ham alohida e’tibor qaratilganigini ko’rshimiz mumkin. Kalit so’zlar: mehnat muhofazasi, mehnat kodeksi, kafolatlar, imtiyozlar, ijtimoiy himoya, ayollar, yoshlar, tadbirkorlar, huquqlar, mehnat muhofazasi to’g’risidagi qonun, gender tengligi , mehnat huquqi. Mamlakatning har bir fuqarosi o‘zi yashab turgan jamiyatni shakllantirishdagi, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 420 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 rivojlantirishdagi, ishlab chiqarishda ishlashdagi va uni boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Fuqarolar hayoti va mehnati xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va barqarorligiga, kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga bog‘liq. Davlat uchun kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlar zaxirasi esa – yoshlardir, ularning olgan ta’lim va tarbiyasi, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha egallagan bilimi va uquvi darajasidir.Ishlab chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun-qoidalar, standartlar va ko‘rsatmalarga amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi, balki ayrim hollarda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni o‘zining mehnat faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi barcha xavfli faktorlardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab etadi.Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar- texnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda yillar o’tgan sayin ishlab chiqarish va boshqa juda ko’p sohalarda ayollar mehnati ortib bormoqda. Ularga ta’lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishdagi mehnatlari uchun rag’batlantirishda hamda xizmat yuzasidan ko’tarilishda teng huquqiy imkoniyatlar yanada ko’p yaratilmoqda. Shunday bo’lsada, ayollar ba’zi hollarda, ayrim bir sharoitlarda, erkaklar bilan bir xil ishlarni bajara olishmaydi. Ayolning organizmi o‘ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli og‘ir jismoniy mehnatga, ba’zi zararli omillarga (chang, titrash, organizmning qattiq qizib yoki sovib ketishi va boshqalar) ta’sirchan hisoblanadi. Bu zararli omillar ta’siri ular organizmining homiladorlik kezlarida salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi, asoratlar qoldirishi (toksikoz, bola tushib qolishi, o‘lik tug‘ilish va boshqalar) bola tug‘ish funksiyasining buzilishi (bola ko‘rmaslik), avloddagi o‘zgarishlarga (bolaning erta tug‘ilishi, nogironlik) sabab bo‘lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza qilishda ko‘p muammolar bo‘lib, uning biologik va ijtimoiy ahamiyati judayam muhim https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 421 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ayollar mehnatini muhofaza qilishda ularga asosiy tayanch sifatida korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasiga oid asosiy talablar xamda qoidalar O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (13-bob, 211- 233-moddalar hamda 14-bob, 224-238-moddalarda), O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muxofaza qilish to'grisida»gi qonunda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlarida, tarmoq vazirliklari va idoralar tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan mehnatni muxofaza qilishga oid standartlar, korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalari, tarmoq jamoa kelishuvlari, ichki mehnat tartibi qoidalarida va boshqa me'yoriy xujjatlarda nazarda tutilgan. Bundan tashqari 7.03.2019 yildagi PQ–4235-son qarorga ko’ra “Xotin- qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar” qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan kelajagimiz tayanchi boʼlgan yosh avlodni, ular tarbiyasi bilan mashg’ul boʼlgan onalar va barcha xotin-qizlarni ishlab chiqarish jarayonida himoyalashga qaratilgan ulkan ijtimoiy dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Juml
Доказательный фрагмент
«Davlatimiz hayotida so’ngi yillarda beqiyos darajadagi o’zgarishlar bo’lmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюDavlatimiz hayotida so’ngi yillarda beqiyos darajadagi o’zgarishlar bo’lmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kafolatlar, imtiyozlar, mehnat kodeksi, yoshlar, tadbirkorlar, ayollar, gender tengligi, huquqlar, mehnat muhofazasi to’g’risidagi qonun, mehnat huquqi., ijtimoiy himoya, mehnat muhofazasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015