К содержанию
РецензированоRU2025

JINOIY JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH-QONUN USTUVORLIGINING MUHIM SHARTI

JINOIY JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH-QONUN · USTUVORLIGINING MUHIM SHARTI · TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы сложности и необходимости поэтапного подхода к отмене смертной казни в Узбекистане. Основное внимание уделяется взглядам Президента Ислама Каримова, в частности, на важность проведения разъяснительной работы среди населения и создания необходимых условий для пожизненного заключения. Подчеркивается значение отмены смертной казни в обеспечении прав человека и законных интерес https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 429 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Kalit so‘zlar: O‘lim jazosi, bekor qilish, inson huquqlari, umrbod qamoq, Islom Karimov, islohotlar, qonunchilik, adolat Keywords: Death penalty, abolition, human rights, life imprisonment, Islam Karimov, reforms, legislation, justice. Ключевые слова: Смертная казнь, отмена, права человека, пожизненное заключение, Ислам Каримов, реформы, законодательство, справедливость. Mustaqillikka erishgandan keyin Prezident Islom Karimov tomonidan insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat protsessual qonunlarini takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi esa mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Masalan, Prezidentimiz tomonidan loyihasi kiritilib, 2001 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘-shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash, yengillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashuv instituti joriy etildi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi. Ayniqsa, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida ji-noiy jazo tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlash borasidagi say’-harakatlar muhim o‘rin tutadi. Sud-huquq tizimini liberal- lashtirish to‘g‘risida Prezidentimiz “Sud-huquq tizimini liberal-lashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala – bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir” deganda aynan shu harakatlarni nazarda tutgan edi. Ma’lumki, 1995 yilgacha amal qilgan Jinoyat Kodeksida 33 ta jinoyatga o‘lim jazosi qo‘llanilar edi. Keyingi Jinoyat Kodeksida esa ularning 13 tasi saqlanib qoldi, ya’ni 20 ta turdagi jinoyatdan o‘lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, ayollar, oltmish yoshdan osh-gan erkaklar va voyaga yetmaganlarga nisbatan bu jazo qo‘llanilmaydi. Shuningdek, o‘lim https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 430 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 jazosi avf etish tartibida yigirma besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin (JK ning 51-moddasi). Ana shu ustuvor vazifadan kelib chiqib, 1998 yilda Jinoyat Kodeksidagi 5 ta moddadan o‘lim jazosi olib tashlandi. 2001 yilda yana to‘rtta moddaga jazo qisqartirildi. 2004 yilda esa bu jazo bor-yo‘g‘i ikkita, ya’ni aybni og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari uchun tatbiq etiladigan bo‘ldi. Bular mamlakatimizning xalqaro huquq sub’ekti sifatida xalqaro hujjatlarga zikr etilgan majburiyatlarni so‘zsiz bajarishga inti-layotganining amaldagi isbotidir. Hozirgi kunda 100 ga yaqin davlat-ning qonunchiligida o‘lim jazosi bekor qilingan. Jumladan, Shve-siya va Finlandiya 1972 yilda, Germaniya 1949 yilda, Fransiya 1981 yilda, 1990 yillardan boshlab Irlandiya, Vengriya, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Shveysariya, Gresiya, Polsha, Moldova, Italiya, Ispaniya davlatlari o‘lim jazosidan voz kechgan. Bundan tashqari, 30 dan ortiq davlatning qonunchiligida o‘lim jazosi mavjud bo‘lsada, amaliyotda qo‘llanilmaydi. O‘lim jazosini bekor qilish o‘ta murakkab masala bo‘lib hisob-lanishini Prezident Islom Karimov ta’kidlab, “Birinchi navbatda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim, chunki bugungi kunda ularning ko‘pchiligi, o‘lim jazosining bekor qilini-shiga qarshi. Ikkinchidan, o‘lim jazosi o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli jazoni o‘tashga hukm qilinadigan shaxslar uchun tegishli joylar qurish kerak”, degan fikrga alohida e’tibor qaratish lozim. O‘lim jazosini bekor qilish masalasini aholiga tushuntirib berish ham anchagina murakkab jarayon bo‘lib, bu ishga huquqshunoslar, muta-xassislar, siyosatshunos, psixolog va boshqa ko‘pgina mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Shuningdek, Prezidentimiz yuqorida ta’kid-laganidek, o‘lim jazosi o‘rniga sud tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahbuslar jazosi alohida koloniyada o‘tashi lozim bo‘lganligi sababli ularni saqlash bilan bog‘liq jazoni o‘tash muassasasini qurib bitkazish uchun budjetdan tegishli mablag‘ ajratilishi va binoni tayyorlash h

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются вопросы сложности и необходимости поэтапного подхода к отмене смертной казни в Узбекистане.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются вопросы сложности и необходимости поэтапного подхода к отмене смертной казни в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Death penalty, abolition, human rights, life imprisonment, Islam Karimov, umrbod qamoq, Islom Karimov, bekor qilish, islohotlar, O‘lim jazosi, adolat, qonunchilik, inson huquqlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники