К содержанию
РецензированоUZ2025

RASHOD NURI GUNTEKINNING "QON DA’VOSI" ROMANIDA QAHRAMON PORTRETI VA RUHIYATI UYG‘UNLIGI: BADIIY MAHORAT OMILI

BADIIY MAHORAT OMILI · Azimova Z.ilola Boxodir qizi · ФАКТОР МАСТЕРСТВА (Technology and Science Instituti) · Азимова Зилола (Technology and Science Instituti)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article analyzes the alignment between the characters’ portraits and their inner experiences in Reshat Nuri Güntekin’s novel The Blood Cure. The interconnectedness of the inner and outer worlds of the characters is depicted in a way that reveals their psychological state and emotions as the events unfold. Through the novel, Güntekin masterfully reflects the conflicting feelings and personal struggles within Turkish society. The article focuses on techniques of psychological depth and https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 127 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 character creation to express human psychology, unveiling the essence of Güntekin’s work. Keywords: The Blood Cure, psychology, character portrait, psychological depth, artistic mastery, character analysis. Adabiyotning muhim vazifalaridan biri inson ruhiyati va hissiyotlarini yoritishdir. Adabiyotshunoslikda "badiiy obraz" atamasi ham keng, ham tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda "badiiy obraz" deganda borliqning san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor ma’noda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi. Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning o‘zida inson shu xil mavqe egallaydi. Shunday ekan, borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning bu yo‘ldagi asosiy vositasi inson obrazi bo‘lishi tabiiy hamdir. Badiiy adabiyotda inson obrazini to‘laqonli yaratish, uni o‘quvchi ko‘z oldida konkret jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator vositalar mavjud. Bularga muallif xarakteristikasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi. Obrazga bevosita yozuvchining o‘zi tomonidan berilgan ta’rif "muallif xarakteristikasi" deb yuritiladi. Muallif xarakteristikasida obrazning fe’l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi. Odatda muallif xarakteristikasi asarning boshlanish qismlarida yoxud konkret obraz asarga kirib kelgan o‘rinlarda beriladi. Muallif xarakteristikasi o‘quvchida personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib, uning keyingi xatti-harakatlarini, gap-so‘zlarini anglashida muhim ahamiyat kasb etadi. Personajning so‘z bilan chizilgan tashqi qiyofasi - portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portret, avvalo, personajning o‘quvchi ko‘z oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga ko‘maklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portret xarakterologik belgilarga ega bo‘ladi. Ya’ni, yozuvchi personaj siyratiga xos xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi. Yozuvchi personaj qiyofasini ancha https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 128 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 mufassal chizishi (A.Qodiriy yaratgan Kumush, Ra’no portretlari) yoki uning qiyofasiga xos ayrim detallarni berish bilan kifoyalanishi ham mumkin. Chunki portret — vosita, demak, uning qanday bo‘lishi ko‘proq muallif niyati, yozuvchining o‘ziga xos tasvir uslubi, personajning asarda tutgan mavqei kabilar bilan bog‘liqdir. Masalan, Cho‘lpon sevimli qahramoni Zebining qiyofasini chizmagan. Adib ko‘proq personajning siyratini chizadi, uning xatti-harakatlarini jonli tasvirlaydi, gap- so‘zlaridagi jonli ohangni ifodalashga intiladi, xullas, har bir o‘quvchining o‘z Zebisini tasavvur etib olishiga imkon yaratadi. Natijada qahramon qiyofasini chizmaslikning o‘zi o‘ziga xos badiiy usulga aylanadiki, uning yordamida adib o‘quvchini qahramoniga "yaqinlashtiradi". Ko‘ramizki, qahramon qiyofasining qanday va qay darajada chizilishi belgili emas, bu o‘rinda portretning(yoki portret detallarining) inson obrazini to‘laqonli yaratish va o‘quvchining tasavvur eta olishi uchun yetarli bo‘lishi asosiy mezondir Rashod Nuri Guntekin bu jihatni o‘z ijodida mukammal tarzda aks ettiradi. U ko‘plab romanlarida qahramonlarning ichki dunyosini chuqur tahlil qilib, ularning hissiyotlaridagi eng mayda o‘zgarishlarni ham noziklik bilan tasvirlaydi. "Qon davosi" romanida esa u oilaviy mojarolar va insoniy kechinmalarni aks ettirish orqali badiiy mahoratini namoyon qiladi. Ushbu maqola qahramonlarning ruhiyati va portreti orasidagi uyg‘unlikni o‘rganib, Guntekinning psixologik xarakter yaratish borasidagi mahoratini tahlil qilishga qaratilgan."Qon davosi" romanida muallif turk jamiyatining ijtimoiy va ma’naviy ziddiyatlarini oilaviy mojarolar orqali ko‘rsatadi. Asarda insoniy munosabatlar, rashq, sevgi va o‘zaro ishonch muammolari asosiy mavzu sifatida ko‘tariladi. Asosiy qahramonlar hayotidagi shaxsiy drama va ichki ruhiy kurashlar ularning butun hayot tarziga ta’sir qiladi. Romanda oilaning buzilishi va o‘tmishdagi nizolar kelajak avlodga qanday ta’sir qilishini o‘quvchiga ta’sirchan tarzda ochib beradi. "Qon da’vosi" romanida Guntekin qahramonlarning ichki va tashqi ko‘rinishlarini murakkab ruhiy dunyosini ochib berish uchun nozik bir usulda uyg‘unlashtira

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the alignment between the characters’ portraits and their inner experiences in Reshat Nuri Güntekin’s novel The Blood Cure.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the alignment between the characters’ portraits and their inner experiences in Reshat Nuri Güntekin’s novel The Blood Cure. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
The Blood Cure, psychology, character portrait, psychological depth, qahramon portreti, badiiy mahorat, xarakter tahlili., Qon da’vosi, ruhiyat, psixologizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники