К содержанию
РецензированоUZ2026

PSIXOLOGNING KASBIY POZITSIYASI TUSHUNCHASI VA STRUKTURASI.

Hamroyeva Shaxnoza Ziyomiddinovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

This article comprehensively analyzes the concept of a psychologist's professional position. A professional position is considered as a complex system that determines a psychologist's conscious attitude to his professional activity, values, understanding of his professional identity and his social role in society. The theoretical foundations of a professional position are highlighted on the basis of activity theory (A.N. Leontyev, K.A. Abulkhanova-Slavskaya), theories of personality development (E. Erikson, D. Super, A. Bandura) and socio-psychological approaches. A psychologist's professional position is manifested through his professional skills, personal values and style of activity, and is determined by his independence and ethical approach to professional decision-making. Research by domestic scientists also reveals the content of this concept in the national context. Keywords: Professional position, psychological activity, theory of activity, professional identity, personal values, social role, professional identity. Anatatsiya. Ushbu maqolada psixologning kasbiy pozitsiyasi tushunchasi har tomonlama tahlil qilinadi. Kasbiy pozitsiya — bu psixologning o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan ongli munosabati, qadriyatlari, professional o‘zligini anglash va jamiyatdagi ijtimoiy rolini belgilovchi murakkab tizim sifatida qaraladi. Faoliyat nazariyasi (A.N. Leontyev, K.A. Abulkhanova-Slavskaya), shaxs rivoji nazariyalari (E. Erikson, D. Super, A. Bandura) va ijtimoiy-psixologik yondashuvlar asosida kasbiy pozitsiyaning nazariy asoslari yoritiladi. Psixologning kasbiy pozitsiyasi — bu uning kasbiy ko‘nikmalari, shaxsiy qadriyatlari va faoliyat uslubi orqali namoyon bo‘lib, kasbiy qaror qabul qilishdagi mustaqillik va axloqiy yondashuv bilan belgilanadi. Mahalliy https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 34 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 olimlar tadqiqotlari ham bu tushunchaning milliy kontekstdagi mazmunini ochib beradi. Kalit so’zlar: Kasbiy pozitsiya, psixologik faoliyat, faoliyat nazariyasi, kasbiy o‘zlik, shaxsiy qadriyatlar, ijtimoiy rol, kasbiy identitet. Psixologning kasbiy pozitsiyasi – bu uning kasbiy faoliyatda egallagan o‘rni, munosabati, qadriyatlari, kasbiy o‘zlikni anglash darajasi, etik yondashuvi va ijtimoiy mas’uliyatini ifodalovchi murakkab tizimdir. Bu tushuncha, odatda, shaxsning kasbiy faoliyatdagi ichki pozitsiyasi sifatida namoyon bo‘lib, uning qaror qabul qilish uslubi, kasbiy tamoyillarga sodiqligi, psixologik xizmatda tutgan yo‘nalishini belgilab beradi. Kasbiy pozitsiya nafaqat psixologik amaliyotdagi xatti-harakatlar, balki mutaxassisning shaxsiy qadriyatlari, kasbiy e’tiqodlari va jamiyatdagi ijtimoiy rolini ham qamrab oladi. Faoliyat nazariyasiga ko‘ra (A.N. Leontyev, S.L. Rubinshteyn, K.A. Abulkhanova-Slavskaya), shaxsning faoliyati uning psixik holati, motivlari va maqsadlari orqali ifodalanadi. Psixologning kasbiy pozitsiyasi esa, aynan faoliyat orqali ro‘yobga chiqadi. Ya’ni, kasbiy pozitsiya — bu mutaxassisning amaliy faoliyatda o‘ziga yuklangan vazifalarga bo‘lgan subyektiv munosabati, ularni bajarishdagi motivatsion holati va axloqiy tayanchidir. K.A. Abulkhanova-Slavskayaning fikricha, faoliyat subyekti sifatida shaxs o‘z harakatlarini ongli ravishda boshqaradi, vaqt va ijtimoiy kontekstda o‘z pozitsiyasini belgilaydi. Shu asosda psixologning kasbiy pozitsiyasi ham u faoliyat yuritayotgan muhitda ongli ravishda tanlangan kasbiy yo‘nalish, rol va mas’uliyatlar to‘plamiga asoslanadi. Boshqacha aytganda, faoliyat kasbiy pozitsiyani shakllantiradi va uni mustahkamlovchi asosiy vositaga aylanadi. Shaxs rivoji nazariyalari (E. Erikson, D. Super, A. Bandura, I.V. Abakumova) kasbiy pozitsiyani shaxsning rivojlanish bosqichlarida shakllanadigan muhim psixologik konstruktsiya sifatida ko‘radi. Eriksonning psixososial rivojlanish bosqichlarida “kasbiy identitet” yoshlikning muhim rivojlanish bosqichi sifatida https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 35 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ta’riflanadi. Uning fikricha, shaxs o‘z kasbiy yo‘lini tanlar ekan, u o‘ziga xos ijtimoiy rol va maqsadlarni anglaydi. Bu esa kasbiy pozitsiyaning asosiy elementlaridan biridir. Donald Super esa o‘zining hayotiy yo‘l modeli orqali kasbiy rivojlanishning bosqichlarini ko‘rsatib, shaxs kasbiy o‘zligini rivojlantirar ekan, o‘z pozitsiyasini ham doimiy ravishda shakllantirib boradi. U kasbiy pozitsiyani "o‘zini kasbda anglash", "kasbiy yo‘nalishda ishonchli qaror qabul qilish" va "o‘z rolini anglash" kabi komponentlar orqali izohlaydi. Bandura tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-kognitiv yondashuvda esa kasbiy pozitsiya “psixologik agentlik” va “o‘ziga bo‘lgan ishonch” orqali belgilanadi. Psixolog o‘zini faol agent sifatida ko‘ra olmas ekan, uning kasbiy pozitsiyasi beqaror yoki passiv bo‘lishi mumkin. Shu bois kasbiy pozitsiya shaxsning ichki ishonchi, tashabbuskorligi va o‘zini kasbiy faoliyatda subyekt si

Доказательный фрагмент

«This article comprehensively analyzes the concept of a psychologist's professional position.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article comprehensively analyzes the concept of a psychologist's professional position. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Professional position, psychological activity, theory of activity, social role, professional identity., professional identity, personal values
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники