Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA KASBGA YO‘NALTIRISHNING MUHIM PSIXOLOGIK MASALALARI
MUHIM PSIXOLOGIK MASALALARI · Avliyoqulova Xafiza Murodullayevna · Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman MMTBga
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kasb tushunchasining mohiyati, kasb tanlashning psixologik va pedagogik asoslari hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa maktab va psixologlarning bu boradagi o‘rni yoritilgan. Kasbga yo‘naltirish jarayoni o‘quvchining shaxsiy salohiyati, qiziqishlari va moyilliklarini aniqlash orqali to‘g‘ri yo‘l tanlashiga ko‘maklashuvchi muhim pedagogik faoliyat sifatida talqin etiladi. Shuningdek, kasb tanlashda tibbiy, psixologik va falsafiy yondashuvlar uyg‘unligining ahamiyati ta’kidlangan. Mazkur maqola ota-onalar, o‘qituvchilar, maktab psixologlari va kasb tanlashga oid ish yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kalit soʻzlar: Kasb tanlash, yo‘naltirish, psixologik maslahat, maktab, pedagog, shaxsiy salohiyat, yetuk inson, falsafiy yondashuv, tibbiy-psixologik tayyorgarlik. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchining shaxsiy kamoloti, hayotiy yo‘lini belgilash va kasb tanlashida ko‘mak beruvchi rahnamo sifatida ham muhim o‘rin tutadi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot nafaqat bilish jarayoni, balki ijtimoiy-psixologik hamkorlik, kasbiy yo‘naltirish va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Maktabning asosiy vazifasi – o‘quvchilarga fan asoslarini tizimli, ongli va mustahkam o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish bilan birga, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, kasbga yo‘naltirish jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir. Bunda o‘qituvchining o‘quvchiga individual yondashuvi, uning qiziqishlari, moyilliklari va iqtidorini to‘g‘ri aniqlay olishi katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchining psixologik https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 272 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 xususiyatlari, jismoniy salohiyati va ma’naviy-axloqiy yetukligi ham kasb tanlash jarayonida hisobga olinishi lozim. Shu boisdan har bir o‘qituvchi kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda nafaqat umumiy tushunchaga, balki kasbiy maslahat berishga oid ilmiy-nazariy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Kasbiy maslahat – bu yoshlarning qobiliyatlari, qiziqishlari, intilishlari va salohiyatidan kelib chiqib, ularga kasb tanlashda ilmiy asoslangan tavsiyalar berish jarayonidir. Mazkur yo‘nalish mutaxassisdan o‘z kasbiy bilim doirasidan tashqariga chiqib, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, gigiena va mehnat bozoridagi ehtiyojlar haqidagi bilimlarni ham talab etadi. Shuningdek, o‘quvchining kasbiy yo‘nalishini aniqlashda maktab psixologlari va tibbiy xodimlarning hamkorlikdagi faoliyati alohida ahamiyatga ega. O‘quvchining jismoniy holati va ruhiy tayyorgarligi – u tanlagan kasbga qanchalik mos kelishini aniqlashda asosiy mezonlardandir. Shu sababli o‘qituvchi kasbga yo‘naltirish davomida o‘quvchining sog‘lig‘i, psixologik holati, qiziqish doirasi, oilaviy sharoiti va ijtimoiy faolligini chuqur tahlil qilgan holda maslahatlar berishi lozim. Kasbiy yo‘naltirish muvaffaqiyati nafaqat o‘quvchining shaxsiy salohiyatiga, balki o‘qituvchining bu boradagi tayyorgarligi, ota-onaning ishtiroki va maktabda yaratilgan muhitga ham bevosita bog‘liq. Zero, to‘g‘ri tanlangan kasb – baxtli kelajak garovidir. Psixik xusuxiyatlari yoshiga qarab rivojlanib borayotgan o‘quvchi o‘zidagi psixologik xususiyatlarni kuzatish orqali o‘zgarib borishini bilib boradi. Boladagi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 273 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 diqqat, sezgi, fahm-farosat, xarakter, tafakkur qilish, qobiliyat va boshqa psixologik xususiyatlar o‘quvchining rivojlanib borishi bilan o‘zgarib, takomillashib boradi. Ayniqsa bu o‘smirlik davrida juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘sib borayotgan bolada jismonan o‘zgarishlar ham sodir bo‘lib boradi. O‘quvchining jismonan imkoniyatlari ko‘payadi. O‘zini va jismoniy kuchini boshqarish, tanasidagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali, o‘zida kattalarga o‘xshash tomonlar paydo bo‘lishini ko‘radi. Bular esa uni psixologik jihatidan kattalardek tutishga, o‘zini ma’lum bir kasbda ko‘rishga intiltiradi. Umuman olganda o‘quvchidagi psixologik va jismoniy tomonlar asosan uning nerv fiziologik tomonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Insondagi yuz berayotgan psixologik va jismoniy o‘zgarishlar uning miyasi bilan, psixofiziologik jarayonlar va nerv-fiziologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bularni o‘rgangan olimlar insonni kasbiga xos tomonlarini ham ko‘rsatib berganlar. Insonni jismoniy va ruhiy sog‘ligini o‘rgangan olimlar qatoriga I.M.Sechenov, I.P.Pavlovni ko‘rsatish mumkin. Kasb tanlash masalasi psixologiya fanining muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ilmiy izlanishlar keyinchalik K.M. Gurevich nomi bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlangan. Gurevich o‘z tadqiqotlarida insonning kasb tanlash jarayonida individual-psixologik xususiyatlari muhim o‘rin tutishini ta’kidlagan. Uning fikricha, kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar asosan insonning psixofiziologik jarayonlariga bori
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kasb tushunchasining mohiyati, kasb tanlashning psixologik va pedagogik asoslari hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa maktab va psixologlarning bu boradagi o‘rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kasb tushunchasining mohiyati, kasb tanlashning psixologik va pedagogik asoslari hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa maktab va psixologlarning bu boradagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maktab, Kasb tanlash, shaxsiy salohiyat, yo‘naltirish, falsafiy yondashuv, pedagog, psixologik maslahat, yetuk inson, tibbiy-psixologik tayyorgarlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025